O‘zbek tilida payt munosabati ifodalovchi lisoniy vositalar Sheraliyeva Dilnoza Qurvonali qizi


Download 85.5 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1075611
1   2   3   4
Bog'liq
Dilnoza maqola

Lisoniy vositalar (lingvistik omillar)ga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lug‘at boyligi, morfema tiplari, so‘z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida va qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti birinchi navbatda lisoniy vositalarga tayanadi.
Nolisoniy vositalar (ekstralingvistik omillar). Bularga tildan tashqarida mavjud bo‘lgan faktorlar kiradi. Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari jarayonida) ta’sir o‘tkazadi.2
O‘zbek tilida turli xil ma’no munosabatini bildiruvchi lisoniy vositalar mavjud bo’lib, ulardan biri payt munosabatini ifodalovchi lisoniy vositalardir. Unga -sa shart mayli shakli, ayrim ko‘makchi va yuklamalar, payt ravishlari, so‘roq olmoshlari, payt bildiruvchi sifatlar, fe’lning zamon shakllari, fe’lning sifatdosh shakli, payt ravishdoshlari, payt ergash gapli qo‘shma gaplar kiradi.
O‘zbek tilidagi -sa shart mayli shaklining sitaktik-semantik xususiyatlari keng va murakkab bo‘lib, u turli pozitsiyalarda reallashadi. Shart maylining shart ifodalash funksiyasi payt mazmunli qo‘shma gaplarda juda kuchsiz bo‘ladi. Agar payt mazmuni o‘tgan yoki hozirgi zamonga tegishli bo‘lsa, shart ma’nosi deyarli sezilmaydi. E’tibor beramiz:
O‘tgan zamon: Soqi shunday qarasa, Go‘ro‘g‘li sog‘ borib, salomat ovdan keldi. (Malikai ayyor, 10-bet).
Hozirgi zamon: Ichkari kirsa, olmalar pishib yotar, tagiga tushib yotar (Malikai ayyor,7-bet).
Fe’lning zamon shakllarida harakat sodir bo‘lgan payt yaqqol bilinib turadi. Zamonni belgilashda nutq so‘zlanayotgan yoki ish harakat bajarilayotgan payt munosabati asos qilib olinadi. Buni quyidagi parchalarda tahlil etamiz:
Hozirgi zamon shakli: -Voy, o‘lmasam! Yana o‘sha shum xayolga boryapmanmi? Kimsanim, jon bolam, kechir gunohkor onangni!
(O‘. Hoshimov “Ikki eshik orasi” romanidan)
O‘tgan zamon: Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi manda
. (H.Olimjon “O‘zbekiston” she’ridan)
Kelasi zamon: Asraymiz o‘simlik xillarin tayin, Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.
(A.Oripov “Qo‘riqxona” she’ridan)
Payt ravishlari harakat holatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan beri? kabi so‘roqlarga javob beradi. Payt ravishlari asosan payt holi, qisman kesim vazifasida keladi.
O‘zbek tilida paytni bildiruvchi ravishlarga quyidagilar kiradi: tongla, umrbod, endi, erta, yaqinda,hali, hamisha, hozir, vaqtincha, dastlab, ora-sira, hali-beri, unda-buunda, erta-yu kech, boya, doimo,ba’zida, goho, muqaddam, so‘ng, ilgari va hokazo.

Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling