2- MASHQ. BERILGAN GAPLARNI 3USTUNGA JOYLASHTIRING.
3-mashq: qoidaga ko’ra o’z misolingizni yozing?
1.Taajjub ma’nosi: Odamlarsiz qanday yashaysiz? Shu sovuqda ham keldingizmi?
2.Buyruq ma’nosi: Nega indamaysan?
3.Kinoya ma’nosi: Kim bog‘laydi? O‘sha “nima” degan so‘roqqa javob bo‘ladigan kimsami?
4.Ta’kid ma’nosi: Sharipovmi, Sharopovmi shunaqa fan kanditati bor ekan-ku?
5.Gumon ma’nosi: Defoliatsiya vaqtida... Tog‘da paxta ekilmaydi, defoliatsiyani bilarmikansiz?
1.Taajjub ma’nosi:
2.Buyruq ma’nosi:
3.Kinoya ma’nosi:
4.Ta’kid ma’nosi:
5.Gumon ma’nosi:
4-mashq: qoidaga ko’ra o’z misolingizni yozing? - Darak semasi: Agar Makkatillo Farg‘onaning yonida bo‘lsa,odamlar bormasmidi?
- Tashvish semasi: Pojarniklar qildan qiyiq axtarishmasmikan? ( Mirmuhsin)
- G‘azab semasi: Men bo‘ri bo‘ldimmi? ( K.Y.)
- Kinoya semasi: Pichoqni shu Xolmat uradimi?
- Taajjub semasi: Shu gaplar rostmi? ( O.)
- Gumon semasi: Muxbir emasmisiz, mulla aka? ( Mirmuhsin) Besh kunligim bormi, yo‘qmi? ( Mirmuhsin)
- Buyruq semasi: To‘yga bormaysizmi? Nega yig‘laysan? (A.Q. )
- Darak semasi:
- Tashvish semasi:
- G‘azab semasi:
- Kinoya semasi:
- Taajjub semasi:
- Gumon semasi:
- Buyruq semasi:
QIZIQARLI O’YINLAR
Mavzuga oid qisqa savolar:
- Gap nima?
- So’roq gaplar oxirida qanday belgi qo’yiladi?
- So’roq gaplar qanday hosil bo’ladi?
- So’roq gap ayting?
Men kimman? metodi
Bir o'quvchi doskaga chiqariladi, uning o'ziga ko'rsatmay, boshiga toj kiydiriladi. Tojda mushukcha rasmi bo'ladi. Toj kiygan o'quvchi o'zining kimligini o'rtoqlaridan so'rab, bilib oladi. Masalan:
— Men kimman, jonlimanmi? (Ha.)
— Insonmanmi? (Yo'q.)
— Hayvonmanmi? (Ha.)
— Yovvoyimi? (Yo'q.)
— Uy hayvonimi? (Ha.)
— Sut ichamanmi? (Ha.)
— Suyak yeymanmi? (Yo'q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |