O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.53 Mb.
bet18/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Азизов О. Тилшуносликка кириш.–Т.: Ўқитувчи, 1996. 2.Миртожиев М. Ўзбек тили семасиoлогияси. –Т.: Мумтоз сўз, 2010.

  1. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. –Т.:―Ўқитувчи‖, 1995.

  2. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‗zbek adabiy tili.–Т.: Fan va

texnologiyalar, 2010.

  1. Tурсунов У., Ражабов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –T.: Ўқитувчи, 1965.

  2. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006-2008.

  3. Юлдашев M. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи. ДД .–

T.,2009.


“BEGONA TILDAN SOʻZ OLMOQDAN QUTULGAN TIL


YOʻQDUR”

Hamdamova Sevinch Sherali qizi,


BuxDU 3-bosqich talabasi


Annotatsiya. Maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Mahmudxoʻja Behbudiyning ―Til masalasi‖ maqolasi orqali uning tilga doir qarashlari haqida fikr yuritilgan. Turkiy, forsiy va arabiy tillarning oʻzaro bogʻliqligi va ularni bir-biridan ayro tasavvur etish mumkin emasligi haqida mulohazalar bildirilgan.
Kalit szlar. M.Behbudiy, forsiy, arabiy, turkiy, ―usmonli tili‖, ―Sa‘doyi Turkiston‖, ―Oyina‖
Turkistonda jadidchilik harakatiga asos solgan buyuk va ziyoli adib Mahmudxoʻja Behbudiy koʻplab sohalarda qimmatli fikrlarni aytgan. Uning publitsistika, teatr, adabiyot, bosma ishi, turkistonliklarning siyosiy ongi borasidagi qarashlari va amaliy ishlari yaxshi oʻrganilgan. Behbudiyning tilga doir qarashlari ham ahamiyatga molikdir. Uning oʻzbek tili, umuman mintaqadagi til siyosati borasidagi fikrlari bugungi kunga qadar eskirmagan[2:1].
Har bir davrda ham millat oʻz ona tilining sofligini saqlashga, uni kelajak avlodga sof holda yetkazishga harakat qilib kelgan. Ushbu jarayon jadid adabiyoti vakili va jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Mahmudxoʻja Behbudiy uchun ham juda muhim

sanalgan. Behbudiy millatning ma‘naviyati va ma‘rifatini koʻrsatuvchi


oyna – uning adabiyoti va tili ekanligini chuqur anglagan.
Behbudiyning til borasidagi qarashlari uning 1915-yilda yozgan ―Til masalasi‖ nomli maqolasida aks etgan. Bu maqola adibning oʻzi muharrirlik qilgan ―Oyina‖ jurnalida nashr etilgan. Maqolada, asosan, turkiy, forsiy va arabiy tillarning bogʻliqligi va turkiy adabiyotni forsiy adabiyotsiz tasavvur etish mushkulligi haqida mulohazalar yuritilgan.
―Til masalasi‖ maqolasi ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismda Behbudiy turkiy tilning sheva va lahjalari, forsiy tildan oʻzlashgan soʻzlar, va ularning turkiy tilda muqobili uchramasligi, mamlakatning ba‘zi shahar va qoʻrgʻonlari aholisining tili forsiy til boʻlib, ular orasida turkiy tilni umuman tushunmaydiganlar ham borligi, qadim maktablarda forsiy va arabiy adabiyotlarning oʻqitilganligi, mintaqada dinga boʻlgan e‘tibor sabab Qur‘on tili boʻlgan arabchadan ham turkiy tilga son-sanoqsiz soʻzlarning kirib kelganligi haqida aytib oʻtadi.Unga koʻra, bugungi kunda iste‘molimizdagi ba‘zi forsiy soʻzlarning muqobili turkiy tilda uchramaydi yoki butunlay yoʻqolgan. Masalan, shanba, yakshanba, dushanba, seshanba, chahorshanba (chorshanba), panjshanba (payshanba), odina ( juma) kunlarining oti kabi. Haqiqatda, hafta kunlarining turkiy tilda qanday nom bilan atalishi bizga ma`lum emas. Bu soʻzlar forsiy tildan shu tarzda kirib kelgan vaoʻrnashib qolgan. Shuningdek, oʻn toʻrt asrdan beri muqaddas Islom dini hamdaQur‘on tili boʻlgan arabchadan ham turkiy til sheva va lahjalariga son- sanoqsiz soʻzlar kirib keldiki, ularni sheva va lahjalardan chiqarib tashlashning iloji yoʻq. Negaki, bu soʻzlarning turkiy tilda muqobili yoʻq. Xuddi hafta kunlarining nomlari kabi. Tagʻin yana bir jihat borki, turklarning ba‘zi toifa vakillari forsiy va arabiy soʻzlarni shu darajada koʻp olganlarki, natijada, turkiy, forsiy va arabiy til bir qoʻshilib, ―usmonli tili‖ ni hosil qildi. Bun tilda yozish uchun esa har uchala tilning, ya‘ni turkiy, forsiy va arabiy tilning qoidalarini bilmoq lozimdir. ―Usmonli tili‖ da ijod qilgan kishilar oxirgi paytlarda forsiy va arabiydan kam foydalanishgan boʻlsa-da, turklarning kamsavodli kishilari bu adabiyotlarni oʻqiy olishmaydi.
Turkiston xalqining shevasi turk tilining chigʻatoy lahjasi boʻlib, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning asarlari bu lahjaning muhim manbasi hisoblanadi.
Turkiy tilga forsiy va arabiy tilning qoʻshilganligi barcha yerlarda bir xil boʻlmay, geografik hududiga qarab turlichadir. Chunonchi, Buxoro va Samarqand hududlarining turkiy tiliga forsiy va arabiy soʻzlar koʻp qoʻshilganligi natijasida ularning ona tili forsiy til boʻlib, turkchani undan soʻng oʻrganishadi. Forsiy tilning bu darajada xalq shevalariga oʻzlashib kirishi, balki, madaniyat, savdo- sotiq aloqalari bilan ham bogʻliqdir. Turkistonning ba‘zi tumanlarida esa turkiy tilni umuman bilmaydiganlar ham uchraydi. Turkistonning janubi-sharqidagi togʻva togʻoldi hududlarida yashovchi aholivakillarining barchasi forsiy tilda soʻzlashadilar.
Vodiyda ham forsiy til muomalada boʻlib, buni Qoʻqon xonligining podshosi Umarxonning ―Devoni Umarxon‖ misolida ham koʻrishimiz mumkin. Mamlakatning ba`zi viloyatlari forsiygoʻy xalq vakillari bilan chegaradosh boʻlganligi sababli ham forsiy til ta‘siridan qutilish u yoqda tursin, uzoqlashish ham anchayin mushkuldir. Faqatgina Xivada bu ikki tilning ta‘siri kamroq seziladi, ammo shunda ham forsiy va arabiy qoʻshimchalar uchrab turadi.
Yana bir jihatga e‘tibor qaratish lozimdirki, Turkiston maktablarida Navoiy, Fuzuliy, ―Sabot ul-ojizin‖, ―Hikmat‖, Huvaydo,
―Chahor kitob‖ (Chor kitob), Xoʻja Hofiz, Bedil, Sa‘diy va boshqalar
oʻqitildi. Bu esa ilm ahlining til birligiga sabab boʻldi.
Turkiy tilga forsiy va arabiy tildan soʻzlar oʻzlashgan boʻlsa-da, oʻlkada yashovchi aholi vakillari bir-birlarining tiliga tushunishadi va bemalol soʻzlashadilar. Maqolaning birinchi qismi shu tarzda yakunlanadi.
―Til masalasi‖ maqolasining ikkinchi qismi turkiy xalqlar uchun yagona, soddalashtirilgan adabiy til yaratish masalasiga bagʻishlangan. Jumladan, turkiy tilga kirib kelgan forsiy va arabiy soʻzlarni turkiy tildan chiqarish masalasida ―Sa‘doyi Turkiston‖ gazetasida turli maqolalar nashr qilingan. ‗―Tilimizdan forsiy va arabiyni quvayluk‖ bu koʻp yengil orzu, ammo ijrosi mumkin emas orzulardandir‖ deydi Mahmudxoʻja Behbudiy. Darhaqiqat, shunday.
Ba‘zi tilshunos olimlar ―mehmon‖ soʻzining oʻrniga
―qoʻnoq‖ni ishlatish taklifini bildirdilar. ―Qoʻnoq‖ deganda, faqatgina turkiygoʻy xalqgina tushunadi, anglaydi. Biroq mehmon deyilganda, yana bir forsiygoʻy qardoshimiz ham fahmlaydi. Yoki boʻlmasa, shunga oʻxshash misollardan yana biri ―Sa‘doyi Turkiston‖ – gazeta nomini ―Turk eli dovushi‖ nomiga almashtirish lozimdir. Turkistonni
esa ―Turk eli‖ yoki ―Turk yeri‖ deya yozish kerak boʻladi. Birgina bu emas, mashhur olim-u fozillarning ismlari, ularning tavallud topgan yil, oy, kunlarigacha oʻzgartirish kiritib, ularga qaytadan turkiy nomlar berib, qaytadan lugʻat tuzish lozimdir. Shundagina turkiy tilni forsiy va arabiydan ajratish mumkinki, hamma birgalikda harakat qilsa… shunda ham bir necha yuz yillardan soʻng bu natijaga erishish mumkin yoki yoʻq.
―Bir necha ming sanadan beri forsiy va arab tili va madaniyati va saltanati ta‘siri ostida qolgan turkiyni yana bir necha ming sanada bularni ta‘siridan chiqarmoq nari tursun, balki ma‘nan va moddatan va fannan mahkum millatni lugʻatlari hujum etar‖. Darhaqiqat, tarixiy jihatdan olib qaralganda ham fors va arab davlatlari aholisining turkiy xalq vakillari bilan kechgan aloqalari tilga ham oʻz ta‘sirini oʻtkazmasdan qolmagan.
Tilimizdagi juda koʻp soʻzlar forsiy va arabiydir va hattoki maktab, madrasa, jarida, majalla, kitob soʻzlari ham arab tilidan kirib kelgan. Bugungi kunda, masalan, kitob soʻzini turkiy tilda
―bitik‖atamasi bilan qoʻllasak, faqatgina soha vakillari, ya‘ni tilshunoslar yoki adabiyotshunoslargina tushunishadi. Biroq ―kitob‖ atamasi barcha uchun ma‘lumdir. Ismimizning ham oʻndan toʻqqizi arablarnikidir, ya‘ni arabiy ismlar.
Arabiy va forsiy soʻzlardan turkiy tilni tozalash uchun har bir arabiy va forsiy soʻzning muqobilini topmoq lozimdir. "Endi bu nihoyasiz nimarsalarni hammasigʻa turkiydan ism axtaribmi dunyodan oʻtarmiz?".
Shuningdek, adib sodda til va ilmiy-adabiy til nima uchun kerakligi haqida fikr yuritar ekan, sodda til atrofdagi kishilar bilan soʻzlashmoq uchun zarur bo‗lsa, adabiy va ilmiy til mavjud ilm-fan va tarixni bilmoq, ulardan foydalanmoq uchun zarurdir. Modomiki, bizga ilm-fan kerak ekan, turkiy tilning ba‘zi sheva va lahjalariga zamoniy, ilmiy, diniy, tarixiy turli xil kitoblar bordir. Shunday ekan, ularni oʻqib, oʻrganishga harakat qilish lozimdir.












Y ana bir jihat borki, balki turkiy tilga qoʻshilgan forsiy va arabiy soʻzlar bizni arab va fors xalqlariga bir daraja yaqin etar. Bu esa ularning ilm-u fanlariga yaqinlashishimizga imkon yaratadi. Ilm-fanga yaqinlashish esa rivojlanish demakdir. Ya‘ni, adabiyot rivojlanadi, til rivojlanadi va boshqa sohalarga ham ta‘sir etadi.

Adabiy tilni sof holda saqlash, balki, xalqni jahon hamjamiyatidan ajralib qolishiga sabab bo‗lar yoki mamlakat rivojlanishda orqada qolishi ham mumkin.


Xulosa qilib aytganda, ―Begona tildan soʻz olishdan qutilgan til yoʻqdir. Anglischani arabchadan soʻngra eng boy til derlar, maa fiyhi oʻn minglar ila begona lugʻatlarni majburan olganligini yozarlar‖. Haqiqatdan ham, yer yuzida biror bir til yoʻqki, boshqa tildan kirib kelgan soʻzlar uchramaydigan. Kundalik hayotimizda, oddiy soʻzlashuvda, yoinki, ba‘zi paytlarda adabiy tilda soʻzlashib turgan vaqtimizda ham oʻzimiz bilmagan holda ―begona soʻz‖lardan foydalanamiz. Boshqa tillardan kirib kelgan soʻzlar tilimizning chiroyli boʻlishi uchun xizmat qilar, balki. Turkiy tildan boshqa tillarga kirib borgan soʻzlar ham bordir.
Turkistonda yagona turkiy tilni barqaror qilish mushkul ish. Turkchada, ya‘ni turkiy tilda kam soʻzlashmaslik kerak. Forsiy va arabiydan esa imkon qadar kamroq foydalangan lozimdir. Tilimizni sof holatga keltiramiz deb, vaqtni zoye ketkazgandan ko‗ra, turkiy tilda yaratilgan ilmiy asarlarni oʻrganishga harakat qilishimiz kerakdir. Demak, bundan unumli foydalanib, xalq adabiyoti va tilining boyishiga, ularni asrab-avaylashga oʻz hissamizni qoʻshishimiz lozimdir. [1:27-34]

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling