O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi magistranti Ergasheva Iroda


Download 12.76 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi12.76 Kb.
#110044
Bog'liq
sizif irodayangi


O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi magistranti

Ergasheva Iroda

Roman

Demak, istiqlol davri adabiyoti romanchiligidagi muhim jihatlarini ko'rib chiqamiz. Birinchi jihat- romanlarda ayrim mashhur tarixiy shaxslargina emas, balki oddiy xalq vakillari ishtirokida umumxalq tarixi yangicha talqin qilina boshlandi. Bu hol, ayniqsa, Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romanida ochiq ko'rinadi. Romanda xalqimizning so'nggi 130 yillik tarixi 3 avlod vakillari bo'lmish kishilar hayoti misolida aks ettiriladi. Bu oddiy xalq vakillari : Jamoliddin Ketmon, Aqrab,Dehqonqul. Romanda xalqimizning mustaqillikka erishgunga qadar boshidan kechirgan bir asrdan ziyod davrdagi mashaqqatli hayoti yaqqol tasvirlab berilgan. Keyingi jihat romanning asosiy mohiyatini ramz va ramziy ishoralar tashkil etganligidir. Masalan, Isajon Sultonning "Boqiy Darbadar" asari. Asarda ramziylik orqali fikrlashga, mulohaza yuritishga undash an'anasi ko'zga tashlanadi. Asarda yaxlit an'anaviy shakldagi obrazlar tizimi mavjud emas. Asar mening ham sevimli asarlarimdan biri. Asarda insonlar ongining rivojlanishi ilm-fan texnika taraqqiyoti natijasida inson o'z imkoniyatlariga yuqori baho berib, hattoki yaratuvchilikka da'vogarlik qila boshlashi va buning oqibatida ularning taqdiri ayanchli yakun topishi aks ettiriladi.

Keyingi jihat- romanlarda uchraydigan bir xillik va badiiy qoliplardan qochishlik. Misol qilib,Isajon Sultonning "Ozod" romanini olishimiz mumkin. Roman markazida Ozod obrazi turadi. Shu bilan birga unda Shamol,Toshkesar, Ko'r kishi, Ota, o'g'il, Mag'ribiy va yana bir qancha ramziy obrazlar ham ishtirok etadi. Yuqoridagi obrazlar esa roman sujetida qatnashib, Ozodga aloqador voqealikning yuzaga kelishida muhim ro'l o'ynaydi. Romanda shunday yangicha usul qo'llanilganki, uni o'qishga kirishgan kitobxon to'g'ridan to'g'ri qahramon bilan muloqotda bo'lmaydi, balki uning onggi, tafakkuri bilan to'qnashadi. Keyingi jihat bu romanlarda ixchamlik, hajmning qisqarishidir. Xurshid Do'stmuhammadning "Donishmand Sizif", Isajon Sultonning "Boqiy Darbadar", Ulug'bek Hamdamning "Isyon va itoat" asarlarini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Albatta, hajm asarning ahamiyatini, mohiyatini belgilab bermaydi. Asosiysi, asarda yozuvchi o'z ko'zlagan maqsadiga erishishi, asarda ilgari surilgan g'oyalarni kitobxonga yetkazishidir. Oxirgi jihat obrazlar asar davomida o'z-o'zini anglab yetishi, o'zini ruhiyatini kashf etishi, o'zini o'zi taftish qilishidir. Masalan, "Donishmand Sizif" romanini misol qilib olishimiz mumkin. Sizif ham asar davomida o'zini anglab yetdi, donishmand darajasiga erishadi. O'zini-o'zi taftish qiladi. O'z irodasini boshqarishni o'rganadi.

Hikoya

Istiqlol davri hikoyalarida uchraydigan muhim jihatlar:

- tushkunlik kayfiyatidagi tasvirlarning ko'p uchrashi

- ko'ngil holatlarini, obrazlarning ruhiy dunyolarini aks ettirishga alohida e'tibor berildi.

-folklor ohanglaridan, jonli xalq tili boyliklaridan unumli foydalanildi.

-Folklor namunalaridan foydalanish bilan birga g'arb adabiyoti an'analari , oqimlari, yo'nalishlari ham kirib keldi.

-qahramonlar o'zligini anglashga intilishi

- pand-nasixatlar usulidan uzoqlashilganligi. Umuman Sharq adabiyoti ko'proq pand-nasixat yo'li bilan, g'arb adabiyoti esa amaliy yo'nalishdan borgan. Hikoyalarda ham pand-nasixat berilmaydi. Voqealikning o'zi bayon qilinib, xulosa chiqarish kitobxonning o'ziga qoldiriladi.
Isajon Sultonning "Do'st" hikoyasi ham istiqlol davrida yaratilgan hikoyalardan biri. Har bir inson peshonasiga uning taqdiri azali bitib qo'yilgan. Uning tug'ilishi, bolaligi, voyaga yetishi, vafot etishi hamma hammasi uning taqdirida yozib qo'yilgan. Asarda bir insonning tug'ilishidan vafotigacha bo'lgan hayoti mikrosujetlardan foydalanib hikoya qilinadi. Asar monolog shaklida yozilgan. Bolalikning beg'ubor damlari, yigitlik sho'xliklari, ilk muhabbati, keksalik injiqliklari, hikoyada o'z aksini topadi. Menimcha, ijodkor murojaat qilgan do'st har bir insonning taqdiridir, minglab yillar aro bino bo'lgan taqdiridir. Taqdirimiz biz bilan doim yonma-yon yuradi. Hikoyada aytilganidek: "ikkovlon bir vujud ichra mavjud bo'ldik". Asardagi asosiy g'oya menimcha, har bir inson o'z taqdiriga ko'nishi, hayotidan nolimasligi, o'ziga bitilgan taqdirni ajralmas do'st deb bilishi lozimligidir.

Keyingi tahlilimiz Nazar Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam" hikoyasidir. Hikoya ramzlar orqali murakkab hayotning turli qirralarini o'ziga xos talqin etadi. Asarda umri alg'ov-dalg'ov, ma'nisiz maqsad yo'lida o'tgan, adashgan odamning fojeaviy qismati aks ettirilgan. Hikoyada qandaydir tushkunlik kayfiyati mavjud. Tun,qora, xaroba, zulmat, tobut, o'lik, og'riq kabi tushunchalar ko'p uchraydi. Rassom chol umidi so'nggan, ertangi kunga ishonchi yo'q. U umri so'nggida o'z e'tiqodini puchligini anglagan. Menimcha, muallifning asosiy maqsadi cholning hayotidan kitob o'zi uchun saboq olishi, xulosa chiqarishidir.

Qissa

Istiqlol yillarida yaratilgan bir qator qissalarda hayot va inson muammolari bilan uzviylikda, shaxs ruhiyatidagi o'zgarishlar badiiy talqin qilingan. Turfa xil mavzudagi qissalarda inson ruhiyatini yoritishga e'tibor qaratilgan. Qissalarda uchraydigan muhim jihatlar:

-psixologik tasvirning kuchayishi

-e'tiqod va insoniylik masalalari yetakchilik qila boshlashi

-ramziy tasvirlarning ko'p uchrashi

- asarning butunlay shaklan monologdan iborat ekanligi

-voqealar rivoji ketma-ketligiga amal qilinmasligi. Shaklan tartibsizdek. Lekin asar so'nggida yaxlit sujetning yuzaga kelishi. Bu jihat ayniqsa, Nazar Eshonqulning "Qora kitob"qissasida ko'zga tashlanadi.

Nazar Eshonqulning "Qora kitob"qissasida e'tiqod masalasi yetakchi o'rinni egallaydi. Asar insoniyatning yaratilishi Odam Ato va Momo Havoning jannatdan quvilishi bilan boshlangan shayton vasvasasi haligacha inson qalbiga, onggiga o'rnashib olganligi, go'yo urug' misol nish urib borayotganligi haqidadir. Voqealar sirli va keskin sodir bo'ladi. Asarda ham ramziy tasvirlar ko'p. Qissa qahramoni qissa so'nggida o'z xatosini anglab yetadi. Xatosini tuzatmoqchi bo'ladi. Lekin uddasidan chiqa olmaydi. U xohlaydiki, uning bu xatosini boshqa hech kim takrorlamasin. Nazar Eshonqulning ko'p asarlari shu yo'nalishda. Ijodkor ham kitobxonni xulosa qilishga, asarlari qahramonlari holiga tushmaslikka chaqiradi.

Keyingi tahlilimiz Isajon Sultonning "Munojot"qissasi. Asarda G'aribning dunyoga kelishi, uning yillar o'tishi bilan hayotga borliqqa teranroq nazar solishi va o'z olami bilan ma'lum bir davrlarni o'tkazishi juda yorqin lavhalarda ifodalangan. G'arib ko'proq o'z hayollariga berilar, bu bilan inson xarakteridagi turfa xil holatlarni yoritilganligini kuzatamiz. G'aribning tafakkur dunyosi ruhiy qiynoqlari mahorat bilan yoritilgan.

Download 12.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling