Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-v-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning


Download 166.56 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi166.56 Kb.
#1817854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari

Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, foydlanilgan adabiyotlardan iborat. Jami 37 sahifadan tashkil topgan.


I BOB Hozirgi oʻzbek adabiy tili fan sifatida
1.1 Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari
Hozirgi oʻzbek adabiy tili oʻzbek milliy tilining oliy formasi — ishlov berilgan me’yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy boʻlgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qoʻyilmaydi, undan boshqa tizim ham emas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi tartibga solingan bosh koʻrinishi xolos.
Dialekt — umumxalq tilining malum etnik guruhga mansub koʻrinishi.
Sheva — mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega boʻlgan, bir yoki bir necha qishloqni oʻz ichiga oluvchi kichik bir qismi, gumhi. Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: a) adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohidaalohida boʻladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi; b) adabiy tilning yozma shakli mavjud: u ma’lum me’yorlarga boʻysundirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yoʻq; d) adabiy tilning qoʻllanishi hududiy (territorial) jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qoʻllanishi esa bu jihatdan chegaralangandir; e) adabiy tilda davlat ishlari — xalq ta’limi, matbuot, radio-televideniya, ilm-fan, m a’muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e’lon qilinadi. Dialekt va shevalar bu funksiyada qoʻllanmaydi.
Jargon va argolar — ma’lum ijtimoiy guruhlarga, masalan, oʻgʻrilarga, sportchilarga yoki talabalarga xizmat qiladigan yasama til. Bunday «til» elementlari (jargonizm va argotizmlar) adabiy tilda ishlatilmaydi.
Funksional stillar — tilning vazifaviy uslublari. Bunday uslublar inson faoliyatining u yoki bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplaydi. Chunonchi: 1) rasmiyish uslubi. Bu uslub ma’muriy-idoraviy hujjatlar tilini qoliplaydi; 2) ilmiy uslub — ilmiy asarlar tilini va ilmiy nutqni qoliplaydi; 3) publitsistik uslub — ommabop asarlar, ma’ruzalar tilini qoliplaydi; 4) so ‘zlashuv uslubi. Bu uslubning ikki xil koʻrinishi mavjud: a) adabiy soʻzlashuv uslubi; b) oddiy (jonli) soʻzlashuv uslubi; 5) badiiy uslub. Bu uslub badiiy asar tilini va badiiy nutqni qoliplaydi.
Adabiy til bilan funksional uslublar oʻrtasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub adabiy til me’yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qoʻyilmaydi; soʻzlashuv uslubining «а» koʻrinishi ham shunday: unda dialektizm, jargonizm va vulgarizmlar qatnashmaydi; soʻzlashuv uslubining «Ь» koʻrinishi esa nutqning maxsus tayyorgarliksiz boʻlishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan xarakterlanadi. («Leksemalarning nutq koʻrinishlariga xoslanishi» mavzusiga qarang.)
Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ogʻzaki va yozma shakllari bor, shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi.
1. Adabiy tilning ogʻzaki shakli toʻgʻri talaffuz me’vorlariga, eshitish orqali idrok qilishga tayanadi. Bu shaklning moddiy-material asosini fizikakustik birliklar (nutq tovushlari, urgʻu, ohang, melodika, pauza, tembr, ritm, temp) tashkil etadi; uning tarixiy ildizlari xalq ogʻzaki ijodi namunalarida - dostonlar, qoʻshiqlar, maqollar, hikmatli soʻzlar, topishmoqlar, ertaklar negizida rivojlanib, ogʻizdan-ogʻizga oʻtib kelgan, shu jarayonda uning hozirgi milliy adabiy tilga xos yagona talaffuz me’yorlari shakllangan. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ogʻzaki shakli koʻproq adabiy soʻzlashuv uslubida namoyon boʻladi, uning faoliyatida imo-ishora, nutq vaziyati kabi noverbal vositalar ham muhim rol oʻynaydi.
2. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining yozma shakli, awalo, yozuv sistemasiga hamda shu sistema birliklarini (grafemalarni, orfogrammalarni) koʻrish va oʻqishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuatsiya kabi komponentlardan tarkib topadi, demak, uning moddiymaterial asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi. Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham koʻzga tashlanadi.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar ikki xildir:
1. Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lugʻat boyligi, morfema tiplari, soʻz yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular oʻrtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.
2. Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud boʻlgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuygʻulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida ham jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich oʻtish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning yangi shakllari yuzaga keldi.|Bularning barchasi oʻzbek tili leksikasiga ham ta’sir oʻtkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast kabi soʻzlar) iste’moldan chiqib, oʻzbek tili lugʻat boyligining tarixiy qatlamiga oʻtib qoldi, ularning oʻrnida hozirgi mustaqil Oʻzbekiston hayoti taqozo qilgan yangi soʻz va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo boʻldi, hokim, hokimiyat, viloyat, tuman kabi leksemalaming mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma’no qirralari yuzaga keldi, natijada bunday soʻzlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga oʻtib qoldi.
Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi.
Fonetika va fonologiya. Bu boʻlimlarda hozirgi oʻzbek adabiy tilining fonetik-fonologik sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), segment va supersegment birliklar (fonema, boʻgʻin, urgʻu, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elementlar (temp, tembr, ritm, melodika, pauza va b.lar), ularning til va nutqdagi roli haqida fikr yuritiladi.
«Hozirgi oʻzbek adabiy tili»fani oʻrganadigan boʻlimlar.
Grafika va orfografiya. Bu boʻlimlarda hozirgi oʻzbek adabiy tilining yozuv tizimlari (kirillcha va lotincha oʻzbek yozuvlari), ularning asosiy komponentlari va belgilari, orfografiya prinsiplari va qoidalari xususida bahs yuritiladi.
Orfoepiya. Bu boʻlimda oʻzbek tilining toʻgʻri (adabiy) talaffuz me'yorlari, ularni belgilovchi omillar haqida ma'lumot beriladi.
Leksikologiya va iirazeologiya. Bu boʻlimlarda oʻzbek tilining lugʻat boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lugʻaviy birliklarningqatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qoʻllanish xususiyatlari oʻrganiladi.
Leksikografiya. Bu boʻlimda lugʻatchilik, lugʻat tiplari va turlari, lugʻatlarning tuzilish prinsiplari, lugʻat maqolalarining sxemalari, lugʻatlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi.
Morfemika. Bu boʻlimda soʻz yoki soʻzning grammatik shakllari tarkibidagi ma’noli qismlar — morfemalar xususida, morfemalarning funksional-semantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida ma’lumot beriladi.
Soʻz yasalishi. Bu boʻlimda oʻzbek tilining soʻz yasash usullari, ularning soʻz turkumlari boʻyicha tavsifi, tarixiy va hozirgi soʻz yasalishi kabi masalalar yoritiladi.
Morfologiya. Bu boʻlim grammatikaning bir qismi boʻlib, unda grammatik ma’no gammatik shakllar, shular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kelgan grammatik kategoriyalar, soʻzlarni turkumlarga birlashtirish prinsiplari, har bir soʻz turkumining ma’no turlari, morfologik belgilari, gapdagi funksional harakteristikasi haqida fikr yuritiladi.
Sintaksis. Bu boʻlim grammatikaning ikkinchi qismi boʻlib. unda soʻz birikmalaii va gap turlari, soʻzlarning grammatik munosabatga kirishish yoʻllari oʻrganiladi.
Punktuatsiya. Bu boʻlimda yozuv sistemasining uchinchi komponenti(birinchi komponenti - grafika, ikkinchi komponentiorfografiya) xususida ma’lumot beriladi. U sintaksis bilan parallel ravishda oʻrganiladi, chunki tinish belgilarining qoʻllanishi, asosan, gap ichida va nutqda namoyon boʻladi.
“Oʻzbek tili” fanining asosiy maqsadi va vazifasi talabalarning oʻzbek tilidan olgan bilimlarini yanada boyitish, oʻz fikr-mulohazalarini oʻgzaki va yozma ravishda erkin bayon eta olishlariga erishish. Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovasiyalarni taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimidan keng foydalanish.
Fanning vazifasi – oʻqituvchi va talaba oldiga quyidagi vazifalar qoʻyiladi:

  • nutqiy kompetensiyani rivojlantirish

  • ogʻzaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish

  • ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish malakalarini hosil qilish

  • sohaviy hujjatlarni tuza olish, shu jumladan, elektron hujjatlarni toʻldirish va rasmiylashtirish koʻnikmalarini shakllantirish

  • talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini oʻstirish.


Download 166.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling