Mato nomi: Dushmaningga kimxob kiygiz, do‗stingga alak (kimxob – o‗rishi ipak, arqog‗i zardan tikilgan mato; alak – paxta ipidan qo‗lda to‗qilgan mato, silliq bo‗z). Atlas kiysang bo‗zingni unutma, kimxob kiysang – alagingni (kimxob – o‗rishi ipak, arqog‗i zardan tikilgan mato; alak – paxta ipidan qo‗lda to‗qilgan mato, silliq bo‗z). Metall nomi: Oltin boshli xotindan baqir boshli er ortiq (baqir
– mis). Zoonimlar: Ajal yo‗li chilning qadamidan ham qisqa (chil – qirg‗ovulsimonlar oilasiga mansub o‗troq ov qushi). Zamona oxir bo‗lsa, xirs ustiga xirs chiqqay (xirs – ayiq). Suyg‗unning bir shoxiga ursang, ikki shoxi sizlaydi (suyg‗un – kiyik). Ho‗kizni ursang, suyg‗unning shoxi sizlaydi (suyg‗un – kiyik). Ingan ingrasa, bo‗ta bo
‗zlaydi (ingan – urg‗ochi tuya).
Kasb-kor nomi: Da‘vogar sust bo‗lsa, qozi – muttaham (qozi – musulmon davlatlarida hukmor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sudya, sha‘riy mahkama raisi). Ajali yetsa eshak o‗ladi, qazosi yetsa qozi o‗ladi (qozi – musulmon davlatlarida hukmor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sudya, sha‘riy mahkama raisi). Bola – er-xotin tilmochi (tilmoch – bir tildagi nutqni boshqa tilga og ‗zaki tarjima qilib beruvchi; tarjimon). Telbaga tilmoch kerakmas (tilmoch – bir tildagi nutqni boshqa tilga og‗zaki tarjima qilib beruvchi; tarjimon). Erinchak ekinchidan – erinmagan mashoqchi o‗zibdi (mashoqchi – mashoq teruvchi).
Oziq-ovqat nomi: Boyning yumurtqasidan yo‗qning yudurug‗i yaxshi (yumurtqa – tuxum). Yerda yotgan yumurtqa – osmonda uchgan qush bo‗lar. Xasisdan yumurtqa olsang, sarig‗i chiqmas. Boyning yog‗liq palovidan o‗zingning quruq qatirmoching yaxshi (qatirmoch – tovada pishgan non).
Do'stlaringiz bilan baham: |