O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.53 Mb.
bet67/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Qorayev S. Toponimika. –T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. –B.5.

    2. Сухарева О.А. Квартальная община позднефеодального города Бухары. –М.: Наука, 1976. – Б.187-188.



SOMATIZMNING MADANIYAT VA TILDAGI O„RNI


Xamdamova Gulshan Xamroyevna,
BuxDU katta o‗qituvchisi


Annotatsiya. Ushbu maqolada somatizmlar asosida qurilgan birikmalarning turli xalqlar madaniyatida(rus va ingliz tillari misolida) turlicha ma‘no aks etishi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so„zlar: leksik ifoda, fraziologik leksika, somatik ob‘ekt,
kommunikativ, semiotik kontseptlashuv.
Inson qiyofasini tasvirlashda, turli xildagi holat va xususiyatlarini berishda tilning leksik vositalari hamda til tajribasi asosida olingan psixologik obrazlardan foydalanamiz. Turli tillar til egasiga nafaqat voqelikning bir xil unsurlarini turlicha shakllarda aks ettirish imkonini beradi, balki ular madaniyat elementlari hisoblanib, soʼzlovchida dunyo haqidagi maʼlum tasavvurlarni uygʼotadi hamda insonga voqelikni faqat maʼlum bir tilga xos tarzda tasvirlash imkonini yaratadi.












R us va ingliz tillari materiali asosida turli voqelikni ifodalash uchun ishlatiladigan birliklarning individual xususiyatlarini qiyosiy tahlili bilan koʼpgina tadqiqotchilar shugʼullanishgan.Tana qismlarining nomlari, yaʼni koʼpchilik madaniyat va tillar uchun universal hisoblangan somatizmlar soʼz yoki birikma elementlaridir, zero har qanday til va madaniyat egalari fiziologik jihatdan bir xil tuzilgan. Biroq tananing barcha qismlari ham tilda bir xil ahamiyatga ega emas, ularning baʼzilari boshqalardan koʼra muhimroq ahamiyat kasb etadi. Bu holat N.V.Masaleva, S.V.Bogalepova, M.Nassiri,
I.E.Gorodetskaya, Yu.M.Muratov, Yu.А.Dolgopolov, Ye.F.Аrsentьeva, O.А.Kononova, L.I.Xarchenkova, Yu.А.Shashkov, O.Nazarov, M.N.Аzimova, Yu.А.Dolgopolov, Ye.F.Аrsentьeva, O.А.Kononova, L.I.Xarchenkova, Yu.А.Shashkovlar, O.Nazarov, M.N.Аzimova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.
N.А.Bagdasarova tadqiqoti rus va ingliz madaniyatida his- tuygʼularning leksik ifodasini oʼrganishga bagʼishlangan (frazeologik leksika), lekin unda somatologik leksika bilan bogʼliq maʼlumotlar ham mavjud. N.А.Bagdasarovaning taʼkidlashicha, ikkala tilda ham tananing eng "ifodali" qismi yuz hisoblanadi. Аmmo oʼxshashlik shu bilan tugaydi. Tananing qolgan qismi uchun u ikki tilda qarama-qarshi maʼno kasb etadi. Rus tilida koʼzlar yorqin ajralib turadi. Ingliz madaniyatida esa asosiy urgʼu bosh va tanaga beriladi. Inglizlarda qorin bilan bogʼliq juda koʼp frazeologizmlar mavjud (turn your stomach, not have the stomach for, get butterflies in your stomach) boʼlsa-da, rus tilida qoringa taalluqli yagona belgi qayd etiladi (сосет под ложечкой).
Ikkala tilda hissiyotlarni ifodalashning ayrim xususiyatlari bir- biriga mos keladi (masalan, hayron qolish koʼzlar orqali, qoʼrquv esa tana va oyoq-qoʼl orqali yaxshiroq ifoda qilinadi). Lekin mazkur holatlar hamma vaqt ham ikkala tilda bir xil emas. Masalan, nafrat tuygʼusi inglizlarda frazeologizmlar yordamida ifoadalanib, ularning tarkibiga qoʼl-oyoq nomlari kiradi. Rus tilida esa, aksincha, ularni nomlaydigan birorta ham soʼz yoʼq.
Rus tili lisoniy manzarasida tananing maʼlum qismi qanday oʼrin tutishini oʼrgangan yana bir nechta tadqiqotlarga toʼxtalib oʼtish joizdir.
Ye.Stoyanova tananing koʼz qismiga tegishli somatik frazeologik birliklarni oʼrgangan. Tadqiqotchi ruslarda koʼzlar maʼlum bir sehrli kuchga ega ekanligini aytib oʼtadi. Olim inson koʼzlari yorugʼlik va qorongʼulikni ifoda etadi, degan xulosaga kelgan. Ye.Stoyanovaning fikricha, koʼz nafaqat ilohiy maʼnoni, balki insonning oʼziga xos ramzi, uning jismoniy yoki maʼnaviy tomonlari, inson qobiliyati va koʼnikmalarining mezoni sifatida ham namoyon boʼladi. Koʼzlarda odamning maʼnaviy sifatlari va koʼnikmalari aks etishi mumkin. Koʼzlar bilan bogʼliq frazeologik birliklar turli his-tuygʼular va hissiyotlarni ifoda qilishi mumkin. Hayrat, gʼazab, tannozlik, kuchli taassurot va diqqat shular jumlasidandir. D.B.Gudkovning fiqricha,


―chegara ustunlari‖ sifatida keladigan tana qismlari (biqin, yelka, koʼkrak va boshq) madaniyatning somatik kodida muhim oʼrin tutadi. Tadqiqotchining taʼkidlashicha, tana chegarasining muhim belgilaridan biri – bu burun. D.B.Gudkov turli frazeologizmlarda burun masofaviy chegarani bildirib, unga yaqinlashish umuman insonga yaqin borishni bildiradi (masalan: burni oldidan, burunma- burun, burnidan keyinni koʼra olmaslik). Frazeologizmlarda burunga nafaqat hid bilish, balki maʼlumot olish qobiliyatiga ham ega (burunni tiqish). Yuzning eng koʼrinarli qismi sifatida metonimik jihatdan burun insonning oʼrnini bosishi mumkin. Tadqiqotchining aytishicha, burunning shakli va hajmi tashqi qiyofaning eng ahamiyatli qirrasi hisoblanib, burunga qahramonlik va lirika mutlaqo xos emas.
G.E.Kreydlin va boshqalar alohida somatik obʼektlarning semiotik kontseptlashuvini oʼrganishga bagʼishlangan bir qator tadqiqotlar oʼtkazishgan.
Ularning taʼkidlashicha, bosh tananing boshqa qismlariga xos boʼlmagan maxsus vazifa - fikrlash qobiliyatiga ega. Bu aqlga kelmoq, boshsiz, bosh bilan oʼylamoq, kallalik kabi til birliklarida oʼz aksini topgan.
Olimlar yelkaning uchta funktsiyasini ajratishadi: yuk tashish, bosh va boʼyinni tana bilan bogʼlash, insonning oʼtmishi va kelajagi oʼrtasidagi chegara.
Qayd etilishicha, insonning tashqi qiyofasini tasvirlashda yuz va uning qismlariga alohida eʼtibor beriladi. Chunki yuzda turlicha his tuygʼular va kechinmalar, shuningdek, boshqa kishiga munosabat ifodalanadi: yuzi oʼzgardi, yuzidan maʼlum va boshqa. Qolaversa, yuz insonni yaxlit ijtimoiy birlik sifatida ham namoyon qilishi mumkin (masalan – yuridik shaxs).
Burun va burun teshiklari nafas olish, hid bilish, odam organizmiga tashqi dunyodan oʼzga obʼektlarning kirib kelishi nuqtai nazaridan bogʼliqlikka ega (burundan nafas olish, burun hidni seza boshladi).
Boʼyinni tasvirlashda uning alohida shakli va kattaligi (uzun/kalta boʼyin), egiluvchanligi va goʼzalligiga eʼtibor beriladi. Boʼyin odamning barcha xatti-harakatlarida faol ishtirok etadi: boʼyinga osilish, boʼyin tovlash.
Mualliflarning taʼkidlashicha, rus tilida koʼkrak soʼzi bir nechta maʼnoga ega. Аgarda tananing yuqori qismi nazarda tutiladigan
boʼlsa, koʼkrak deganda nafas olish uchun kerak boʼlgan muhim organlar joylashgan joy tushuniladi: koʼkrak bilan nafas olish, koʼkrak koʼtarilishi, toʼlqinlanishi. Bundan tashqari, murakkab vaziyatlarda koʼkrak himoya va hujum qiluvchi vazifani bajaradi: koʼkrak bilan himoya qilish. Yurakning joylashuvi sifatida koʼkrak his-tuygʼularni ham ifoda qiladi: koʼkrakka qoʼrquv kirdi. Estetik nuqtai nazaridan ayollar koʼkragini taʼriflashda uning kattaligi va hajmi eʼtiborga olinadi. Rus madaniyatida katta va mustahkam koʼkrak jozibador hisoblansa, kichkina koʼkrak ayollar qiyofasini buzadi, deb qaralgan. Osilgan, oriq va shalvirab qolgan, shuningdek, qari (yoshiga koʼra) koʼkrak salbiy baholangan. Nazarimizda, koʼkrakning bunday baholanishida maʼlum qonuniyatlar mavjud. Zero, mustahkam va tarang koʼkrak sogʼlom hisoblanib, bolani boqishga qodir boʼladi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, rus tilida ayollar koʼkragining mazkur vazifasiga oid koʼplab ifodalar mavjud: koʼkrakka bosish, koʼkrak bilan boqish. Shuning oʼzi erkaklar uchun ham xosdir. Keng va mustahkam koʼkrak erkaklar uchun estetik jihatdan jozibador hisoblanadi. Balki shu bois koʼkrakning himoya maʼnosidagi vazifasi kelib chiqqandir.
Tadqiqotning ikkinchi qismi somatik obʼektlar belgilari va ularning maʼnolarini yoritishga bagʼishlangan. Bu borada 1) tarkibiy belgilar; 2) fizikaviy belgilar; 3) somatik obʼektlarning asosiy funksional belgilari farqlanishi mumkin.
Tarkibiy belgilarga yuzaning xususiyatlari (peshonadagi ajinlar) va boʼshliqlar (quloq teshigi, bir quloqdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketdi) kiradi.
Fizikaviy belgilarga shakl, kattalik, rang, harorat, tovush, quruqlik va boshqalar kirsa, rang tananing barcha uchun muhimjihati hisoblanadi (odatda koʼzlar, yuz, soch, teri). Somatik obʼektning rangi insonning maʼlum bir etnik, ijtimoiy yoki yosh guruhiga tegishli ekanligini koʼrsatishi mumkin.
Stereotipik jihatdan rus madaniyatida terining oqligi, moviy koʼzlar, qizil lablar goʼzal sanaladi. Ranginng oʼzgarib qolishi jismoniy (qip-qizil boʼlib qolmoq) yoki emotsional holatning (jahli chiqqandan oqarib qoldi), qolaversa, tashki sharoitlarning oʼzgarishini (oftobda qorayish) bildirishi mumkin.
Tadqiqotchilar rus tilida tana qismlarining ishlashi va harakati
bilan bogʼliq shakl va hajm kengroq darajada, belgilari esa kamroq
tarqalganligini taʼkidlashadi. Harorat nafaqat jismoniy (issiq burun), balki insonning hissiy holatlari (issiq yurak)ga ham bogʼliq boʼlishi qayd etiladi.
Somatik obʼektlarning vazifalari, bir tomondan, inson tanasining anatomik tuzilishi, ikkinchi tomondan - insonning fiziologik va ijtimoiy vazifalari bilan belgilanadi. Fiziologik funktsiyalar haqida, koʼpincha, disfunktsiyalar dalolat beradi: tildan qolish, oyoqlar qotishi. Fiziologik boʼlmagan funksiyalar qatoriga olimlar tomonidan madaniy va ijtimoiy (qoʼl siltash, koʼz suzish), shuningdek, imo- ishoralarda namoyon boʼladigan kommunikativ va estetik funktsiyalar kiritiladi.
G.E.Kreydlin va А.B.Letuchiy taʼkidlaganidek, tananing koʼp qismlari uchun aynan hajm muhim ahamiyat kasb etadi. Fiziologik oʼlcham tananing umumiy estetik baholanishida katta rol oʼynaydi (katta koʼzlar, lekin qisqa qoʼllar). Bundan tashqari, bunday xususiyatlar inson mohiyatini aks ettirishi mumkin (tili uzun), his- tuygʼular (koʼzlarni katta qilib ochish). Tana qismining ichki tuzilishi (ozgʼin yelkalar) alohida ajralaib turadi. Yelkalar uchun ochiqlik/yopiqlik kategoriyasi alohida koʼrib chiqiladi (bu tananing boshqa qismlari uchun muhim boʼlishi mumkin): yelkalarning turli darajadagi ochiqligi turli madaniyatlarda estetik jihatdan xar xil baholanadi.
Shunday qilib, somatizmlar til leksik tarkibining muhim qismi boʼlib, nafaqat insonning jismoniy holati haqida, balki til tashuvchisi tomonidan muayyan madaniy jamoada qabul qilingan til va madaniyat, estetik meʼyorlarning idrok etilishi haqidagi maʼlumotni oʼzida mujassam etadi. Voqelikning ushbu sohasini oʼrganishga boʼlgan barqaror qiziqish aynan shu bilan izohlanadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling