O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet22/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Muloyim qo„llarda ivib, suvga aylangandan keyin go„zal ko„zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‗rar ekan bu ko„kat! [5, 22]
Muloyim qo„llar, go„zal ko„zlar, bu ko„kat birikmalari voqelashgan ushbu nutq parchasi Cho‗lpon qalamiga mansub ―Kecha va kunduz‖ romanida bahor fasli tasvirini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu so‗z birikmalari badiiy ifoda vositalariga aylanishi asarda bahor faslining badiiy tasvirini berish ehtiyojidan kelib chiqqan. Nutq egasi qo„l, ko„z, ko„kat kabi predmetni nomlovchi leksemalarning tavsifiy belgisini tilning ikki asosiy leksik-semantik imkoniyatini voqelantirgan holda ifodalaydi. Badiiy nutqda bahor fasli tasvirini jonlantiruvchi bu ko„kat o‗zbek xalqining etnomadaniy xususiyatini belgilovchi o‗sma (o‗simlik nomi), ya‘ni o‗zbek ayollari sevib, pardoz uchun ishlatadigan vositaga ishora qiladi. Ko‗rsatish olmoshi (bu) o‗simlik otining kontekstual ma‘nodoshi (ko‗kat) bilan bog‗lanib,
[belgi-predmet] ma‘noli birikmalarning yana bir nutqiy variantini hosil qilgan. Sifatning belgini anglatish imkoniyatlari muloyim qo„llar, go„zal ko„zlar birikmalari orqali yuzaga chiqqan.
Tilning leksik-semantik vositalari so‗z birikmasi shaklida ifodalanar ekan, lison sathidagi ko‗plab sintaktik ifoda usullaridan biri atash, nomlash vazifasini reallashtirganligini ko‗rsatadi. Yanada aniqroq ifodalasak, nutqiy omillar sifatlarning otlar bilan birikish qonuniyati asosida yuzaga keladigan [belgi-predmet] ma‘noli so‗z birikmalarining umumiy qurilishi va hosil bo‗lish usulini qamrab oluvchi [I~O]=SBLSQini harakatga keltirgan. Badiiy nutqda bahor va uning tasviridagi muhim etnomadaniy komponent hisoblanmish o„smani ta‘riflash uchun muloyim qo„llar, go„zal ko„zlar, bu ko„kat birikmalari hosil qilingan. Anglashiladiki, bu nutqiy harakat kommunikativ intensiyaga bog‗liq holda amalga oshirilgan.
So‗z birikmalarining so‗zlar kabi badiiy tasvir vositasi sifatida vazifa bajarishini [belgi-redmet] ma‘noli so‗z birikmalarining badiiy matnda voqelashgan variantlari dalillay oladi. Demak, [belgi-redmet] ma‘noli so‗z birikmalari badiiy nutqda badiiy tasvir vositasi sifatida voqelashadi. Badiiy nutqdagi variantlari [Sf~O]=SB qolipining hosilalari o‗laroq yuzaga kelgandek ko‗rinsa ham, aslida, [Sf~O]=SB kabi boshqa bir necha oraliq shakllarni umumlashtiruvchi [I~O]=SBLSQining mahsuli hisoblanadi.
Aytish joizki, tahlil qilingan nutqiy hosilalar faqatgina [I~O]=SBLSQ mahsulining muayyan ko‗rinishlari bo‗lib qolmay, balki umumiy [belgi-predmet] ma‘no munosabatining nutqiy semantik variantlari hisoblanadi. Eng muhimi, umumiy [belgi-predmet] ma‘no munosabatining nutqiy semantik variantlari biz kuzatgan va tahlil qilgan so‗z birikmalarining miqdori, ularning ma‘noviy qirralari ko‗lami bilan chegaralanmaydi.
Xulosa qilib aytganda, badiiy nutqda [I~O] qurilmali so‗z birikmalarining sifat va ot bilan birikuvidan hosil bo‗ladigan turlari miqdoriy ustunlikka ega. Biroq tilda ot, son, olmosh, taqlid turkumiga mansub lug‗aviy birliklar ot leksemalar bilan birikuvini va badiiy nutqda umumiy [belgi-predmet] ma‘nosiga oid turli qirralarni ifodalash uchun rang-barang so‗z birikmalari hosil qilishini cheklamaydi. Aksincha, [I~O] qurilmali otli birikmalarning nutqiy voqelanish imkoniyatlari benihoya keng va ko‗lamdor ekanligini, badiiy uslubga xoslanish darajasini namoyon etadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling