O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
Maryamxon eskidan chilangar ekan. Chilangar - metall buyumlarni qo‗lda yasovchi, tuzatuvchi mutaxassis ishchi, adabiy tilda, asosan, temirchi deb qo‗llaniladi.
Namozgar-nomozshom o‗rtasi uyga qaytib atalami, umochmi, moshqovoqmi, moshxo‗rdami, ugra oshmi apir-shapir ichib, yana ko‗chapar edik. Umoch - xamirni mayda qismlarga bo‗lib, pishiriladigan suyuq osh. Ugra- yupqa yoyilib, uzun va mayda qilib kesilgan xamir. Shevada bu ovqat nomi unoshi deb ham aytiladi. Halfanaga palov qilmoqchi bo‗ldik.Husnibiy oshpaz bo‗ladigan bo‗ldi. Halfana - o‗rtada masalliq to‗plab tayyorlanadigan ovqat. Naxorlikda qushlar yana qatiq ichishdi,tushlik nonushtasi uchun suzma bermoqchi edim. Suzma- surp xaltaga solib, osib qo‗yilgan qatiqning zardobi sizgach hosil bo‗ladigan sut mahsuloti. Buxoro viloyati shevasida bu ko‗proq chakka deb yuritiladi. Asli matoi nima ekanligi ma‘lum bo‗lmagan guppy deysizmi. Guppi-qalin, paxtali chopon to‗n. Husnibiy ota kasbini o‗zgartirib laxtakfurushlik qilib yurar edi. Laxtak - gazlama yoki terining qoldig‗i, parchasi. Yoz bo‗lgani uchun kurakning bozori kasod edi,attang arzon ketdi. Kurak-kul yoki o‗t olish, ko‗mir solish uchun ishlatiladigan ikki cheti qayrilgan dastali asbob. Buxoro shevasida bu asbob xokandoz deyiladi. Bozorga tovuq, tuxum, so‗k, qurt olib tushgan qozoq kampir... So„k-tozalangan oqlangan tariq. Bir paqirga ikkita qovoq zog‗orani olib,ovqat bozorga ketdik. Paqir - chelak, satil; qovoq Buxoro shevasida kadi deyiladi. Ur sheshingdi.Kesebir,kesebir.Bazarg‗a uri aralabti. Qipchoq shevasida. Oltmishlardan oshgan sochlari taralmagan boshida dakana, belida shol belbog‗. Dakana-o‗rta yashar va keksa ayollarning (ko‗pincha oq dokadan) sallaga o‗xshatib o‗raladigan ro‗moli. - Salom Sheshe. Bu o‗rinda sheshe ona ma‘nosida qo‗llanilgan. - Kelinglar,jigitter,o‗si jerge o‗tirib turingder sepadan o‗rin ko‗rsatdi. - Qani jigitter,bo‗za ishesingdermi?Et asayinbi. - Jaqsi-dedi kampir-qudoydning osmoni-da,jiri-da keng. - Jaz kuni.Qalag‗an jirlaringde jota beresinder. Ekeving bir teng beresin. - Qayg‗a qashib bara jetersingder,aqshamdi bere ketengder. - qo‗sh-dedi pulni olib kampir kelib-ketib turingder. - Salom alaykum,mo‗ldakalar,jo‗l bo‗lsin? - Jigitlar-dedi o‗zbek,-ichlaringda imom shariatni biladigan,o‗lik juvotirg‗anlaring bormi? - Voy-bo‗y,taqsirlar,vay-bo‗y taqsirlar:Sizlarni xudoyning o‗zi jetkazdi.Qani juringlar,aytpasam.O‗zi jaqinda bizning ko‗chkin chorva elat bor.Bir jigetimiz novqoslanib qaza qilgan edi.Uni juvib janoza o‗qiydigan kishi yo‗q. - Ish jo‗nashib ketdi. - Men bir necha yil avval ota kasbimning hadeganda jo‗niga tushib ololmay. - Ot chopa berib ko‗pirib ketgan. Yuqoridagi ajratilgan misollarimizning aksariyati qipchoq shevasida bo‗lib, yozuvchi qahramonning tilidan kelib chiqib shu tarzda ifodalagan. Men qinga solingan pakkiday zindonda yotar edim. Pakki - tig‗i sopi ichiga qayrilib, yopib qo‗yiladigan pichoqcha .Farg‗ona vodiy tomonlarda pichoq, asosan, pakki deyiladi. 15 yoshli uvil bola jog‗oldi topganga bir to‗qli,deb yurganni eshitgan edim. Uvil bola jog‗oldi - 15 yoshli o‗g‗il bola yo‗qoldi ma‘nosida bo‗lib qipchoq shevasida qo‗llanilgan. To„qli - hali tug‗magan urg‗ochi qo‗y. Men junjimoqda edim.Sovqotmoq ma‘nosida. Attang, bibilishka pul topadigan kasb qo‗ldan ketadigan bo‗ldi- da. Bibilishka shevaga oid so‗z bo‗lib, bu yerda erkalash ma‘nosida qo‗llanilgan. Bizning dargohda yaqin joyda ikki yashar chamali bir ola tanacha beboshboq o‗tlab yurar edi. Kech bilan o‗zim bosh bo‗lib tanachani so‗yib yog‗-go‗shtini xurga urdik. Tanacha-bir-ikki yoshli urg‗ochi buzoq. Axir boshida bay qilishgan edik-ku. Bay ikki tomonning kelishuvi. Lekin egnidagi qozoqi chakmon bilan qo‗lidagi boshi cho‗qmor menga tanish emas.Chakmon-odatda jun matodan tikiladigan qishki to‗n. Omonning toleiga kunlasha boshladim. Kunlasha-hasad qilmoq. Qani endi adoq bo‗lmas pullaring bo‗lsa-yu yuraversang.Adoq- oxiri yo‗q, tugammas. Qovunchiga borsang, Turkistonga borsang, Chinozga borsang, Maskopga bor. Maskop sheva tarzda aytilgan bo‗lib, Moskva bo‗ladi. Men ham oyoq-poyoqlarimga tikan, cho‗kirtak kirganiga qaramay jonimning boricha quvlar edim. Cho„kirtak - chaqirtikanakday o‗tkir siniq shox. O‗tlab turgan joyidan o‗t sop bo‗lib qolsa. Sop - batamom yo‗q bo‗lmoq, tugatmoq. Kechki ovqatga xo‗jayin shirqovoq qildirgan ekan. Shirqovoq- sut va oshqovoq solib pishiriladigan ovqat. Ariqlarning cheti ko‗kka tikka sigirning qaymog‗iday yupqa shirava bog‗laydi. Shirava-sut yuzida hosil bo‗lgan yangi qaymoq. Seni jatingga qovun bilan tarvuz pattachining qo‗lida qolib ketdi. Jatingda- qipchoq shevasidagi so‗z bo‗lib, sen sababli, seni kasringda degan ma‘noda qo‗llanilgan. Yuqoridagi misollardan ko‗rinadiki, qissada qahramonlar holatini yoritish maqsadida, asosan, qarluq lahjasi, shuningdek, ba‘zi qahramonlar nutqida qipchoq shevasiga oid so‗zlardan foydalanilgan. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling