O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet153/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Mavzuga oid tayanch tuhunchalar


Sintaksis, so‗zshakl, so‗z birikmasi, gap, sodda gap, qo‗shma gap, sintaksis ta‘limi, amaliy faoliyat uchun zarur topshiriqlar

Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida o„quvchilar “Sintaksis” bo„limi mavzulari bilan 5-sinfda qisman hamda 8-9-sinflarda batafsil


315
tanishadilar. Jumladan, 5-sinfning “Muqaddima” qismida sintaksisga oid quyidagi mavzular ta‟limi nazarda tutiladi:
Sintaksis va punktuatsiya‖. Bunda gap (gap – aloqa- aralashuvning eng kichik birligi; u tugallangan ohang bilan aytiladi; gap nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi; gap grammatik jihatdan shakllangan bo„ladi); gapda so„zlarning bog„lanishi (tobe (ukamning kitobi) va teng (opam va akam; daftar, kitob, ruchka kabi) bog„lanadi); so„z birikmasi (tobe va hokim so„zning o„zaro uyg„unligi), gaplarning ifoda maqsadiga ko„ra turlari (darak gap, so„roq gap, buyruq gap, istak gap); So„roq olmoshlari yordamida ifodalangan so„roq gaplar (Sinfda kim a‘lochi?, Kimga qaysi mashg‗ulot yoqadi?, Men qanday odam bo‗lishim kerak? va b.); So„roq yuklamalari yordamida ifodalangan so„roq gaplar (Sen bahorni sog‗inmadingmi?, Mening otam –ishchi, Sening otang-chi, To‗ychi?, Men-a?); his-hayajon gap (Oh yurtim shamoli! Bunchalar go‗zal!).
Gap bolaklari‖ (kesim, ega, to‗ldiruvchi, aniqlovchi, hol); kesim – gap markazi (Men maktabga boryapman.; O‗zbekiston – go‗zal yurt.; Gullar iforli kabi); faqat kesimdan iborat gap (Chekilmasin.; Bahor…Go‗zallik.), ularning qo„llanish o„rinlari; egali (Ilm insonni yuksaklikka yetaklaydi.; Onam – o„qituvchi) va egasiz gaplar (Yangi qaror chiqarildi; Yig‗ilishda tartib-intizom haqida gapirildi. kabi).
Sodda yoyiq gap”. Bunda sodda yig„iq (Keldim.; Ketishdi) va sodda yoyiq (Men maktabdan keldim.; Mehmonlar hozirgina ketishdi) gaplar.
“Ega haqida xulosa chiqarish”. Tabiiyki, ega haqida chiqarilgan xulosa nutqimizdagi egali (gapda egani ifodalamaslikning iloji yo„q (masalan, Karim – a‘lochi o‗quvchi.; Bahor keldi seni so‗roqlab (Zulfiya) yoki egani qo„llamasak ham kesim tarkibidagi shaxs/son qo„shimchasidan ega sezilib turgan (masalan, Kitobingni o‗qidingmi? (Sen kitobingni o‗qidingmi?), Bugun onamga ko„maklashdim (Men bugun onamga ko‗maklashdim) kabi) va egasiz gaplar (masalan, Rasmda mo‗yqalamdan foydalanilgan.; Jo‗jani kuzda sanaydilar) bilan sodda misollarda bog„lanishi, xulosalar, albatta, ilmiy asosga
316
tayanishi va buni fan o„qituvchisi aniq bilishi zarur. Bunda ega gapning bosh bo„lagi* ekanligiga e‟tibor qaratish muhim.
Hol va uning ifodalanishi‖. Mavzu talqinida berilgan kesimlar(masalan, Keldim.; Dam oldik.; Tingladik )ni qachon?, qanday?, qayerda?, qanday qilib? kаbi so„roqlarga javob bo„ladigan so„zlar bilan kengaytirish (Hozir keldim.; Miriqib dam oldik.; Oromgohda miriqib dam oldik.; Buvimning ertaklarini maza qilib tingladik), ega+hol+kesim qolipli gaplar tuzish (Men hozir keldim.; Biz miriqib dam oldik.; Biz oromgohda miriqib dam oldik.; Bizlar buvimning ertaklarini maza qilib tingladik), berilgan so„roqlarga javob bo„ladigan so„zlar tanlab, yoyiq gaplar hosil qilish, hol haqida xulosa chiqarish (odatda, hol fe‘l kesimda ifodalangan mazmunning holatini, o‗rnini, paytini, maqsadi, sababi va miqdorini ifodalaydi) kabi amaliy ishlar ko„zda tutilgan.
To‗ldiruvchi va uning ifodalanishi―, ―Aniqlovchi va uning ifodalanishi― mavzulari ta‟limida ham xuddi yuqoridagi kabi amaliy ishlarni bajarish va shu orqali o„quvchida jumlallarni to„g„ri va xatosiz tuza olish ko„nikma hamda malakalarini rivojlantrish nazarda tutilgan.
Uyushiq bo‗laklar―. (Nutqimizda sanash ohangi bilan aytiladigan, gapda bir xil so„roqqa javob bo„lib, bir xil sintaktik vazifa bajaradigan) uyushiq bo„laklarni bog„lovchi vositalar (ohang, teng bog„lovchilar) va ularning imlosi ustida ishlash; uyushiq bo„lаkli gaplar ishtirok etgan matn tuzish kabi qator amaliy topshiriqlar ustida
ishlanadi. Jumladan,

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling