O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.53 Mb.
bet26/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Маҳмудов Н. Маърифат манзиллари. –Т.: Маънавият, 1999. – 64

б.

  1. Назарова С.А. Сўз бирикмаси синтаксиси субстанциал талқинда. –Т.: Фан, 2015. – 112 б.

  2. Қаҳҳор, Абдулла. Асарлар: 5 жилдлик. 1-жилд. Сароб. Роман. Ҳикоялар. – T.: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1987. – 336 б.



TILNING TARAQQIYOT BOSQICHLARI


Po„latova Zilola Mahmud qizi,
Vobkent tumani 1-son kasb-hunar maktabi o‗qituvchisi


Annotatsiya. Til – har bir millat o‗zligining ajralmas belgisi, millatning ruhidir. Til millat va jamiyat mavjudligining dalili, borlig‗i va hayotining mislsiz ko‗zgusi, taraqqiyotining o‗lchovidir. Har qanday millatning ijtimoiy shakllanishini belgilovchi bosh mezon ham uning tilidir.
Kalit so„zlar: til, diniy talqin, dunyoviy talqin, aloqa vositasi, ijtimoiy ong shakli












TIL - insonlar orasidagi aloqa vositasi, jamiyat a‘zolarining fikr ifodalashi va o‗zaro fikr almashishi uchun xizmat qiladigan vosita. Tilning tabiiy-ilmiy, diniy-dunyoviy talqinlari bor. Diniy talqinga ko‗ra, Til ilohiy kuch tomonidan yaratilgan va hozirgi holicha insonga berilgan. Dunyoviy talqiniga ko‗ra, til hozirgi ko‗rinishini olguncha juda uzoq evolyutsion jarayonlarni, ya‘ni insonning shakllanishi va takomillashuvi jarayonlari bilan teng davrni bosib o‗tgan. Ilm-fan inson tilining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‗rganishi natijasida shunday xulosaga keldiki, til aloqa vositasi, nutq sifatida, shubhasiz, faqat inson miyasining mahsulidir. Ayrim boshqa jonivorlar, masalan, shimpanze, to‗tiqush, chug‗urchiqlar ham insonga xos tovushlar chiqarib "gaplashadi", hatto, ayrim hollarda jumla va iboralarni takrorlaydi. Biroq, ular inson kabi gaplashishga qodir emas. Og‗zaki nutqqa o‗rganish - insoniyatning evolyutsion taraqqiyotida hal qiluvchi qadam bo‗ldi. Nutq qobiliyati unga inson sivilizatsiyasi asoslarini qurish imkoniyatini yaratdi. Dastlabki inson jamoalari

og‗zaki nutqni birgalikda harakat qilish, mudofaa, umuman faoliyatning hamma turlarida hamjihatlik ko‗rsatish, hamkorlik qilish, buyruqlarni ifodalash maqsadiga qaratganlar va bundan uzoq vaqt samarali foydalanganlar. U paytlardagi inson tilining so‗z boyliklari ko‗p miqdorda bo‗lmasa-da, davr o‗tishi bilan, ayniqsa, kishilar, jamoalar bir-birining tilini boyitish imkoniyatlari tufayli u tobora boyib, takomillashib bordi. Chinakam ommaviy nutqni yuzaga keltiruvchi har bir kishining nutqiy tajribasi juda qisqa va o‗tkinchi bo‗lgan, ya‘ni vafot etishi bilan uning tajribasi ham o‗lgan. Bir kishining nutqi insoniyatning umumiy mushtarak nutqiy tajribasi sifatida avloddan-avlodga o‗tib, avval og‗zaki, keyinchalik yozma ko‗rinishini kasb etguncha juda uzoq zamonlar o‗tgan. Biroq, til og‗zaki va yozma nutq sifatida to‗la shakllangach, u insonning ham jisman, ham ijtimoiy jihatdan juda tez taraqqiy etishini ta‘minladi.


Til tufayli insoniyatning ijtimoiy hayoti, naslining miqdoriy jihatdan o‗sishi ham aql bovar qilmas darajada ilgarilab ketdi. Bir vaqtlar tropik o‗rmonlarda oddiy tirikchilik uchun jon berib, jon olib yurgan odamzod nutq sharofati bilan zaminning yakka-yu yagona egasiga aylandi. Ibtidoiy odamlarning dastlabki muomala vositalari va so‗zlaridan tortib, tilning bugungi darajasiga yetguncha insoniyat 3 mln. yildan kamroq masofani bosib o‗tdi.
Shakllanish, taraqqiy etish va takomillashish jarayonlarida tillar, dastlab, mushtaraklik va umumlashtiruvchilik vazifasini bajargan, ya‘ni bugungi kunda turli tillarda gaplashayotgan millat va elatlar, avvallari bir-birini tushunadigan bir tilda gaplashgan, vaqt o‗tishi bilan, turli-tuman ob'ektiv sabablar tufayli, ular bir-birlaridan uzoqlashib, tillari o‗zaro farqlanadigan shaklga kelgan. Tillarning bunday ajralish jarayoni (differensiatsiya) natijasida ko‗pchilik uchun mushtarak aloqa vositasi bo‗lgan bir tildan keyinchalik bir necha til yuzaga kelgan. Hozir tilshunoslikda turkiy tillar deb yuritilayotgan tillar bir-biridan nafaqat uzoqlashish, ajralish xususiyatiga, balki bir- biriga yaqinlashish, bir-birini boyitish xususiyatiga ham egadir. Turli tillarning bir-biriga ta‘siri va o‗zaro yaqinlashuvi natijasida yangi tillar vujudga kelishi ham mumkin. Shu bilan birga, biron-bir xalqning fikr almashish vositasi bo‗lishdan to‗xtagan va unda gaplashuvchilarning yo‗q bo‗lib ketishi yoki boshqa tarixiy, ijtimoiy, madaniy sabablarga ko‗ra, muomaladan chiqqan tillar ham mavjud. Bunday tillar o‗lik tillar deyiladi. Masalan, shumer, lotin, qadimiy yunon, sanskrit shular jumlasidandir. Tilning kelib chiqishi va evolyutsiya bosqichlari haqida


qadimiy misrliklar va xorazmliklar, yunonlar va hindlar, xitoyliklar va forslar turli xil ilmiy farazlarni ilgari surganlar. Ulardan ayrimlari, tovush tili sifatida yuzaga kelgan desa, boshqalari til dastlab imo- ishora tili ko‗rinishida bo‗lgan deydi.


Til odamlar orasida aloqa vositasi sifatida ehtiyoj tufayli tabiiy sur‘atda vujudga kelgan (Aflotun), o‗zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o‗zlari yaratganlar (Demokrit), Til ilohiyot tortig‗i (―Injil‖, ―Qur‘on‖) kabi qarashlar ham bo‗lgan. Til, shubhasiz, jamiyatda ijtimoiy mehnat, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan muayyan jamoa, odamlar guruhi yoki alohida shaxs faoliyatini muvofiqlashtirish vositasi bo‗lib xizmat qilishi kerak.
Til tafakkurning ifoda shakli va yashash tarzi sifatida inson ongining shakllanishida ham muhim o‗rin tutadi.
Men xulosa o‗rnida Muhammad Mustafo sallallohi alayhi vassallamning aytgan hikmatli so‗zlarini joiz deb topdim: «Til, Olloh Taolo o‗z bandalariga bergan hisobsiz ne'matlar qatoriga kiradi. Kishi bu ne'matning qadriga yetmasa, shukronasini qilmasa, ikki dunyo xijolatlikka sabab bo‗ladi». Zero, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilning betakror jozibasi bilan singadi. Ona tiliga muhabbat bu - insoniyatga, vatanga, onaga, yaqin insonlarga muhabbatdir. Har kim o‗zligini, tarixini, dinini, o‗z ona tilini va, albatta, o‗z ildizlarini anglab yetmog‗i joiz.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling