O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Sodda gaplarni o„qitish” mеtodikasi


Download 1.17 Mb.
bet159/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Sodda gaplarni o„qitish” mеtodikasi


O„quvchilarga 5-sinf ona tili mashg„ulotlaridan kеsim gap markazi ekanligi ma‟lum. Shuning uchun ularga quyidagiarni bajartirish o„rinli:
–sodda gap haqidagi asosiy ma‟lumotni o„quvchilarga eslatish yoki ularning xotirasida tiklash (sodda gaplar bitta kesim asosida tuziladi);
–fe‟l kesim va ot kesimli gaplarning markazini aniqlash (masalan, Bog‗imizda chiroyli gullar ochigan.; Otam–muhandis, onam esa shifokor.; Seni bilganlarga qilaman havas, Seni bilmaslarga rahmim keladi. (M.Yusuf); Otang bolasi bo„lma, odam bolasi bo„l. (Maqol); Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo„l. (Maqol) kabi);
– berilgan yoki topilgan misollarni sodda va qo„shma gaplarga ajratish (sodda gaplar: Bog‗imizda chiroyli gullar ochigan.; Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo„l. (Maqol) qo„shma gaplar: Otam– muhandis, onam esa shifokor.; Seni bilganlarga qilaman havas, Seni
326
bilmaslarga rahmim keladi. (M.Yusuf); Otang bolasi bo„lma, odam

bolasi bo„l. (Maqol);
–sodda va qo„shma gaplarni tahlil qilib, ular orasidagi asosiy farqni aniqlash (Sodda gaplar bitta kesim asosida tuziladi. Qo„shma gaplar tarkibida esa birdan ortiq kesim munosabati ifodalanadi.);
–ayni bir fikr (axborot)ni bir nеcha sodda gaplar (Yurtimizga bahor keldi.; Diyorimizga ko‗klam tashrif buyurdi.; O‗lkamizda navbahor fasli mehmon.; Elimizda bahor.); bir necha sodda gaplarni bitta qo„shma gap shaklida ifodalash (Havolar isib qoldi. Daraxtlar gullagan. Bog‗larda qushlar chug‗urlashmoqda. Yurtimizga bahor tashrif buyurgan. Havolar isib, daraxtlar gullab, bog‗larda qushlar chug‗urlashmoqda, chunki yurtimizga bahor tashrif buyurgan.);
–berilgan gaplarni o„qing, ularning qolipiga e‟tibor berib xulosa chiqarishga harakat qiling:
Men akam bilan so„lim qishloqqa bordim. (Ega+to‗ldiruvchi+ aniqlovchi+ hol+kesim.)
Akam bilan so„lim qishloqqa bordim. (To‗ldiruvchi+ aniqlovchi+ hol+kesim.)
So„lim qishloqqa bordim.
(Aniqlovchi+ hol+kesim.) Qishloqqa bordim.
(Hol+kesim.)
Bordim.
(Kesim.)
(Shu o„rinda o„quvchilar tilimizda gapning boshqa bo‗laklari qatnashmasa ham, faqat kеsim ishtirokida gap tuzish va u orqali (muayyan ma‘no bildiruvchi) fikr ifodalash mumkin. Ammo kesimsiz gap tuzib bo‗lmaydi, degan xulosaga kela olishlari zarur. O„quvchi shundagina o„zbek tili uchun “Kesim–gapning markazi” tarzidagi qoidani “hazm qiladi”.)
–o„quvchilar hukmiga Ta‘tilda maktabimiz o‗quvchilari o‗qituvchilarmiz boshchiligida sayohatga chiqishadi.; Men Chingiz Aytmatov asarlarini sevib o„qiyman.; Inson o‗z tilini ona suti kabi muqaddas saqlamog„i kerak kabi gaplarni havola etish va gaplarning kesimini tashlab o„qib ko„rish topshirig„ini berish ham mumkin. (Bunda o„quvchining o„zi Ta‘tilda maktabimiz o‗quvchilari o‗qituvchilarmiz boshchiligida sayohatga...; Men Chingiz Aytmatov asarlarini sevib...; Inson o‗z tilini ona suti kabi muqaddas ...kabilarda
327
kеsim ifodalanmaganligi uchun tugal fikr yo„qligiga ishonch hosil qilishi zarur.)
Bu kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar ustida ishlash o„quvchi uchun foydali bo„ladi.
Kеsimning ifodalanishi‖ mavzusi ham 5-sinfda o„tilganligini, mavzu o„quvchilarga tanishligini inobatga olsak, mavzu ta‟limini o„quvchilarga to„g„ridan to„g„ri topshiriq berishdan boshlagan ma‟qul.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling