O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet73/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Mato nomi: Dushmaningga kimxob kiygiz, do‗stingga alak (kimxob o‗rishi ipak, arqog‗i zardan tikilgan mato; alak paxta ipidan qo‗lda to‗qilgan mato, silliq bo‗z). Atlas kiysang bo‗zingni unutma, kimxob kiysang – alagingni (kimxob o‗rishi ipak, arqog‗i zardan tikilgan mato; alak paxta ipidan qo‗lda to‗qilgan mato, silliq bo‗z). Metall nomi: Oltin boshli xotindan baqir boshli er ortiq (baqir
– mis). Zoonimlar: Ajal yo‗li chilning qadamidan ham qisqa (chil qirg‗ovulsimonlar oilasiga mansub o‗troq ov qushi). Zamona oxir bo‗lsa, xirs ustiga xirs chiqqay (xirs – ayiq). Suyg‗unning bir shoxiga ursang, ikki shoxi sizlaydi (suyg‗un – kiyik). Ho‗kizni ursang, suyg‗unning shoxi sizlaydi (suyg‗un – kiyik). Ingan ingrasa, bo‗ta bo
‗zlaydi (ingan – urg‗ochi tuya).
Kasb-kor nomi: Da‘vogar sust bo‗lsa, qozi – muttaham (qozi – musulmon davlatlarida hukmor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sudya, sha‘riy mahkama raisi). Ajali yetsa eshak o‗ladi, qazosi yetsa qozi o‗ladi (qozi musulmon davlatlarida hukmor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sudya, sha‘riy mahkama raisi). Bola – er-xotin tilmochi (tilmoch bir tildagi nutqni boshqa tilga og ‗zaki tarjima qilib beruvchi; tarjimon). Telbaga tilmoch kerakmas (tilmoch – bir tildagi nutqni boshqa tilga og‗zaki tarjima qilib beruvchi; tarjimon). Erinchak ekinchidan – erinmagan mashoqchi o‗zibdi (mashoqchi – mashoq teruvchi).
Oziq-ovqat nomi: Boyning yumurtqasidan yo‗qning yudurug‗i yaxshi (yumurtqa – tuxum). Yerda yotgan yumurtqa – osmonda uchgan qush bo‗lar. Xasisdan yumurtqa olsang, sarig‗i chiqmas. Boyning yog‗liq palovidan o‗zingning quruq qatirmoching yaxshi (qatirmoch – tovada pishgan non).

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling