O`zbek tilidagi fitonimlarning leksik xuxsiyatlari annotatsiya


Do`lana - (Grataegus) – ra`noguldoshlar oilasiga mansub daraxtsimon o`simliklar turkumi. Brokolli


Download 17.35 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi17.35 Kb.
#1625397
1   2
Bog'liq
Mamadiyeva Yulduz.maqola

Do`lana - (Grataegus) – ra`noguldoshlar oilasiga mansub daraxtsimon o`simliklar turkumi.
Brokolli - (Brassisa cauliflora) – krestguldoshlar oilasiga mansub bir yillik sabzavot o`simligi, gulkaramning bir tur xili. Brokkolining Italiya yashil karami, Sitsiliya karami degan navlari bo`lib, dorivor o`simlik hisoblanadi.
Semizo`t – (Portulaca L) – semizo`tdoshlar oilasiga mansub bir yillik o`simliklar turkumi. O`rta Osiyoda yovvoyi holda o`sadigan (Rotulaca oleracea L) semizo`tining madaniy formalari sabzovot o`simligi sifatida maxsus ekiladi. Gulzorlarni bezash uchun ekiladigan manzarali semizo`tlar ham bor. Ulardan yirik gulla gulbeorni ko`rsatish mumkin.
Petrushka – (Petrocoelinum sativum) – soyavonguldoshlar oilasiga mansub, ikki yillik sabzavot o`simligi. Xo`shbo`y ildizi va barglari ovqatga solinib. Urug`idan efir moyi olinadi. Petrushkaning faqat barglari ovqatga solinadi.
O`zbek tilida o`simlik nomlarining leksik xususiyatlarini o`rganish jarayonida ular orasida omonimlik hodisasi kuzatilganini ham ko`rish mumkin.
SHO`RA I [f.— sho`r yer, zaxarob yer] Tashlandiq yerlarda, ekin maydonlarida g`ovlab o`sadigan, barglarining usti yaltiroq, osti kulrang yovvoyi o`t. Ariqning narigi yonida kakra, supurgi, sho`ra, sassiq-kapa, yana allaqanday yovvoyi o`tlar g`ovlab yotardi. A.Muxtor, Opa-singillar.
SHO`RA II Tokning (uzumning) to`pgu-li, g`unchasi. Toklar sho`ra chiqarib qolibdi. Birinchi xomtokni tok novdalarida sho`ra paydo bo`lishiga qarab, aprel oyining oxirida o`tkazish ma`qul. M.Sobirov, Xomtok.
O`zbek tili leksikasi,ya`ni lugat boyligi doimiy taraqqiyotda bo`lib, u ijtimoiy, iqtisodiy- siyosiy o`zgarishlar natijasida rivojlanadi va taraqqiy etadi. Ana shu o`zgarish va taraqqiyot natijasi o`laroq tilimizning leksik qatlami yangi birliklar bilan boyib boradi. Shu jihatdan o`simlik nomlari ham bundan mustasno emas.
O`simlik nomlari qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha qo`llanib O`zbek tilida o`simlik nomlari bir nechta usullar orqali hosil qilinadi. O`zbek tilida o`simlik nomlari uch xil yo`l bilan yasaladi, ular morfologik, sintaktik va semantik usullardir. O`zekiston hududida uchraydigan dorivor o`simlik nomlari tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, takror shakllarda uchraydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Begmatov E. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. – Toshkent:Fan,1985.;

  2. Zikrillayev G`. Istiqlol va adabiy til. –T.:Fan.2004.-120b.;

  3. Hamroyeva Y. O`zbek tilining o`zlashma so`zlar o`quv izohli lug`ati.- T: Yangi asr avlodi, 2007.116 bet.


INTERNET MATERIALLARI

  1. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. –T..TDPI..

1999

  1. http://www.edunet,tn. Anne-Marie Albisson. Badiiy matn analizi O`zbek tili leksikologiyasi.-T.:Fan.1981.-315 b

Download 17.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling