O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mitti
Cho„loq turna otasi sharpasidan ham o‗ziga yaqinlik, boshpana hissini tuygan, aka va opalari ovozidan ham asti hayiqmagan edi. [4, 86]
Ta‘kidlash kerakki, zoonimga xos holat belgisini anglatuvchi ushbu birikmaning sintaktik qurilish xususiyatlarini nutq bosqichida [Sf~O]=SB qolipi, lison bosqichida esa, [I~O]=SBLSQi umumlashtiradi. Badiiy nutqda daraxtning tasviriga oid mitti yaproqlar, yolg„iz akatsiya daraxti kabi so‗z birikmalari voqelashuvini ―Yangi zot‖ hikoyasi matnida kuzatish mumkin. Nutqda stolning muayyan turini aniqlashtirish zarur bo‗lganda til egasi uning belgisini yasalgan xomashyosi asosida ifodalash imkoniyatidan foydalana oladi. Quyidagi matnda bu alyuminiy stol birikmasi misolida anglashiladi. Bu hosilalar predmetning hajmi, holati va moddiy asosini bildirgan leksemalar ot leksemalar bilan tobelanib, predmet va uning belgisini ifodalay olishini tasdiqlaydi. Mitti yaproqlari gezarib, chang qoplagan yolg„iz akatsiya daraxti tagida alyuminiy stol yonida kabob pishishini kutib, chekib o‗tirar edim. [4, 136] Ushbu matnda kuzatilgan hosilalar umumiy [belgi-predmet] ma‘nosini ifodalasa ham, o‗z ma‘no qirralari bilan farqlanadi. Bu farq birikmalarni shakllantiruvchi leksemalarning lug‗aviy ma‘no xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ammo bu birikmalar sintaktik qurilishiga ko‗ra ham bir-biridan farq qiladi. Tafovut shundaki, nutq bosqichida mitti yaproqlar hosilasi [Sf~O]=SB xususiy qolipi, alyuminiy stol hosilasi esa, [O~O]=SB xususiy qolipi asosida shakllanadi. Arboblik zinasidan ko‗tarilmoq uchun zarur bo‗lgan ichki qobiliyat yetishmagan unga. [4, 268] S hukur Xolmirzayevning ―Olam tortilish qonuni‖ hikoyasi matnida kuzatilgan ichki qobiliyat hosilasi sifat va otning birikuvidan yuzagan kelgan bo‗lib, umumiy lisoniy qurilishi [I~O]=SBLSQi mohiyatida mujassamlashgan. Demak, mazkur hosila ham [I~O] qurilmali so‗z birikmasi sanaladi. Matnda umumiy qobiliyat tushunchasi o‗ringa munosabat bildiruvchi belgisi bilan aniqlashtirilgan. Muhim tomoni shundaki, muayyan belgisi ifodalangan predmet tushunchasi nutqda reallashgan. – Ana! Bu yaxshi... Demak, rol chiqadi. Lekin, – yana stol qoshiga qaytdi, – siz juda irodali, bardoshli inson obrazini yaratishingiz kerak! [4, 277] Yuqorida shaxs va uning muayyan xususiyatini ifodalagan so‗z birikmasi haqida so‗z yuritgan edik. ―Qaytish‖ hikoyasi matnida kuzatilgan bardoshli inson birikmasi ham shu siradagi hosilalarning bir ko‗rinishidir. Bu hosila [I~O] qurilmali so‗z birikmalari tarkibida shaxs va uning xususiyatini anglatuvchi turi mavjudligi va bu turdagi birikmalar ko‗p qo‗llanilishini ko‗rsatadi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, nutqda [I~O] qurilmali so‗z birikmalarining sifat va ot bilan birikuvidan yoxud ot leksemalarning o‗zaro tobelanishidan hosil bo‗ladigan turlarigina voqelashadi, deb bo‗lmaydi. Chunki tilda son, olmosh, taqlid turkumiga mansub lug‗aviy birliklar umumiy belgi ma‘nosini ifodalash uchun badiiy nutqda xilma-xil so‗z birikmalarini hosil qila oladi. Chol tizzasiga tushgan xazon bargini sopidan ushlab pildiratarkan, dedi: – Men sizni o„sha qishloqqa olib ketay deb keldim. [5, 30] Cho‗lponning ―Kecha va kunduz‖ romani matnida olmosh va otning o‗zaro bog‗lanishidan hosil bo‗lgan o„sha qishloq birikmasi fikrimizni dalillaydi. Joy nomini anglatuvchi qishloq leksemasi o„sha ko‗rsatish olmoshini tobelantirar ekan, nutqda joyga ishora belgisi (joy va uning ishoraviy belgisi) ma‘nosini yuzaga chiqargan. Bu so‗z birikmasining qurilish xususiyatlari [I~O]=SBLSQi mohiyatida umumlashgan bo‗lsa ham, unga [Olm~O]=SB xususiy qolipi orqali bog‗lanadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling