Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-v-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning


Download 166.56 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi166.56 Kb.
#1817854
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI YOʻNALISHI
4-V-guruh talabasi Abdullayeva Oygulning
__________________________________” fanidan tayyorlagan


KURS ISHI

Mavzu: Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ijtimoiy ahamiyati. Adabiy til va umumxalq tilining oʻzaro aloqasi.

Topshirdi: __________________
Qabul qildi: __________________
Toshkent – 2023
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB Hozirgi oʻzbek adabiy tili fan sifatida…………………………………...6
1.1 Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining predmeti maqsadi va vazifalari …………..6
1.2 Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ijtimoiy ahamiyati.…………………………...11
II BOB Adabiy til va umumxalq tilining oʻzaro aloqasi. ……………..………19
2.1 Adabiy til haqida tushuncha…………………………………………………..19
2.2 Adabiy til va umumxalq tilining oʻzaro aloqasi……..………………………..25
Xulosa…………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi oʻzbek tili shu tilda soʻzlashuvchilarning hammasi uchun baravar aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan umumxalq tilidir.
Hozirgi oʻzbek tilining fonetik tizimi, asosiy lugʻat tarkibi va grammatik
qurilishi qadim turkiy tillar manbaida yuzaga kelgan boʻlib, davrlar oʻtishi bilan uning tovushlar tizimida sifat va miqdor oʻzgarishlari yuz bergan. Lugʻat tarkibi asosiy lugʻat fondi negizida yasalgan yangi soʻzlar hisobiga boyib, kengayib borgan, grammatik qurilishi ham yangi ­yangi grammatik formalar vositasida silliqlashgan va takomillashgan.
Bu til oʻzbek xalqining butun tarixi davomida shu tilda soʻzlashuvchi yuzlab avlodlar tomonidan yaratilgan til boʻlib, u shu til vakillarining ijtimoiy ahvoli, sinfiy tabaqalanishi, yoshi, jinsi, kasbi va boshqa xususiyatlaridan qa’tiy nazar, ularning hammasi uchun umumiy aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi.
XIII-XIV asrlar oʻzbek adabiy tilining ilk davrlari bilan xarakterlanib, oʻzbek yozma adabiyoti oʻz oʻrnini barqaror egallagan. Keyingi davrlarda uzoq tarixiy jarayon XIV-XV, XVII-XVIII, XVIII-XIX va ayniqsa, XX asrning I yarmi oʻzbek adabiy tilining takomillashuv va taraqqiyot jarayonlari boʻldi. Ana shu uzoq tarixiy jarayonda oʻzbek tili oʻzining barcha xususiyatlari boʻyicha sifat oʻzgarishlariga uchrab, milliy til shakliga kirdi. Ma`lumki, millatning eng muhim belgilaridan biri uning til birligidir.
Har qanday millat ijtimoiy jamoa a’zolarining barchasi uchun umumiy boʻlgan til birligiga ega boʻlmay turib millat sifatida uyushishi, uning tili milliy til shakliga kirish mumkin emas. Biroq millatning millat sifatida shakllanishi uchun faqat til birligining oʻzigina kifoya emas. Buning uchun millat sifatida uyushadigan jamoa oʻzining har tomonlama chegaralanmagan, tayziqsiz hududiy butunligi, iqtisodiy turmush, madaniy va, eng avvalo, ma’naviy barqarorligiga ega boʻlishi lozim. Ana shu sifatlarning barchasi mavjud boʻlgandagina millat-millat sifatida qaror topadi, shu tili esa uning yagona milliy tili boʻlib qoladi.
Ammo bu sifatlar birdaniga vujudga kelmaydi. Ular uzoq vaqt mobaynida tarkib topib, rivojlanib, ma‟lum davrda yuzaga kelgan qulay shart­sharoit natijasida millatni tarkib topdiruvchi muhim belgiga aylanadi. Xalqning millat sifatida, xalq tilining milliy til sifatida tarkib topishi milliy adabiy tilning asosiy qurilishining oʻzgarishigagina emas, balki tilning bajaradigan vazifasi doirasini ham kengayishiga sabab boʻladi.
Hozirgi oʻzbek tili koʻp dialektli milliy tildir. Har qanday tilning boy dialektal tarkibga ega boʻlishi, uning qurilish jihatdan boyligini, salobatini, ulug„vorligini koʻrsatadi. Oʻzbek adabiy tili tarkibidagi yirik­yirik lahjalar, mahalliy dialektlar va koʻplab shevalar oʻzbek tilining quyi formasi hamda tarmoqlaridir.

Download 166.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling