O„lchov birliklari nomi. a) pul birliklari nomi: Aqcha topguncha aql top (aqcha – pul). Dunyoniki – miri kam ikki (miri – besh tiyin); b) uzunlik o „lchov birliklari nomi: Ishtonsizning tushiga uch qari bo‗z kiribdi (qari – uzunlik o‗lchov birligi).
Kiyim-kechak nomi: Bosh yorilsa bo‗rk ichida, qo‗l sinsa yeng ichida (bo‗rk – bosh kiyimning bir turi). Bosh ketsa ham, bo‗rk qolar (bo‗rk – bosh kiyimning bir turi).
Maishiy turmush buyumlari nomi: Qoqma kishi qopqasin, o‗z qopqangni qoqarlar (qopqa – darvoza). Ochilar qopqani bilib qoq (qopqa – darvoza). Bo‗yrachi to‗quvchi bo‗lsa, kiyishing bordon bo
‗ladi (bordon – bo‗yraning dag‗al bir turi). Borida chora-chora, yo‗g‗ida banda bechora (chora – katta yog‗och tog‗ora). Bo‗zchi belboqqa yolchimas, kulol – mo‗ndiga (mo‗ndi – sopol ko‗za turi). Kulol mo‗ndida suv ichar (mo‗ndi – sopol ko‗za turi). Bo‗zchi belboqqa yolchimas, temirchi – to‗qaga (to‗qa – kamarning uchini o‗tkazib taqiladigan qismi).
Xarakter-xususiyat nomi: Otxonadan ayvon yaxshi,
hamoqatdan hayvon yaxshi (hamoqat – ahmoqlik).
Ijobiy xususiyatlar nomi: Bemorning vasiyati egilik keltiradi (egilik – yaxshilik, ezgulik). Yigit orif bo‗lsa, aslini so‗rama (orif – har jihatdan munosib, yetuk). Yo‗mard yo‗qligin bildirmas, tulpor to
‗qligin bildirmas (yo‗mard – saxiy, qo‗li ochiq).
Salbiy belgilar nomi: Aytishgan so‗ng dov emasmu, og‗ishgan so‗ng yov emasmu (dov – janjal, kelishmovchilik).
Soliqlar nomi: Nimani eksang, shuni o‗rasan, O‗lponni to‗lab qolganini ko‗rasan (o‗lpon – yerdan foydalanganlik uchun soliq).
Somatizmlar: Yotar qursoq – yormadan aylansin (qursoq – oshqozon, qorin). Ilonning puti yo‗q, kampirning suti yo‗q (put – but, oyoq). Ilonning boshi yanchilsa ham, quyrug‗i qimirlaydi (quyruq – dum). It ham yotar joyini quyrug‗i bilan supuradi (quyruq – dum). It desa – quyrug‗i yo ‗q, sigir desa – muguzi yo‗q (quyruq – dum; muguz
– hayvon shoxi). Bo‗ynida illati borning iligi qaltirar (ilik – qo‗l, oyoq).
O‗zbek xalq maqollari tarkibidagi arxaizmlarni tadqiq etish, birinchidan, ajdodlarimiz turmush tarzidan guvohlik bersa, ikkinchidan, tilimizdagi yashirin imkoniyatlarni ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |