O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
/dh/ undoshiga o‗g‗uz shevalarida til-tish /z/ mos kelgan –
adhaq~azaq – ―oyoq‖. Tovush mos kelish qonunidan farqlanuvchi har bir mustasno (holat) albatta sharhlanishi va asoslanishi lozim. Chunonchi o‗zbek tilida mavjud janub, jabr… kabi so‗zlar arabiy, juda, jo‗ja… kabi so‗zlar eroniy tillardan olingan, shuning uchun ular har ikkala qozoq va o‗`zbek tillarida ham /j/ bilan qo‗llaniladi. Lekin o‗zbek tilidagi /jo‗nalish/ so‗zi bu tilga qozoq (qipchoq tillari) tilining ta‘siri sifatida baholanishi lozim. Tovushlar mos kelishi bilan bog‗liq ravishda Qiyosiy tarixiy tilshunoslikda analogiya qonuni ham amalda. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki. Tilda mavjud bo‗lgan biror qonuniyat yoki hodisa shu qonuniyatga bo‗ysunmaydigan hodisalarga ham ko‗chiriladi. Chunonchi, o‗zbek tilida /q/ va /k/ auslautli turkiy so‗zlarga unli bilan boshlanagigan qo‗shimchalar qo‗shilganda bu undoshlar jarangilashadi qishloq~ qishlog‗im, tilak~tilagim. Bu qoniniyat arabiy, eroniy, yevropaviy tillardan olingan so‗zlar uchun amalda emas. Lekin nutqda ar.mantiq~mantig‗i, tadqiq~tadqig‗i, suluk~sulugi;toj.sak~sagi, rus.srok~srog…hodisalarini keng uchratamiz. Bu analogiya qonuni ta‘siridir. Tovushlar mos kelishidan tovushlar almashishinishini farqlash lozim. Tovush almashinuvlari deganda ma‘lum bir til ichida yoki qardosh tillarni o‗zaro qiyoslaganda o‗zak va qo‗shimchalarda tovushlarning o‗zaro almashunuvi tushuniladi. Bunday tovush almashunuvlari, asosan, ikki turli bo‗lib, ulardan biri fonetik pozitsion va kombinator ozgarishlardir. Bunday o‗zgarishlar assimilatsiya (jumladan, singarmonizm), dissimilatsiya, metateza, epinteza, prokopa, eliziya, reduksiya, diyerezis v.b ma‘lum qoniniyatlar bilan boshqariladi va izohlanadi. Shuning uchun ular fonetik o‗zgarishlar deb nomlanadi. Yondosh tovushlarning o‗zaro ta‘siri bilan shartlanadi. Odatda ma‘noga daxldor bo‗lmaydi.Masalan, ketdi so‗zini ketti sifatida talaffuz etish va ba‘zi hollada yozish ham. E ndi boshqa turdagi almashinishni olib ko‗raylik: Chunonchi, tilimizda yog‗och ~ yig‗och , o‗tqazmoq ~ o‗tqizmoq, o‗tkazmoq ~ o‗tkizmoq, bo‗lar ~ bo‗lur, kelar ~ kelur kabi hodisalarni olaylik. Bu juftliklarda keng va tor unlilarning o‗zaro almashunuvi ma‘noga mutlaqo ta‘sit etmaydi va hech qanday qonuniyat bilan ham boshqarilmaydi. Tovush almashinuvlari deganda mana shunday izohlanmas hodisalar tushuniladi (Qator flektiv tillarda mavjud bo‗lgan va ma‘lum bir grammatik so‗z yasash va forma yasashga xizmat qiladigan ichki fleksiyani – cheredovaniyeni (rus.vrag ~ vrajda, drug ~ druzya, inglizchafoot ~ feet.) bular bilan aralashtirmaslik kerak. Zeroki ichki fleksiya – cheredovaniye – grammatik ma‘nolarni ifodalashning bir usulidir). Tovush almashinuvlari odatda o‗zak va qo‗shimchalarning variantlarini tashkil etadi va ma‘noviy-vazifaviy ixtisosolashish uchun o‗ziga xos bir imkoniyat, bo‗shliqdir (vakuum, potensiyadir). Tilimiz bu imkoniyatdan juda samarali foydalanadi. Qiyosiy-tarixiy metod va qiyosiy tarixiy tilshunoslik asosiy tushunchalri va ish (tadqiq) usullari mana shulardir. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling