O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.53 Mb.
bet70/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Каримов О. Бадиий образнинг кўп маънолилик хусусиятлари //

Ўзбек тили ва адабиѐти. –1990, № 3. 21-26-б.

  1. Миртожиев М.М. Ўзбек тили семасиологияси. –Т.: Мумтоз сўз,

2010.

  1. Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили.−Т.: Ўзбекистон, 1993.

  2. Сувонова Р. Ўзбек тилида метонимия. НДА. –Самарқанд, 2001. 22 б.

  3. Худойбердиева Ҳ. Сайланма.–Тошкент: Шарқ, 2000.–398 б.

  4. Yusupova D. Poetess Khalim Khudoyberdieva and his skill in use of the word. International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA issue 01, volume 93 published January 30, 2021.–Pag.238-241. http://oaji.net/articles/2021/679-1612639322.pdf 7.Dildora Yunus kizi Yusupova. About Polisemanic Words (on the example of the poems of the Uzbek poetess Khalima Khudoyberdiyeva). Middle European Scientific Bulletin. Volume 10, March 2021. ISSN ISSN 2694-9970. Pag.384-389. https://cejsr.academicjournal.io/index.php/journal/article/view/367



MEHNAT KONSEPTINI IFODALOVCHI LEKSEMALAR TAHLILI


Yoʻldosheva Nafisa Qudrat qizi,
BuxDU magistranti














Annotatsiya. Mehnat konsepti dastlab rus tilshunosligida oʻrganilgan. Konsept alohida soʻzlar yordamida ifodalanishi mumkin. Shuning uchun bu ishni tildagi leksemalar tahlilidan boshlash kerak boʻladi. ―Ish‖, ‖mashgʻulot‘, ‗faoliyat‖ leksemalarini tahlilga tortish

orqali esa mehnat konseptining ma‘nosi yanada chuqurroq reallashadi.


Kalit soʻzlar. Konsept, mehnat konsepti, ish, mashgʻulot, leksik
tahlil.
Tilshunosligimizda o‗rganilishi lozim bo‗lgan muammolar hanuz o‗z yechimini kutib turmoqda. Chunonchi, mehnat konsepti rus tilshunosligida L.V.Basova tomonidan o‗rganilgan bo‗lsa-da, o‗zbek paremiologiyasida hozirga qadar alohida tadqiq obyekti bo‗lgan emas. L.V.Basova ―Rus tilida mehnat konsepti (maqol va matallar asosida)‖ [1, 43] nomli dissertatsiyasida mavzuni yoritish uchun ko‗plab rus maqol va matallarini o‗rgangan, ish davomida ularni tahlilga tortgan. Xuddi shuningdek, V.G.Tokarev ―Rus tilida mehnat konsepti verballashuvining nazariy muammolari‖ nomli dissertatsiyasida mehnat kontseptidagi birliklarni madaniy belgilar bilan reallashtirgan [6, 43], ayni paytda bir-biri bilan ma‘lum semantik munosabatga kirishadigan ko‗rinishlarni tahlil qilgan.
―Mehnat‖ konseptini o‗rganishga bag‗ishlangan M.AYereminaning monografiyasi nashr etilgan. D.Bikov, S.Yu.Danilov, A.Yeremina, V.I.Karasik, N.A.Kupina, K.V.Muratova, V.A.Maslova, A.D.Shmelev va boshqalarning shaxsiy kuzatuvlari esa lingvistik tadqiqotlar tavsifning turli jihatlariga taalluqlidir.
E.P.Yevgenevaning ―Rus tili sinonimlari izohli lugʻati‖da
―mehnat‖ soʻzi – ―ish‖, ―mashgʻulot‖, ―faoliyat‖ ma‘nolarida ishlatilgan [3, 648]. Bunda, albatta, ―mehnat‖ so‗zi yuqoridagi soʻzlar yordamida koʻrib chiqiladi. Chunki bu soʻz yuqoridagi soʻzlar ichida eng maqbuli va neytrali hisoblanadi.
L.V.Basovaning ta‘kidlashicha, ―mehnat – труд― soʻzi umumslavyan ―tradbl‖, ―traditi‖ soʻzlaridan kelib chiqqan, asosi esa hindyevropa oilasiga mansub ―yanchmoq‖, ―oʻrmoq‖,‖ bosmoq‖ ma‘nolarini beruvchi ―tr-eu-d‖ leksemasiga borib taqaladi. Ishda ushbu soʻzni olima lotincha ―trudor, trudore – ezmoq, gotcha – thrutun, thraut – surmoq‖ soʻzlari bilan ham solishtiradi.
Qadimgi rus tilida “mehnat – труд” soʻzi quyidagi ma‘nolarda kelgan:
1) mehnatdan topilgan; 2) qiyinchilik; 3) faoliyat; 4) tirishish; 5)
qaygʻurish; 6) hayajon; 7) jasorat; 8) achinish; 9) gʻam; 10) ogʻriq;
11) kasallik; 12) gunoh.




P.Y.Chernixning etimologik lugʻatida ―mehnat‖ soʻzi oʻrta nemis tilidagi dröz –―ogʻir yuk‖, ―gʻam‖ ma‘nosida keladi [1, 26].
Mehnat работа” leksemasi umumslavyan ildizga ega boʻlgan "orb" yoki ―раб‖ ―yer qazuvchi‖, ―землероб‖ soʻzlaridan paydo boʻlgan. Bu soʻz qadimgi slavyan soʻzi ―orbota‖ dan –―ota‖ old qoʻshimchasi yordamida yasaladi. Bu soʻzning qadimgi rus tilidagi ma‘nolari quyidagicha: 1) qullik 2) asirlik; 3) ezish; 4) mehnat qilish;
5) ish, mehnat. Rus cherkov lahjasida bu soʻzning ―asirlik, qullik‖
ma‘nosi saqlangan [2, 616], slavyan tilidagi ―работа‖ ―ishlab berish
‖, yuqori luga tilidagi "работа" – "ogʻir mehnat" singari ma‘nolarni ifodalagan. Uzoq yillar davomida bu soʻz ―qullik‖, ―asirlik‖ ma‘nolarida qoʻllanib kelingan.
Дело ish” leksemasi ―o‖ – old qoʻshimchasiga déti ‖делать‖ fe‘lini qoʻshish bilan yasaladi. Qadimgi rus tilida ―делать‖ ―harakat qilmoq‖, ―ishlamoq‖ ma‘nolarida kelgan: 1) faoliyat; 2) harakat; 3)
qiliq; 4) usul; 5) ish; 6) mehnat; 7) kurash,olishuv.
XI-XVII asr ―Rus tili lugʻati‖da ―дело – ish‖ soʻzining ma‘nolari quyidagicha berilgan: 1) mehnat; 2) qiliq, ish; 3) kasb- hunar; 4) korxona; 5) tayyorlash; 6) muhim narsa; 7) holat, vaziyat; 8)
ehtiyoj; 9) sud ishi; 10) hujjatlar toʻplash; 11) harbiy yurish; 12) tabiiy
belgi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, bu leksema "qilmoq" fe'lidan hosil bo‗lgan va hatto qadimgi rus tilida (XI asrda) "harakat qilmoq" ma‘nosida qo‗llandgan. Hozirda ―qilmoq‖ leksemasining ma‘nosi saqlanib qolgan: qilmoq - biror turdagi yoki faoliyatni ko‗rsatmoq.
Faoliyat ‖ va ―harakat ‖ soʻzlari rus tilida keyinroq paydo boʻlgan. Bu ikki soʻz ―Rossiya Akademik lugʻati‖ da uchraydi (1790). Qadimgi rus tilida bu soʻzlar yoʻq. ―Rus tilining XVIII asr lugʻati‖da bu soʻzlar quyidagi ma‘nolarni beradi: 1) amaliyot; 2) faollik; 3) mashgʻulot. Bu soʻzlar yordamida ―mehnat‖, ―ish‖,
‖mashgʻulot‘, ―faoliyat‖ soʻzlarining yagona ma‘nosi kelib chiqadi. Ularni bir-biriga moslashtirish va taqqoslash asosida yangi ma‘nolarni koʻrib chiqamiz. Bunday taqqoslash ishlarini A.P.Yevgenevaning
‖Rus tili lugʻati― boʻyicha ham oʻtkazish mumkin.
―Труд – mehnat‖ soʻzi ―insonning aniq ish faoliyati‖, ―ish‖,
―mashgʻulot‖, ―qandaydir amaliy faoliyat‖ demakdir.
―Ish‖ yoki ―faoliyat‖ soʻzlarining asl ma‘nosi bir-biriga juda












y aqin boʻlgani uchun boshqa tahlilga muhtoj emas.
―Труд – mehnat‖ soʻzining ma‘nolari ―faoliyat‖, ―inson‖ va
―aniq yoʻnalgan‖ soʻzlari bilan mos boʻlib keladi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling