yor qomatining shamshodga o„xshatilishi:
Ey yuzi nasrin, qomati shamshod, Necha qilursen jonima bedod.
[3:50]
Mazmuni: ―Yuzi nasrindek, qomati shamshoddek yorim, jonimga bunchalar adolatsizlik qilasan?‖ Baytda ma‘shuqa yuzi nasringa, qomati an'anaviy o‗xshatish bo‗lgan shamshodga qiyoslangan va bu mumtoz adabiyot namoyondalari g‗azallarida, jumladan, shoirlar sultoni Alisher Navoiy she'riyatida ham mavjud:
Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod, Bulbul kibi hajringda ishim nolavu faryod.
[4:74]
yor qomatining ra‟noga o„xshatilishi:
Ne chamanda sarv bor ul qomati ra‘no kibi, Ne guliston ichra gul bor ul ruxi zebo kibi.
[3:51]
Mazmuni: ―Qaysi chamanda u qomati ra‘no kabi sarv bor? Qaysi gulistonda u yuzi zebo kabi gul bor?‖ Baytga e'tibor beradigan bo‗lsak, birinchi misrada ham tashbeh, ham istiora qo‗llangan, yor
to‗g‗ridan-to‗g‗ri sarv deyilmoqda va qomati ra‘noga qiyoslanmoqda. Ikkinchi misrada yor gul deyilib, istiora qilingan hamda ―ruxi (yuzi) zebo‖ sifatlash mavjud.
Ma‘shuqa qomatini ra‘noga o‗xshatishni Boburdan tashqari Alisher Navoiy ijodida ko‗rish mumkin, boshqa adiblar she'riyatida bu o‗xshatishni uchratmadik.
To‗biyu kavsar sanga, ey voizu bo‗lsun, manga Ul labi go‗yo bila ul qomati ra`no evaz.
[4:153]
yor qomatining alifga o„xshatilishi:
Qadding alifu qoshing erur yo, Desam ne ajab agar seni oy?
[3:71]
Mazmuni: ―Qading alif, qoshing yoydir, seni oy deb atasam ne ajab‖. Baytda yorning qomati tik bo‗lgani uchun arab alifbosidagi alif harfiga o‗xshatilmoqda. Bu o‗xshatish sharq adabiyotida an'anaviy hisoblanadi. Mahoratli ijodkorlar qatorida Sakkokiy ham bu o‗xshatishdan foydalanganini ushbu baytda ko‗rishimiz mumkin:
Ey, malohat mulkining sultoni, az et yorliqa, Qomatimni ul alifdek qaddingiz nun ayladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |