Mazmuni: ―Qading husn bog‗ida
nozik nihol, shu tufayli oshiqlar elidan unga zarar tegmasin". ―Osiyb‖ so‗zi ―zarar‖, ―ofat‖, ―ziyon‖ ma‘nolarini anglatadi (5:216). Ma‘shuqa qomati niholga o‗xshatilgan. Bu kabi o‗xshatish ko‗plab ijodkorlar ijodida kuzatiladi. Alisher Navoiy ham undan o‗z g‗azalida foydalangan.
Yuzing guliga koʻngil ravzasin yasa gulshan, Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
[4:179]
yor qomatining gul shohiga o„xshatilishi:
Qadi shohi guldek nigorim qani? Labi g‗unchadek guluzorim qani?
[4:64]
Mazmuni: ―Qadi
gul shohidek nigorim qani, labi g‗unchadek gulzorim qani?‖. Baytda ikki o‗xshatish qo‗llanilgan. Ma‘shuqa
qomati gul shohiga, labi g‗unchaga o‗xshatilgan. Sharq adabiyotida yor yuzi gulga o‗xshatilishini yaxshi bilamiz. Ammo yor qomatini gul shohiga o‗xshatish Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyatiga tegishli bo‗lib, muallifning o‗ziga xos individual o‗xshatishidir. Kuzatishlar natijasida boshqa ijodkorlar lirikasida bu o‗xshatishni uchratmadik.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyatida
yor qomati sarv,
shamshod, nihol, ra‘no, alif kabi an'anaviy o‗xshatishlar, gul shohi kabi individual o‗xshatishlarni ko‗rishimiz mumkin. Muallif ona tilining beqiyos imkoniyatlaridan
unumli foydalanib, ajib tashbehlar hosil qilgan va o‗z she'riyati bo‗stonini bezagan. O‗xshatishlar Bobur badiiy mahoratini namoyon etuvchi eng muhim vositalar bo‗lib shakllangan. Adib lirik asarlaridagi
ifodalangan badiiy, lug‗aviy va madaniy birliklar nafaqat o‗zbek, balki jahon adabiyoti gulshanini gulgun chechaklar bilan bezab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: