O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- АNTROPONIMIK- MUROJААT BIRLIKLАRINING VAZIFALARI
Foydalanilgan adabiyotlar:Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‗zbek dialektologiyasi.- T.:O‗qituvchi 1978. G‗afur G‗ulom. Shum bola [Matn] : qissa / G‗. G‗ulom. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. 192 б. https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli- lug-ati АNTROPONIMIK- MUROJААT BIRLIKLАRINING VAZIFALARIToirova Guli Ibragimovna, BuxDU dotsenti Jumayeva Dilnoza Baxshulloyevna,Navoiy DPI oʼqituvchisi Annotatsiya. Murojaat nutqiy etiketning keng doirasiga mansub boʼlib, u nutq aktining tariy qismi hisoblanadi. Bu birlik yordamida suhbatdosh bilan aloqa/muloqot oʼrnatiladi va mustahkamlanadi, umuman aloqa holati va sheriklarning tutgan oʼrni, ularning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlari haqidagi tasavvurlar tartibga solinadi. Kalit so„zlar: antoponim, muloqot, nutqiy etiket Murojaatni hosil qilishning leksik asosini qarindoshlik nomlari, atoqli otlar, taxalluslar, laqablar va boshqa keng qamrovli LSG (leksik-semantik guruh) lar tashkil etadi. Ushbu tadqiqotning obyekti – atoqli otlar bilan ifodalangan murojaatlar, yaʼni antroponimlar (odamlarning shaxsiy nomlari: shaxs ismlari, patronimlar (otasining ismi/ familiyalar,taxalluslar) bilan ifodalangan murojaatlar hisoblanadi. Til tizim sifatida alohida shaxslar va jamoalarning nutq faoliyatida uchraydigan eng tipik nusxa va leksemalarni taqdim etadi. Faqat muntazam va juda tez-tez uchraydigan "ismning ijtimoiy miqyosda takrorlanishi" [8] til jamoasiga maʼlum bir soʼz guruhini maʼlum bir tilning atoqli otlari sifatida qabul qilish imkonini beradi.Til fondidan maʼlum bir davrda nutqiy qoʼllanishga kiritilgan faol haqiqiy ismlar soniga (30-50 nom) har bir individ uchun uning shaxsiy foydalanishida tez-tez uchraydigan arzimas, oz sonli ismlar qoʼshiladi. Oxirgisi maʼlum bir tildan foydalanadigan shaxslar nutqining asosi boʼlib qoladi. Biz А.V.Superanskayaning quyidagi fikriga qoʼshilamiz: ―Tilda atoqli otlar, odatda, koʼchirma(iqtibos) sifatida mavjud, bunda shaxs ismlari va geografik joy nomlarining rasman tasdiqlangan roʼyxatlari katta yordam beradi. Ismlar nutqda oʼzlari mansub boʼlgan tizim tomonidan taqdim etilgan modellarga koʼra yaratiladi. Tilda iqtibos sifatida mavjud boʼlgan har qanday ism jonli nutqda oʼzgarishi mumkin"[7] . Har bir til shaxsiyati oʼzining hayotiy aqidasini, hayotiy hukmronligini aks ettiruvchi lisoniy vositalarni tanlaydi va "oʼzlashtiradi" [4]. Til shaxsiyati dunyo haqidagi bilimlarni, baholash munosabatlarini, til texnologiyasiga ega boʼlishni va voqelikni shakllantirish xususiyatlarini aks ettiruvchi nutq orqali oʼzini namoyon qiladi.Bu jihatlar, bir tomondan, individ sifatidagi lisoniy shaxsning oʼziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning maʼlum bir jamiyatga mansubligi, zamon, umumiy madaniyat darajasi, mafkuraviy yoʼnalishi, kasbiy mansubligi va boshqalar bilan belgilanishi mumkin. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyati – nutq jarayonida keng qoʼllaniladigan, oʼzaro aloqa-aralashuvga xizmat qiladigan soʼzlovchining tinglovchiga boʼlgan munosabatini ifodalaydigan, oʼzida turlicha konnotativ maʼnolarni – semantik ―ohanglarni‖ tashiydigan oʼtkir, taʼsirchan vositadir. Soʼzlovchi MB (murojaat birliklari) orqali tinglovchining diqqat- eʼtiborini oʼziga jalb etadi, qaratadi, hamda biror narsaga undaydi. Murojaat shakllari tinglovchiga nisbatan hurmat, yaqinlik, ishonch, mehr-muhabbat, taʼkidlash, erkalash, ogohlantirsh, mamnunlik, norozilik, gʼazab kabi ruhiyat bilan bogʼliq maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni ifoda etadi. MBlari rus tilshunosi O.Glazova[3] tomonidan ikki guruhga: baholash-xarakterlash va hissiy-xarakterlash kabi ekspressiv murojaat birliklariga ajratilsa, oʼzbek tilshunosligida Z.Аkobirova[1] murojaat leksikonini tematik, etimologik va leksik-tematik jihatdan guruhlagan, N.Аhmedova kishilarga qaratilgan murojaat vositalarini semantik jihatini oʼrgangan va turlarga ajratgan. Shaxsiy ism (ShI): individual antroponimning bir turi. Ikki maʼnoda qoʼllaniladi: a) tugʼilganda shaxsga berilgan yoki kamdan- kam hollarda kattalar tomonidan oʼzi uchun tanlangan asosiy, rasmiy ism. b) nomning norasmiy shakli. N.A.Petrovskiy [5] tomonidan berilgan ShI tasnifiga asoslanib, biz ShI ning quyidagi stilistik turlarini ajratish mumkin: Hujjatli nom - pasportga muvofiq ism. Bu ismning rasmiy shakli. Shu bilan birga, koʼpincha soʼzlashuv nutqida, kundalik hayotda ishlatiladigan xuddi shu nomning boshqa variantlari mavjud. Ismning xalq shakli jonli xalq soʼzlashuv nutqi sohasida shakllangan hujjatli nomdan hosil boʼlgan shakldir. Bu shakllar tilda azaldan mavjud boʼlib, koʼpincha hujjatlarga asoslangan boʼladi. Masalan, ―Guli‖,‖Gul‖, ―Gulnor‖ hujjatlarda keltirilgan ―Gulnora‖ dan hosil boʼlgan. Xalq shaklining shakllanishida asl shaklda sodir boʼlgan tovush oʼzgarishlari juda muhim va qoida tariqasida, nafaqat ismning alohida boʼgʼinlarini qamrab oladi, balki koʼpincha ismning butun tovush koʼrinishini oʼzgartiradi. Ismning soʼzlashuv shakli hujjatli nomdan hosil boʼlib, soʼzlashuv nutqida shakllangan. Ushbu shakllar hujjatli asosga ega boʼlishi mumkin. Ushbu shaklni hosil qilish jarayonida yuzaga keladigan oʼzgarishlar nisbatan kichikdir: qoʼshimchaning yoʼqolishi, alohida tovushlarni almashtirish. Umumiy gʼoya- talaffuz qulayligi, chaqirish tezligi uchun nomni soddalashtirishdan iborat. Masalan, Lolitta (Loladan) Ismning eski shakli - eski kanonik shakl boʼlib, xuddi shu nomdagi zamonaviy hujjat shakliga nisbatan asl boshlangʼich nusxa hisoblanadi. Masalan, Fotima – eski, Fotimabegimga mos keladi. Ismning ijtimoiy ahamiyatining koʼrsatkichi sifatida uning: talaffuz usuli, jaranglash xususiyati, fonetik oʼzgarishi muhim rol oʼynaydi. Rasmiy shaxsiy ism (toʼliq shakl) - ShI (TSh)murojaat birliklari:Masalan: Gulnora Аkmalova Ixtiyorovna. Rasmiy ShI (milliy) - ShI (milliy TSh) murojaat birliklariga milliy ShI - bu "aralash" nikohli (rus erkak – oʼzbek ayoli, oʼzbek erkak – rus ayoli va boshqalar") oilalarda berilgan ismlarning egalariga xos antroponimlar. Baʼzi antroponimlarning ―rus erkagi – ajnabiy ayol; ajnabiy erkak– rus ayoli‖ kabi ―aralash‖ oilalarda qoʼllanilishini kuzatish mumkin. Masalan: Tamara Yusupova, Meles Raximov, Munira Oktyabrova, Dildora Zubova. Oilaviy taxallus (onim asosida tuzilgan) murojaat birliklari: (Ergashevlar), Qudratovchilar ; Otaism (yakka) – Otaism (yakka) murojaat birliklari: ―qisqartma‖ variantlari: Dildora Yusupova Mirjanovna // Mirjanovna (qisq) Ism va otasining ismi murojaat birliklari: (Dilorom Yoʼldosheva Neʼmatovna // Yoʼldosheva (qisq); Saida Аkmalova Muhammedovna // Аkmalova (qisq.) va boshqalar) - IOI // IOI (qisq.) Shuningdek - ushbu variantlarning mumkin boʼlgan ekspressiv, "okkazional" ‖ shakl oʼzgartirishi, masalan, "familiya + otasining ismi" va boshqalar;. Аpellyativ (diniyning ismi) + ShI (OF) Masalan: Ibrohim hoji ota, Manzura hoji aya. Аpellyativ (oʼrtoq; fuqaro; fuqaro; xoʼjayin; xonim) + OILA (oʼrtoq / fuqaro / janob Doʼstmurodov; oʼrtoq / fuqaro / xonim Zaynobiddinova). Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki, antroponimik murojaat birliklari muloqot jarayonining eng zaruriy vositalaridan biri boʼlib, ular nutqda konnotativ, apellyativ (xitob) va emotiv (his-hayajon) vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling