O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


BADIIY ASARDA INDIVIDUAL NEOLOGIZM-SEMALAR


Download 5.53 Mb.
bet16/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

BADIIY ASARDA INDIVIDUAL NEOLOGIZM-SEMALAR


XUSUSIDA

Asadov To„lqin Hamroyevich,


BuxDU dotsenti

Mardonova Sarvinoz Oripovna,


BuxDU o‗qituvchisi


Annotatsiya. Maqolada so‗z ma‘no ifodasi, semema, neologizm-semema, uning tabiati haqida so‗z boradi. Nazariy fikrlar badiiy adabiyotdan olingan misollar bilan izohlangan. Ayrim neologizm-sememalarning leksikografik talqini ochib berilgan.
Kalit so„zlar: ma‘no, tushuncha, semema, neologizm-semema, lug‗at, leksikografik talqin, so‗z ma‘nosining kengayishi va torayishi. Leksema ko‗p sememali bo‗lsa, har bir sememada boshqa-boshqa farqli semalar mavjud bo‗lib, har bir sememaning nutqiy voqelanishidagi qurshovi o‗ziga xos, har bir sememasi asosida bog‗lanuvchi birliklar paradigmasi turlicha bo‗ladi[4,84]. Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‗rinishidir. Semema leksemaning ichki jihati hisoblanadi. U o‗zgarib turishi, qo‗shimcha ma‘no yuklarini o‗zida biriktirib borishi mumkin. Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‗xshash bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita leksema yo‗q. Har qanday butunlik bo‗lakdan tashkil topganligi kabi, semema ham
tarkibiy qismdan iborat bo‗ladi.
Sema darajasiga ko‗ra birlashtiruvchi (integral) va farqlovchi (differensial) semaga ajratiladi. Birlashtiruvchi sema birdan ortiq


leksemadagi o‗xshash, bir xil semadir. Farqlovchi sema esa o‗xshash, ma‘noviy yaqin leksemalardagi farqlanuvchi semalardir.


Sememaning asosiy xususiyati – uning til jamiyati a‘zolari ongida tayyor holda ekanligi. Demak, semema ma‘lum bir qonuniyat yoki qolipning mahsuli yoki hosilasi emas. Semema o‗zining barcha nutqiy ko‗rinishi uchun asos bo‗lib, har bir qo‗llanishida, uning juz‘iylashgan va matn, nutq sharoiti, so‗zlovchining maqsadiga bo‗ysungan holati kuzatiladi.
Til ijtimoiy hodisa ekan lug‗at qatlamidagi so‗zlar davr bilan bog‗liq holatda ma‘no imkoniyatini oshirishi yoki aksincha holga tushishi mumkin. Neologizm-semema leksema semasining taraqqiyoti bilan belgilanadi. Semalar taraqqiyoti hosila ma‘noni yuzaga keltiradi [1;2;3;4;5]. So‗z ma‘nosi kengayishida ma‘no torayishidan farqli o‗laroq yangi-yangi hosila ma‘nolar paydo bo‗ladi.
Professor M.Mirtojiyevning ―O‗zbek tili semasiologiyasi‖ kitobida leksik ma‘noning taraqqiyotiga ko‗ra tiplari sifatida: genetik ma‘no; hosila ma‘no; nominativ ma‘no; erkin ma‘no; bog‗li ma‘no; o‗zak ma‘no; yasama ma‘no kabilar keltiriladi, umumiy tilshunoslik va o‗zbek tilshunosligida aytilgan fikrlarga munosabat bildiriladi, o‗ziga xos fikr-mulohazalar bayon etiladi [2,136-143]. Mazkur ma‘no turlari so‗zning ma‘no taraqqiyoti, ma‘no imkoniyatlari bilan bog‗liq.
Tilshunoslikda so‗zning ma‘no rivoji bilan bog‗liq asosiy tipi – hosila ma‘no sanaladi. Hosila ma‘no genetik ma‘nodan o‗sib chiqar ekan, polisemantik so‗zlardagina bunday ma‘no imkoniyati mavjud bo‗ladi. Hosila ma‘no, odatda, ifodaning obrazliligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Ammo yuqori darajadagi ifodaviylik, obrazlilik doim ham har qanday hosila ma‘no bilan emas, balki muayyan bir matnda yangilik bo‗yog‗iga ega bo‗lgan ma‘no bilan bog‗liq, deyish mumkin.
Hosila ma‘no nafaqat genetik ma‘nodan, ba‘zida hosila ma‘noning o‗zidan ham o‗sib chiqishi mumkin [2,142]. Genetik ma‘no atash ma‘noga, hosila ma‘no ifoda ma‘no (sema)ga muvofiqdir [3,58-62].
So‗z matnda uzual ma‘no ifodasiga ega bo‗lsa-da, uning tabiatida okkazional ma‘no ifodalash imkoni ham mavjud. Uzual ma‘no so‗zning tabiatida mavjud ma‘no sanaladi, bu ma‘no har gal nutqda yaralavermaydi. Uzual ma‘no nutq egasi uchun tayyor holda bo‗lib, izohli lug‗atlar qamrovida turadi. Ammo uzual ma‘no (izohli lug‗atlar qamrab olgan odatdagi ma‘no) badiiy adabiyotda poetik faollikni
ta‘minlash uchun doim ham to‗laqonli ahamiyat kasb eta olmaydi. Badiiy adabiyot lug‗atlarda aks etgan ma‘nolar bilan cheklanib qolmay, ba‘zi-ba‘zida okkazional ma‘nolarga – neologizm-sememali individual nutq neologizmlariga ehtiyoj sezadi. Kezi kelganda ijodkorlar so‗zning genetik yoki hosila ma‘nosiga tayanib, uning yangicha ma‘nosi (neologizm-semema)ni ―kashf etadilar‖. Bu holatning yuz berishi neologizm-leksemaga nisbatan sekin kechadi. Neologizm-semema yaratishda lisonning borliq hodisalari bilan uzviyligi, uyg‗unligini, shuningdek, mantiqiylikni inobatga olish lozim. Adiblar ijodiy merosida kuzatiladigan mazkur hodisa tilshunoslikda ―neologizm-semema‖ termini ostida o‗rganiladi. M.Yo‗ldoshev o‗z tadqiqotida[7] taniqli shoir Faxriyor ijodida kuzatiladigan bir neologizm-sememani tahlilga tortadi. Misol:
Falakning ko‗zlari mensirar – xunxor, Men qayon gizlanay, g‗am dashti hamvor,
Bir kunda paymonam to‗ladi ming bor. (―Tonggi tilaklar‖) Faxriyorning boshqa bir she‘ridan misol:
Muhabbatning aldoqlarin ko‗zlarimga surtdim men,

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling