O’zbek tilida tinish belgilari
So’roq gaplar oxirida so’roq belgisi qo’yiladi
Download 1.31 Mb.
|
so\'roq belgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’roq gaplar quyidagi turlarga bolinadi
So’roq gaplar oxirida so’roq belgisi qo’yiladi.Qayerdan kelyapsan? Nega yig'layapsan? So'roq gaplar quyidagicha hosil bo'ladi: a)so'roq olmoshlari yordamida: Sen qachon kelding? Kitobni kimdan olding? b)so'roq yuklamalari yordamida: Topshiriqni bajardingmi? O'zing-chi? Men-a? c) so'roq ohangi yordamida: -Soat besh bo'ldi. -Soat besh bo'ldi? Bir kunda 200 kg paxta terdim. Ikki yuz? So’roq gaplar quyidagi turlarga bo'linadiA. Sof so'roq gaplar: Ahmad nega kelmadi? Ertaga qayerga ketmoqchisan? B. Ritorik so'roq gaplar: Bunday so'roq gaplar javob talab qilmaydi, javobi o'zida yashiringan bo'ladi: Farzandni kim ham sevmaydi? (hamma sevadi - yashirin tasdiq). Dehgonning yerdan boshqa nima tirikchiligi bor? ( hech qanday tirikchiligi yo'q - yashirin inkor). C. So'roq-buyruq gap. Bunday so’roq gaplarda so'rash bilan birga buyurish ma'nosi ham bor: Tez-tez yurmaysanmi? Vazifangni bajarmaysanmi? Tilshunos olimlar N. Mahmudov, A. Nurmonovlar “O‘zbek tilining nazariy grammatikasi” deb nomlangan kitoblarida quyidagicha izohlashgan: “ So‘roq yuklamalari so‘roq gap kesimiga qo‘shilib, so‘roq gapni shakllantirdi. So‘roq gapning qaysi qismiga mantiqiy urg‘u tushishidan qat’iy nazar, so‘roq yuklamasi kesim tarkibida bo‘ladi”. Masalan: Onaxon nishon olgani uhun sen juda xursandmisan? Onaxon nishon olgani uhun sen juda xursandmisan? Onaxon nishon olgani uhun sen juda xursandmisan? 1- mashq. Berilgan ritorik so’roq gaplarni yashirin tasdiq va yashirin inkor gaplarga ajrating. 1.Shunday go'zal vatan bormi dunyoda? 2.Dunyoda eng ulug' zot bo'lgan onani kim sevmaydi? 3. O'zingdan chiqqan baloga qayga borasan davoga? 4. Farzandni kim sevmaydi? 5. Kim, she'r yozmas mening yoshimda? 6. Suv dehqonlar uchun durday noyob ekanini kim bilmaydi? 8. Kimda bor bunchalik latofat, husn? 9. Dehqonning yerdan boshqa nima tirikchiligi bor? 10. Inson qila olmaydigan ish bormi? 1. Yutuqlarimizni kim inkor qila oladi? 2. Oftob nurlariga g'arq bo'lib yotgan bu ko'rkam Vatanimizda nimalar yo’q? 3. Nomard qanday bema'ni gaplarni aytmaydi? 4. Musofirlik azobini chekmagan kishi vatandagi hayotning qadrini qaydan bilsin? 5. To'qlikka sho'xlikni judayam oshirib yubormayapsizmi? 6. O'qishga kirolmasam, shu ham fojiami? 7. Aslida bu kibrlanish o'z-o'zini ko'z-ko'z qilish emasmi? 8. Ammo bitta nomarddan keyin beshta mardning uchrashi buyuk topilma emasmi? 9…dunyoning, qardosh xalqlar adabiyotini durdona asarlarini qanday qilib hayrat va hayajonsiz, zavq-shavqsiz o’rgatib bo’ladi? 10. Bunday islohotlar natijasida respublikamizning iqtisodiyoti ko’tarilishini kim bilmaydi? 11. Bundan ham go'zal, bundan ham sururli manzara bo’ladimi? 12. Sut ko'r qilgur haromi, Gitler oqpadar, farzandning qadrini qayerdan bilsin?! 13. Shunaqa narsa bilan hazil qilib bo’ladimi? So’roq olmoshi So’roq yuklamasi So’roq ohangi Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling