O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet161/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

fe‟l kesim


ot kesim


O‗tirgin, ...


shoshilinch,…


Mazkur mavzuni o„zlashtirish davomida asosiy e‟tibor o„quvchining to„g„ri va xatosiz jumla tuza olishiga qaratiladi.

Kesim grammatik jihatdan shakllanishiga ko„ra ikki turga bo„linadi: mustaqi kesim va nomustaqil kesim. Ma‟nosini yordamchilarsiz voqelantiradigan, (kesimlik kategoriyasi* bilan to„la shakllangan) birlik mustaqil kesimlik shakli deyiladi. Masalan, Men bugundan maktabga bordim (Mazkur gapning grammatik mazmunida kesimlik shakllari (tasdiq/inkor, shaxs/son, zamon, mayl/modallik) bor. Jumladan, bordim–tasdiq ma‟nosida; -m I shaxs/birlikda; -di yaqin o„tgan zamonda; xabar maylida.)
Boshqa gaplarsiz, ya‟ni qurshovsiz o„z ma‟nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa mantig„idan butunlay boshqa ma‟no kelib chiqadigan (kesimlik kategoriyasi bilan to„la shakllanmagan) shakl nomustaqil kesimlik shakli deyiladi. Masalan, O‗qituvchi kelsa, dars boshlanadi gapida ikkita kesim bor (kelsa – nomustaqil kesim; boshlanadi – mustaqil kesim. Ammo gapning bir qismi olinsa, gapdagi shartlik ma‟nosi yo„qoladi. O‗qituvchi kelsa– istak ma‟nosi yuzaga keladi.)
Nomustaqil kesimlik shakli -sa, -sa edi, -saydi, -sa ekan kabi shakllarda bo„ladi va hamisha o„zidan keyin alohida gapni talab etib turadi.
Ega va uning ifodalanishi‖ mavzusi ta‟limida gap kеsimining shaxs-son qo„shimchalariga qarab uning egasini tiklash, eganing qaysi so„z turkumi bilan ifodalanayotganligini aniqlash singari amaliy ishlar bajariladi.



  • Kesimlik kategoriyasining grammatik ma‟nosi kesimda mujassamlashgan tasdiq/inkor, zamon, modallik/mayl, shaxs/son ma‟nolarining yaxlitligidan iborat.

329
Ega –gap kesimini shakllantiruvchi, kesimlik kategoriyasi tarkibida turuvchi shaxs/son ma‟nosini muayyanlashtiruvchi bo„lak. Gapda ega ifodalanishi yoki ifodalanmasligiga ko„ra ikki turga bo„linadi. Bular–

  1. egali gaplar va 2) egasiz gaplar.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling