O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Использованные литературы
- References
- BUXORO SHAHARIDAGI KASB-KOR BILAN BOG„LIQ
П рофессиональные словарные единицы более выражены в своей речи (по сравнению с другими), даже когда оба языка выражают значения, относящиеся к конкретной профессии, или выражают новые значения, которые не имеют прямого отношения к конкретной профессии. характеризуется его использованием. Существуют также профессиональные словарные единицы, которые дополняют друг друга в английской фразеологии и узбекской фразеологии, и в то же время отличаются друг от друга. Профессиональные фразеологические единицы – это единицы, которые обеспечивают словарный запас обоих языков, повышая красоту и элегантность языка, его богатство и очарование. Использованные литературы:Юлдашев Б., Адашуллаева Г. Семантико- методологические особенности освоенной фразеологии на узбекском языке. Монография. –Самарканд, 2012. – С. 89-94. Кунин А.В. Курс фрезеологии современного английского языка. –М.: Высшая школа, 1986. – 336 с. Юлдашева Д.Н. Выражение некоторых фразеологизмов на узбекских и английских языках относящихся к профессиям//«Ел қазынасы–ескi сөз» халықаралық ғылыми-теориялық конференция материалдарының жинағы.–19 мамыр, 2017 жыл.– 153-159-с. ReferencesАрнольд, И.В. The English word.–М.: Высшая школа, 1986.- 324с. Aitchison, J. Words in the Mind: An introduction in the Mental Lexicon.– Oxford; New York: Basil Blackwell, 1994.- 290 p. BUXORO SHAHARIDAGI KASB-KOR BILAN BOG„LIQGODONIMLAR Uchqunova Aziza Sulaymonovna,BuxDU magistranti Annotatsiya: Mazkur axborotda Buxoro shahridagi koʻcha nomlari (godonim), jumladan, kasb-hunarga oid godonimlar, ularning mazmun-mohiyati, etimologiyasi haqidagi ma‘lumotlar misollar asosida bayon etilgan. Kalit soʻzlar: toponim, toponimika, godonim, kasb-kor bilan bogʻliq godonimlar, -on affiksi. Toponimika muayyan tildagi geografik nomlarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Toponimlarni oʻrganish uchun ular toʻplanishi, tizimlashtirilishi, mavzu guruhlarig ajratilishi maqsadga muvofiqdir. Toponimlarning rivojlanish hamda oʻzgarish tendensiyalarini, areallarini aniqlash, nomlarning muhim leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini yoritish, ular asosda toponimik lugʻatlar tuzish, joy nomlari transkripsiyasi singari muammolar bilan shugʻullanish ham muhimdir. Toponim har qanday lugʻaviy birlik singari til lugʻat boyligining bir qismi sanaladi. Demak, toponim ham tildagi mavjud qonuniyatlariga boʻysunadi, sohaga doir xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Toponimlar uzoq tarixda shakllanib, bugungi kunlargacha yetib kelgan. Joylarni nomlash, ularni bir-biridan farqlash natijasi sifatida yuzaga kelgan toponimlar oʻzi mansub boʻlgan hududning tabiati, geografiyasi, relyefi, aholining kelib chiqishi, kasb-kori haqida maʼlumot beradi. Qadimiy davrlarda qoʻyilgan nom keyingi xalqlar uchun oddiy toponimdan boshqa narsa emas, uning qanday ma‘noni anglatishi haqida har doim ham oʻylab oʻtirilmaydi. Ammo joy nomlarining vujudga kelish tarixini oʻrganish bizga koʻp narsalarni aniqlashga yordam beradi. Xususan, ma‘lum hududda yashagan xalqlar, ularning urugʻ va qabilalari haqida, u yoki bu davlatning ma‘muriy chegarasi, shuningdek, shu hududda yashagan kishilarning urf-odati, mashgʻuloti kabi qator ma‘lumotlarni aniqlashda muhim vosita boʻladi. Sharqda ma‘lum va mashhur boʻlgan Buxoro tarixi borasida ham uning toponimlari muhim axborotni yetkazadi. Ushbu hudud toponimiyasi va uning etimologiyasiga e‘tibor qaratgan N.Xanikov, B.Y.Vladimirsev, S.Y.Malov, V.A.Livshis, I.M.Dyakonov kabi gʻarb olimlarining asarlari e‘tiborga molik. Mahaliy olimlarimizdan H.Hasanov, S.Qoraev, A.Muhammadjonov, S.Nayimov kabi olimlarning asarlarida Buxoro viloyati va uning ayrim joy nomlari haqidagi fikrlar mavjud. Uzoq tarixdan ma‘lumki, islom madaniyati va san‘atining ajralmas qismlari xattotlik, miniatyura, kulollik, zargarlik, me‘morlik, gilamdoʻzlik, misgarlik, yogʻoch oʻymakorligi sohalarida ham buxorolik ustalar va hunarmandlar hamisha peshqadam boʻlishgan. Xususan, shahar koʻchalariga qoʻyilgan nomlar ushbu shahar xalqining shugʻullangan kasb-u koriga ishora qiladi. Fan tilida godonim deb yuritiluvchi koʻcha nomlarini kasb-kor bildiruvchi xususiyatiga binoan Buxoro shahar misolida ochib berishga harakat qilamiz. K asb-hunar bilan bogʻliq holda paydo boʻlgan geografik nomlar oʻrta, ayniqsa, kichik (mikro) toponimlar orasida koʻp uchraydi. Birgina Buxoro shahrining oʻzida ellikdan ortiq godonimlar kasb- hunar bilan nomlari bilan bogʻliq. Masalan, “Mehtar Anbar” koʻchasini olaylik. Ushbu godonim tarixiylik kasb etib, toponimning birinchi qismi, ya‘ni ―mehtar‖ atamasi saroyning moliyaviy masalalar bilan shugʻullanuvchi amaldoriga nisbatan qoʻllanilgan. ―Ushbu atama XVIII asrga oid tarixiy manba – ―Ubaydullanoma‖da uchraydi. Buxoro shahrining ―Mehtar Anbar‖ koʻchasida istiqomat qilgan aholi XIX asrda guruch, chopon va hind harir matolari savdosi bilan shugʻullangan‖ [2, 258-259]. “Xoʻja tabband” koʻchasi. Ushbu nomda qoʻllangan ―tabband‖ soʻzi forsiyda ―isitmani bogʻlovchi‖, ―isitma tushiruvchi‖ ma‘nolarini anglatadi. Nomidan anglashiladiki, bu hududda tabib, shifokor shaxs(lar) yashagan. ―Buxoroning eski guzarlaridan biri. XVII-XIX asrlarga oid hujjatlarda ―Xoʻja Tabband‖ nomi bilan qayd etilgan [2, 225]. Shahardagi yana bir tarixiy koʻcha nomlaridan biri “Chorbaqqoli” koʻchasi hisoblanib, godonimning toʻliq tarixiy nomi ―Chorbaqqoli Darvozayi Oʻgʻlon‖, ya‘ni ―Oʻgʻlon darvozasi oldidagi bozorcha‖. Aholisi yogʻoch ustachiligi va un savdosi bilan shugʻullangan. Shuningdek, “Morkush” koʻchasi ham mavjud boʻlib, ―Ilon oʻldiruvchi‖ ma‘nosini beradi. Koʻchada turli kasb bilan shugʻullanuvchi aholi, jumladan, shirinliklar tayyorlovchilar, toʻquvchilar, toʻn tikuvchilar istiqomat qilgan. “Kamongar” va “Degrezi” nomlari bilan ataluvchi godonimlar kamon yasovchi yoki kamon otuvchi va qozon quyuvchi yoki qozon yasovchi ma‘nolarini anglatadi. Tarixiylik kasb etuvchi “Aloqabandon” godonimi kamar, belbogʻ tikuvchi, shuningdek, aloqa bogʻlovchi ma‘nosida keladi. Bu hududda etikdoʻz, mahsidoʻz, kovushdoʻz, zargar, duradgorlar yashagan. Koʻchada masjid, oʻn bir hujrali kichik madrasa boʻlganligini OʻzR Markaziy davlat arxivi hujjatlaridan bilib olish mumkin. Buxoro hududi toponimikasini fors-tojik tili ta‘siridan xoli tarzda tasavvur etib boʻlmaydi. Shu nuqtayi nazardan tarixiylikka ega yana bir kasb-korga aloqador “Choʻpboz” godonimini tahlil qiladigan boʻlsak, bu tushuncha ―choʻp bilan raqsga tushuvchilar‖, ya‘ni oyoqlariga yogʻoch xoda bogʻlab toʻylarda, sayllarda raqsga tushuvchi ma‘nosini ifodalaydi. Bunday hunar egalari hozirgi kunda ham mavjud. Yuqorida ta‘kidlaganimiz – fors-tojik ta‘siri godonimlar tarkibidagi qoʻshimchalarga ham ta‘sir etmay qolmaydi. Xususan, -on qoʻshimchasi tojikcha affiks hisoblanib, Oʻzbekiston sharoitida aksari toponim yasaydi va kishilarning qandaydir ijtimoiy guruhga, chunonchi: muayyan millatga – Arabon (arablar), Qirgʻizon (qirgʻizlar), Oʻzbekon (oʻzbeklar); qandaydir urugʻ-aymoqqa – Mangʻiton (mangʻitlar), Minggon (ming urugʻidan boʻlgan kishilar); maʼlum tabaqaga – Mirzoyon (kotiblar), Tarxonon (soliqdan ozod qilinganlar); hunar-kasbga – Boʻyrabogʻon (boʻyra toʻquvchilar), Kosagaron (kosa ustalari), Soʻzangaron (igna ustalari); diniy eʼtiqodga mansub ekanligini bildiradi: Mugʻon, Mugʻiyon (otashparastlar), Hinduyon (hindular) va hokazolarga ishora qiladi. Buxoro shahar hududida ham –on – koʻplik qoʻshimchasi mavjud godonimlar koʻplab uchradi. Ular sirasiga ―Siyohkoron‖ koʻchasi – eski poyafzallarni ta‘mirlash, qora rangga boʻyash va sotish bilan shugʻullanuvchilar, ―Gavkushon‖ – mol soʻyuvchi – qassoblik bilan shugʻullanuvchilar, ―Gʻoziyon‖ – ―din yoʻlida shahid boʻlganlar‖, ―Soʻfiyon‖ – soʻfiylar, ―Sarrofon‖ – sarroflar, ya‘ni pul maydalovchilar, ―Sobungaron‖ – sovun tayyorlovchilar, ―Kosagaron‖ – kosagarlar istiqomat qiluvchi, ―Ravgʻangaron‖ – yogʻ-moy tayyorlovchilar, ―Boʻyrabofon‖ – boʻyra toʻquvchilar, ―Zargaron‖ – zargarlar yashovchi, ―Orifon‖ – oriflar yashovchi, ―Halvopazon‖ – holva pishiruvchilar, ―Pistashikanon‖ – pista chaquvchilar ma‘nolarini ifodalovchi godonimlarni kiritish mumkin. Shahar koʻchalari orasida uchraydigan kasb-hunar bilan bogʻliq ―Quduqchi‖, ―Magʻoki koʻrpa‖, ―Shergiron‖, ―Juvozqogʻoz‖, ―Piridastgir‖, ―Rabotiqozi‖ godonimlari ham oʻziga xos tarixga egadir. Buxoro aholisi azaldan kasb-hunar bilan shugʻullanuvchi, oʻz vazifasini vijdonan ado etishga intiluvchi xalq sanaladi. Shundan boʻlsa kerak, hozirgi kunda ham Buxoro shahrining yangi koʻchalariga kasb-kor bildiruvchi zamonaviy nomlar berilmoqda. ―Shifokor‖, ―Tadbirkorlar‖, ―Temiryoʻlchilar‖, ―Suvchilar‖, ―Geologlar‖ kabi godonimlarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Buxoro shahar koʻchalarini oʻrganishda bir qancha nomlarning mazmuni, qoʻyilish sababi izoh talab etadigan holatlar mavjud. Ayrim godonimlarni esa oʻzgartirish tavsiya etiladi. Keyingi ishlarimizda bu borada alohida toʻxtalamiz. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling