O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet17/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Sensiragan sog‗inchlarni aldab yurdim asosan.
Ma‘lumki, -sira affiksi fe‘l yasaydi: qonsiramoq, qorsiramoq, mensiramoq, sensiramoq kabi. Biroq yuqoridagi she‘riy parchalarda mensiramoq, sensiramoq so‗zlari butunlay o‗zgacha ma‘noda, kutilmagan ma‘noda qo‗llanganiga guvoh bo‗lamiz. Mensiramoq so‗zi
―men‖ga ehtiyoj sezmoq, sensiramoq so‗zi esa ―seni istamoq‖ semada
ishlatilgan.
Iste‘dodli ijodkor Abdurauf Fitrat o‗z she‘rlarida ―yirtmoq‖ fe‘lini bir necha bor qo‗llab, o‗zbek tili lug‗at qatlamida mavjud bo‗lmagan ma‘nolarni[6,271] yuzaga chiqarganligiga guvoh bo‗lamiz:

    1. Shu qop-qora, eski, titroq bulutlar

Kuchli bir yel ko‗rgach, turmas, yirtilur. (―Ovunchoq‖)

    1. Sen kelgach, Ko‗nglimni

Qayg‗ular-la, motamlar-la o‗ragan
Qora qalin pardalar yirtilur. (―Nega bo‗yla‖)

    1. Cholg‗i qili sening nozli tirnog‗in-la titrarkan, Umidimni qoplab turg‗on qora bulut yirtilur. (―Parcha‖)

Mazkur she‘riy parchalarda yirtilmoq so‗zi yangicha ma‘noda, ya‘ni ―parchalanmoq‖ umumiy ma‘no ostida qo‗llangan.

Shoir she‘rlarida ko‗pincha ramziylik, shaklan oddiy jumlalarda tag ma‘noning ustivorligi yetakchilik qiladi. Jumladan, yel so‗zi ham yangicha bo‗yoq kasb etib, bir o‗rinda ozodlik, erk, hurlik ramzi sifatida (Oldimizni to‗sg‗on bulut parchasi/ Kuchli bir yel ko‗rgach, turmas yirtilur), boshqa bir she‘rda tutqunlik, erksizlik timsoli bo‗lib kelganligiga (Masalan,―Haqsizlik shahrining qon hidli yeli‖ misrasida) guvoh bo‗lamiz.


So‗zning qo‗shimcha ma‘no ifodalari iste‘dodli shoir
Faxriyor ijodida salmoqli o‗ringa ega. Yana bir misol:
Gullarim qonaydi
Alvon gullarni
menga ravo ko‗rmish bu taqdir Hijronro‗y qizg‗aldoq bo‗ldi yupanchim.
Mazkur misralarda ikkita individual neologizmni kuzatish mumkin. Biri hijronro‗y so‗zi bo‗lsa, ikkinchisi neologizm-semema bo‗lgan qonamoq so‗zidir. Ijodkor ushbu parchada qonamoq so‗zini o‗z manosidan tashqari ma‘noda, ya‘ni lug‗atlarda izohlanmagan ma‘noda qo‗llaydi. Gullarning qizil tusga kirishini ―gullarim qonaydi‖ birikmasi bilan ifoda etgan. Shu bilan birga, mazkur so‗z yaratilgan yangi ifoda orqali shoirning alam, dardlarini his qila olamiz. Shoirning ―Hijronro‗y qizg‗aldoq bo‗ldi yupanchim‖ misrasida individual metafora qo‗llangan. Shuningdek, hijronro‗y so‗zi orqali kompozitsiya usulida yangi so‗z yasalishi ham kuzatiladi. Demak, ijodkor bir o‗rinda ikki yangilik yaratuvchisi hisoblanadi: 1) batamom yangi so‗z muallifi; 2) yangi ko‗chim (metafora) muallifi.
Iste‘dodli shoir U.Azimning ―Gʻaroyib ajdarho‖ dostonida lipillamoq so‗zi bilan yangi neologizm-semema vujudga kelganiga guvoh bo‗lamiz:
Bir ma‘no uqqanday, Cholning so‗zidan, Quvonch lipillaydi Shohning yuzida.
Shoir ―quvonch alomatlarining inson tashida yuz ko‗rsatishi‖ni lipillamoq yasama fe‘li orqali ifoda etgan. Mazkur ma‘no ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da o‗z ifodasiga ega emas[6,500]. Shuning o‗ziyoq bu so‗zning neologizm-semema ekanligidan dalolat beradi. Lipillamoq so‗zi bu o‗rinda voqelikni ravshan, teran yuzaga chiqarishda, qolaversa, asar personajining ruhiy
holati, ayni vaqtidagi vaziyati cholga munosabatini oydinlashtirishga qo‗l kelgan.
Neologizm-semema leksemaning tildagi ma‘nosida (asl ma‘nosida) mavjud bo‗lmagan, ayrim shaxs (muallif) nutqi uchun xos bo‗lgan, shu matn doirasida muayyan mavqega ega ma‘no sanaladi. Xuddi shu holatni shoira F.Afro‗zning quyidagi misralarida kuzatamiz:
Endi sening bo‗yningda bilaklarim gullaydi,
Bellarimga chirmashib gul pechaklar bo‗ylaydi.
―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da gullamoq so‗zi uch ma‘no ostida izohlanadi: 1) gul ochmoq, gulga kirmoq; 2) ravnaq topmoq, rivojlanmoq, obod bo‗lmoq; 3) gul-gul ochilmoq, go‗zallashmoq, yashnamoq; kamolga yetmoq[6,519]. Tabiiyki, F.Afro‗z qo‗llagan
―bilaklarim gullaydi‖ nutqiy qo‗llanish va hosila ma‘no lug‗atlarda uchramaydi. Shuning o‗ziyoq matnda qo‗llangan gullamoq so‗zi hamda uning ma‘nosi butunlay yangiligi (neologizm-semema ekanligi)dan dalolat beradi. ―Endi sening boyningda bilaklarim gullaydi‖ tarzidagi ifodani yor vasliga yetgan oshiq e‘tirofi deya baholash mumkin. Ushbu misradagi gullamoq so‗zi asl (bosh) ma‘nodan emas, balki hosila ma‘no (―ravnaq topmoq, rivojlanmoq, obod bo‗lmoq‖)dan o‗sib chiqqan.
Bilamizki, haqiqiy ijodkor yangi ma‘nolar kashfiyotchisi, so‗z san‘atkori, so‗zshunos, ma‘noshunosdir. Tahlilga tortilgan misoldagi ma‘no ifoda o‗quvchini o‗y, xayolga soladi, ayni paytda fikrlar ummoniga tortadi. Anglashiladiki, o‗z yori visoliga yetishishga ko‗zi yetgan qahramon toleyidan xursand holda kuylaydi, yori bilan umrbod birga bo‗lishiga ishonadi.












X ulosa sifatida aytish mumkinki, o‗ta yangi hosila ma‘nolar (neologizm-sememalar)ni biror bir izohli lug‗at qamrab ola bilmaydi. Aniqrog‗i, individual neologizm-semema lug‗atlarda o‗z belgisiga ega bo‗lishi uchun ma‘lum bir muddat kerak bo‗ladi. Aslida, bu kabi yangilik bo‗yog‗iga ega ma‘no ifodalar (neologizm-sememalar) biz qo‗llab yurgan uzual ma‘nolardan bir necha bor ko‗p bo‗lib, ular badiiylik, ifodaviylikni ta‘minlashda faqat muayyan bir badiiy asar tarkibidagina yashab kelayotgani ham ma‘lum. Bu kabi yangicha ma‘no ifodalar (neologizm-sememalar) keyingi avllod izohli lug‗atlari tarkibidan o‗rin olmog‗i lozim.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling