O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


BOBUR SHE‟RIYATIDA YORNING QOMATI BILAN BOG„LIQ O„XSHATISHLAR


Download 5.53 Mb.
bet53/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

BOBUR SHE‟RIYATIDA YORNING QOMATI BILAN BOG„LIQ O„XSHATISHLAR


Fattoyeva Ruxsora Bahodir qizi,
BuxDU magistranti


Annotatsiya: Maqolada Bobur lirik asarlari matnida yor qomati bilan bog‗liq o‗xshatishlar aniqlangan, ularning leksik-semantik va lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilingan, shoir qo‗llagan o‗xshatishlar boshqa ijodkorlar ijodidagi o‗xshatishlar bilan qiyosan o‗rganilib, uning o‗ziga xos badiiy mahorati ochib berilgan.
Kalit so„zlar: o‗xshatish, qad-qomat, sarv, shamshod, nihol, ra‘no, alif, gul shoxi
Goʻzallik har doim shoirlar uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai boʻlib xizmat qilib kelgan. Xususan, Sharq shoirlari inson goʻzalligini, uning husn-u malohatini alohida bir zavq-shavq bilan kuylaganlar, vasf etganlar. Ular ijodida yorning husni-malohati ta‘rifiga keng

urg‗u beriladi, ma‘shuqa jamoli, qad-qomati, umuman tashqi qiyofasi o‗zgacha ta‘riflanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‗z she'riyatida yor go‗zalligini o‗z uslubida, mohirona ifodalagan. Shoir tomonidan qayd etilgan yor qomati bilan bog‗liq o‗xshatishlar kishi e'tiborini tortmay qolmaydi. Ularning ayrimlarini quyida keltirib, tahlil etishga harakat qilamiz:


  1. yor qomatining sarvga o„xshatilishi:


Sabru hushu aqlu dinimni olibdur, naylayin,
Sarv qadde, gul ruxe, rahhon xate, nasrin bare[3:62].
Baytda ―rux‖ so‗zi ―yuz‖, ―xat‖ so‗zi ―lab ustidagi mayin tuk‖,
―bar‖ so‗zi fors-tojik tilida ―etak‖ ma‘nosini anglatadi. Mazmuni: "Yorimning sarvdek qadi, gul yuzi, nasrin gulli etagi sabrim, hushim, aql-u dinimni oldi, netay". Bir misraning o‗zida to‗rtta o‗xshatish qo‗llangan. Yorning qomati sarvga o‗xshatilgan. Bu kabi o‗xshatish ko‗plab ijodkorlar ijodida mavjud. Masalan, Sayfi Saroyi g‗azalida yor qomatini sarvga qiyos etgan:
Yosamin tan, qomati sarvi ravon,
Zulfi jannat bog‗ining rayhonidur [2:33].



  1. Download 5.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling