Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-v-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning


Download 166.56 Kb.
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi166.56 Kb.
#1817854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari

Oʻzbek tilining asos lahjalari. Oʻzbek milliy tili koʻp lahjali tillardan hisoblanadi. Bu hol uning murakkab rivojlanish sharoiti va etnik jihatdan xilma-xilligi bilan izohlanadi. Jumladan, uning dialektal asosini 1) qarluq; 2) qipchoq; 3) oʻgʻuz lahjalari tashkil etadi.
Bu lahjalarning har biri koʻplab shevalar birligidan tashkil topadi. Boshqacha aytganda, bir–biriga yaqin boʻlgan shevalar yigʻindisi lahja yoki dialekt deyiladi. Lahja yoki shevalar adabiy tilning muhim ichki manbai boʻlsa ham, ular faqat ogʻzaki shaklga egaligi hamda fonetik, leksik va grammatik jihatdan oʻziga xosligi bilan adabiy tildan farqlanadi. Chunki shevalar ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi kishilarning oʻzaro ogʻzaki nutqiy aloqasini ta’minlovchi vositadir. Shu bois ularning ishlatilish doirasi adabiy tilga nisbatan cheklangan boʻladi. Bu cheklanganlik lahjalarning quyidagi kabi oʻziga xos fonetik morfologik va leksik belgilarining hududiy chegaralanishi misolida ham koʻzga tashlanadi:
1. Qarluq lahjasi, asosan, markaziy shahar (Fargʻona, Toshkent, Andijon, Namangan kabi viloyat va shaharlar) shevalari birligidan tashkil topgan boʻlib, adabiy tildan quyidagicha farqlanuvchi belgilarga ega:
1) fonetik jihatdan farqlanadi:
a) soʻz oxiridagi k undoshi y tarzda talaffuz qilinadi: bilak-bilay, terak-teray, kerak-keray;
b) adabiy tildagi a unlisi o tarzida talaffuz qilinadi: aka-oka, katta-kotta, bahodir-bohodir;
2) leksik jihatdan farqlanadi: qalampir-garmdori, narvon-shoti, hech-jilla, hovli-eshik;
3) morfologik jihatdan farqlanadi:
a) hozirgi zamon davom fe’li –yap oʻrnida –vot\-ut qoʻshimchalari ishlatiladi: kelayapti-kelvotti, borayati-borutti;
b) qaratqich kelishigi –ning oʻrnida tushum kelishigi qoʻshim-chasi –ni|-pi|-ri|-zi kabi shakllarda ishlatiladi: daraxtlarning | daraxtlarni bargi, bizning | bizzi maktab, bahorning | bohorri havosi, gapning\ gappi tahlili; .
Bu lahjani 7 tipga ajralishi:
1. Samarqand Buxoro
2. Toshkent
3. Qoʻqon-Margʻilon
4. Andijon-Shahrixon
5. Namangan guruh shevalari
6. Shimoliy oʻzbek shahar shevaIari
7. Shimoliy oʻzbek qishloq shevalari
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini oʻz ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Fargʻona, Samarqand, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va grammatik belgilari quyidagilar:
soʻz oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray kabi;
o lashish yuz beradi: aka – oka, Akram – Akrom kabi;
qaratqich va tushum kelishigi ­ni tarzida: ukamni daftari kabi.

Download 166.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling