O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
Kalit so„zlar: axborot, til, komponent, abbreviatura, lingvistik sabab, ekstra-lingvistik sabab, grafik tur, leksik tur, apakop, lug‗at
Axborot bilan to‗yingan zamonaviy davrda muloqot va yozishmalar hayotimizning ajralmas qismini tashkil etadi. Odamlar qanchalik ko‗p ma‘lumotga ega bo‗lsa, uni shunchalik qisqartirish va yanada ixchamroq shaklda yetkazish usullarini qidirishadi. So‗z va so‗z birikmalarini qisqartirishning eng yaxshi usullaridan biri esa qisqartmalardan foydalanishdir. Qisqartma (lotincha ―brevis‖, italyancha ―abbreviatura‖ – qisqa) – so‗z yoki so‗z birikma qisqartirishi orqali hosil bo‗lgan va bosh harflarning alifbo nomi yoki unga kiritilgan so‗zlarning boshlang‗ich tovushlari bilan o‗qiladigan so‗z [1]. Bugungi kunda ular sms xabarlarda, biznes yozishmalarda, xalqaro atamalarda keng tarqalgan. Ularning ko‗pchiligi juda tez-tez ishlatiladi, shuning uchun zamon bilan hamnafas yashashni istaydigan odamlar qisqartma so‗zlarni o‗zlashtirishlari lozim. Chunki qisqartmalarni bilmaslik yoki noto‗g‗ri ishlatish juda noqulay vaziyatga yoki suhbatdoshning nimani ifodalamoqchi ekanligini noto‗g‗ri tushunishga olib kelishi mumkin. Qisqartmalar dunyoning istalgan tilida uchraydi . Shu jumladan, o‗zbek va ingliz tilida ham ularning salmog‗i anchagina katta. Qisqartma so‗zlar – barqaror so‗z birikmalari komponetlarining bosh harflarini yoki ma‘lum qismlarini olib qo‗shish bilan hosil qilingan so‗zlar. Qisqartma so‗zlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo bo‗ladi va faol qo‗llanishi natijasida keyinchalik og‗zaki nutqqa ham o‗tadi . Masalan, o‗zbek tilidagi quyidagi qisqartma so‗zlar ko‗pchilikka tanish. IIV– Ichki ishlar vazirligi, XTB – Xalq ta‘limi bo‗limi, fil-fak –filologiya fakulteti. Qisqartma so‗zlar, asosan, ot so‗z turkumiga mansub bo‗lib, o‗zbek tilida quyidagi yo‗llar bilan hosil qilinadi: so‗z birikmasi komponentlarining birinchi harflarini olib qo‗shish bilan (XDP – Xalq demokratik partiyasi, OAK – Oliy attestatsiya komissiyasi). so‗z birikmasi tarkibidagi birinchi so‗zning birinchi bo‗g‗inini , qolgan so‗zlarning birinchi harflarini olib qo‗shish bilan (O‗zAS – O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati); s o‗z birikmasi tarkibidagi so‗zlarnig bosh qismlarini olib qo‗shish bilan (bio-fak – biologiya fakulteti); so‗z birikmasi tarkibidagi so‗zning birinchi bo‗g‗inini, qolgan so‗zlarni qisqartmay qo‗shish (O‗zdonmahsulot); aralash yo‗l bilan (O‗zavtoyo‗l) Qisqartma so‗zlar, asosan, xalqaro tashkilotlar (BMT,YUNESKO), mamlakat va davlatlar (AQSH), vazirlik (XTV), siyosiy partiyalar (MTDP), harbiy uyushmalar (NATO), ilmiy-o‗quv muassasalari (BuxDU), tashkilotlar (YIA), korxonalar (O‗zmashxolding), asbob-uskuna va inshootlar (GES), muassasalar ( DTM) va hokazolar o‗rnida qo‗llanadi. Qisqartma so‗zlar tayyor holda boshqa tillardan o‗zlashtirilishi (FIFA, NATO) yoki muayyan til, masalan, o‗zbek tili materiallari asosida hosil qilinishi mumkin [3]. Tilshunoslikning bir qismi hisoblanmish qisqartma soʼzlar,abbreviatura yillar davomida qator olimlar tomonidan oʼrganilib,koʼplab ilmiy manbaalarda yoritilgan.Ushbu tushunchalarni oʼrganishda O.Esperson, G.Kannon, L.Blumfilьd, N.N.Alekseeva, V.P.Korovushkin, L.B.Tkacheva V.V.Borisov, I.V.Arnolьd, M.T.Irisqulov, A.Hojiev kabi olimlar oʼz hissalarini qoʼshganlar.Tilshunoslikda qisqartma soʼzlar hamda abbreviatura tushunchalari keng qoʼllanib kelinmoqda.Bu atamalar oʼrtasida deyarli katta farq boʼlmasa-da,ularning har ikkalasi alohida atama sifatida oʼrganilgan. Qisqartma soʼzlardan farqli ravishda, abbreviatura – italьyancha ―abbreviature‖,lotincha ―abbrevio‖ degan soʼzlardan olingan boʼlib, qisqartma,qisqartiraman degan maʼnolarni ifodalaydi. Tilshunoslikda abbreviatura soʼz birikmalarini qisqartirish orqali hosil qilingan soʼzlar hisoblanadi. Abbreviatura quyidagi turlarga ajratiladi: birikma tarkibidagi soʼzlar birinchi harflari alifbo tartibida oʼqiladi yoki oddiy soʼz – harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz etiladi. Rus va yevropa tillari ta‘sirida tilimizda qisqartma so‗zlar soni anchaga ortgan. Ba‘zi manbalarda so‗z va so‗z guruhlarining qisqarishi ―abbriviatura‖ deb yuritiladi. Bu qisqarishning sababi lingvistik va ekstra-lingvistik tusga egadir. Eksta-lingvistik sababda odamlar hayotining o‗zgarishi tufayli ko‗pgina qisqarishlarga duch kelishini ko‗rishimiz mumkin. To‗g‗ri ma‘noli turg‗un so‗z birikmalarining qisqartma so‗zlarga aylanishiga abbreviatsiya usulida so‗z yasalishi deyiladi. Bu usulda qisqartma otlar yasaladi. Hozirgi o‗zbek tiliga abbreviatsiya usulida so‗z yasalishi rus tilidan kirgan[5]. Shuni ta‘kidlash joizki, qisqartma so‗zlar tarixdan to hozirgacha eng mahsuldor va qiziqarli so‗z yasalish usuli hisoblanadi. Shu sababga ko‗ra, zamonaviy ingliz tilida keng tarqalgan. Qisqartmalarning eng katta ta‘siri bilan ajralib turadigan ilg‗or ingliz tilining rivojlanishi haqida gapirish va batafsil tahlil qilish samaralidir. Endi esa ingliz tilidagi abbreviaturalarning o‗ziga xos xususiyatlari bilan tanishsak: Qisqartmalar ingliz tilining eng jadal rivojlanayotgan birliklari hisoblanadi. Zamonaviy ingliz tilshunosligida qisqartmalarga qiziqish katta. Ish yoki ilmiy unvonlarni qisqartirish Buyuk Britaniyada keng tarqalgan amaliyotdir. Ingliz tilidagi eng qadimgi grafik qisqartmalar guruhi lotin tilidan kelib chiqqan. Biznes bilan shug‗ullanuvchi inglizlar qisqartmalardan ancha keng foydalanishadi, chunki iqtisodiy atamalar juda uzun bo‗ladi. Xalqaro til sifatida tan olingan ingliz tilidagi ko‗plab abbreviaturalarni boshqa til vakillari ham qabul qilib, ularni o‗z nutqlarida faol qo‗llashmoqda. Misol uchun, Wi-Fi , IQ, e-mail, sms kabi qisqartma so‗zlar istalgan davlat vakillari uchun tushunarli. Zamonaviy ingliz tilidagi qisqartmalarni faollashtirish va rivojlantirishda global integratsiya jarayoni yetakchi rol o‗ynashi aniqlangan. Ingliz tilida qisqartma so‗zlarga oid maxsus lug‗atlar yaratilgan. Ingliz tilida qisqartma so‗zlarning asosiy 2 ta turi bo‗lib, ular grafik va leksik jihatdan farqlanadi [2]. Grafik jihatdan ular yozma matnda kamroq joy egallashi uchun ishlatiladi. Ular ham o‗z o‗rnida bir nechta semantik guruhlarga bo‗linib ketadi. Biz bu yerda misollar berish bilan kifoyalansak maqsadga muvofiq bo‗ladi. Masalan: days of weeks –Mon. , names of month – Apr. ,names of countries – UK. Leksik tomondan so‗zlarning bir qismini qisqartirish orqali yasaladi va leksik nuqtai-nazardan apakoplar deyiladi [6]. Masalan: disco (dicotheque), expo(exposition), intro (introduction). Qisqartma so‗zlar bosh harflarni qisqartirish yo‗li bilan odatda leksik turda ham, grafik turda ham bo‗lishi mumkin. Masalan: J.V – joint venture –grafik, BBC – leksik turga misol bo‗la oladi. Zamonaviy ingliz tilida bir qancha yangi abbriviatura formalari mavjud bo‗lib, bu hayot tarzi jadallik bilan o‗sib kelmoqda va imkon darajasida ko‗p ma‘lumotga ega bo‗lishimiz kerak degani. Quyida eng mashhur va keng tarqalgan qisqartma so‗zlar ro‗yxatidan namunalar keltirilgan: Qisqartma – net, to‗liq aytilishi – internet Qisqartma – DTM, to‗liq aytilishi – Davlat test markazi Qisqartma – virus, to‗liq aytilishi – vital information recource under seized Qisqartma – IQ , to‗liq aytilishi – intelligence quotient ( intellekt koeffisenti) Qisqartma – ID, to‗liq aytilishi – Identification (identifikatsiya) 5.Qisqartma – PhD, to‗liq aytilishi – Doctor of philosophy ( falsafa doktori) Qisqartma – PIN, to‗liq aytilishi – personal identification number (shaxsiy identifikatsiya raqami) Qisqartma – IELTS, to‗liq aytilishi – international english language testing system (xalqaro ingliz tili test tizimi) Qisqartma –SMS, to‗liq aytilishi – short message servise (qisqa xabar xizmati) Qisqartma – MMS, to‗liq aytilishi – multimedia messaging service (multimedia xabarlar xizmati) Qisqartma – pdf, to‗liq aytilishi – portable document format (portative hujjat formati) Qisqartma – IT, to‗liq aytilishi – information technologies (axborot texnologiyalari) Qisqartma – Wi-Fi, to‗liq aytilishi – wireless fidelity (simsiz aniqlik) Qisqartma –e-mail, to‗liq aytilishi – electronic mail (elektron pochta ) Qisqartma – P/s, to‗liq aytilishi – post scriptum[4], tarjimasi postskriptum ya‘ni qisqartma yozilgan matnga biror narsani qo‗shish uchun ishlatiladi Qisqartma – GPA, to‗liq aytilishi – grade point average (o‗rtacha ball) Qisqartma – FB. to‗liq aytilishi – facebook 17.Qisqartma – pls, to‗liq aytilishi please (iltimos) Qisqartma – BBC, to‗liq aytilishi British broadcasting corporation (Britaniyaradioeshittirish korporatsiyasi) Qisqartma – DTM, to‗liq aytilishi davlat test markazi Ahamiyat bergan bo‗sangiz, yuqorida keltirib o‗tilgan qisqartmalarning aksariyati ingliz tilida va ular bugungi kunda ancha faol. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchi hamyurtlarimiz ham o‗zbek tilidagi qisqartmalarga qaraganda ingliz tilidagi abbreviaturalarni keng qo‗llashmoqda. Xulosa o‗rnida aytish joizki, internet texnologiyalarining rivojlanishi tufayli onlayn suhbat, mobil matnli xabarlashuv, elektron pochta orqali xabar almashish aloqalari shakllandi. Qisqa shakldagi so‗zlar, qisqartmalar, jumlalar va memlar internet madaniyatini belgilovchi yangi tilni rivojlantirishga yordam berdi. Eng mashhur qisqartmalarning asosiy qismini ingliz tilidagi qisqartmalar tashkil etmoqda. Negaki, ingliz tilshunosligida abbreviaturalar o‗zbek tiliga nisbatan ancha keng tarqalgan va o‗rganilgan. O‗zbek tilidagi qisqartma so‗zlar esa hali boshqa tillarga o‗zlashtirilmagan. Qisqartma so‗zlarning ma‘nosini tushunmaydiganlar, ularni noto‗g‗ri qo‗llaydiganlar ham anchagina. Ingliz tilida 1960-yilda Geyl qisqartmalar lug‗atini tuzishni boshlangan bo‗lsa-da , o‗zbek tilida qisqartma so‗zlarga oid lug‗atlar hali ham yo‗q. O‗zbek tilshunosligida ham qisqartma so‗zlarga oid lug‗atlar tuzib, ularni yanada ko‗paytirishimiz lozim. Chunki ushbu yo‗nalishning ochilmagan qirralarini kashf etish orqali tilshunoslikka oz bo‗lsa-da hissa qo‗shish bizdek yosh izlanuvchilarning burchidir. Qisqartma so‗zlarning to‗g‗ri tarjima qilinishi va ishlatilishiga e‘tiborli bo‗laylik. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling