topshiriq. Berilgan grammatik vositalardan mosini qo‗yib so‗z birikmalarini o‗qing. -
Grammatik vositalar: bosh kelishik, -ning, -ni, -ga (-ka, -qa), -da,
-dan; ohang; egalik qo‗shimchalari; ko‗makchilar (bilan, uchun, sari, sayin, bo‗yi, orqali, uzra; -dek, -day, -cha)
Gul... nozik, bola... beg„ubor, internet ... gaplashmoq, bolalar... katta..., kun ... kutmoq, tog„... g„urur, kitob... sevmoq, deraza...
termulmoq, oy... chiqish, ukam ... ketish..., soat ... o„zgarmoq, onam ...
guldasta, maktab ...yo„l, olam ... taralmoq, men... orzu... (Topshiriq natijasi quyidagicha bo„lishi zarur:
Guldan nozik, boladek beg„ubor, internet orqali gaplashmoq, bolalarning kattasi, kun bo„yi kutmoq, tog„cha g„urur, kitobni sevmoq, derazaga termulmoq, oyga chiqish, ukam bilan ketishim, soat sayin o„zgarmoq, onam uchun guldasta, maktab sari yo„l, olam uzra taralmoq, mening orzuyim.) -
topshiriq. Berilgan grammatik vositalarni tobe hamda hokim so‗zga qo‗shilishiga qarab ikki guruhga ajrating. -
- 324
Grammatik vositalar: bosh kelishik, -ning, -ni, -ga (-ka, -qa), -da, -
-dan; ohang; egalik qo‗shimchalari; ko‗makchilar (bilan, uchun, sari, sayin, bo‗yi, orqali, uzra; -dek, -day, -cha)
Topshiriqni bajarish asnosida o„quvchilar so„z birikmasida tobе va hokim so„zning o„zaro bir-biri bilan bitishuv, boshqaruv va moslashuv yo„li bilan birikishi; tobе va hokim so„zning hеch qanday qo„shimchasiz, faqat ohang hamda ma‟nosi va tobе so„zning hokim so„zdan oldin kеlish usuli bilan bog„lanishi bitishuv ekanligi; tobе so„zning hokim so„zga tushum, jo„nalish,o„rin-payt va chiqish kеlishigi qo„shimchalari yoki ko„makchilar yordamida bog„lanishi boshqaruv ekanligi; tobе so„zning hokim so„zga qaratqich kеlishigi qo„shimchasi orqali bog„lanishi, hokim so„zning esa egalik qo„shimchalari yordamida tobе so„zga birikishi moslashuv ekanligini bilib oladilar va shu yo„nalishda bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlar*ni bajaradilar.
O„quvchilar, odatda, so„z birikmasini unga shaklan o„xshash bo„lgan so„z qo„shilmasidan, qo„shma so„zdan, iboradan, tasviriy ifodadan farqlamaydilar. Shu bois, bularning har biriga (so„z birikmasi va so„z qo„shilmasi, so„z birikmasi va qo„shma so„z v.h) alohida- alohida to„xtalishga to„g„ri kеladi. Bunda o„quvchilar e‟tibori so„zlarning tobе aloqa asosida bog„lanishi orqali so„z birikmasi hosil qilishiga, so„z birikmasi tarkibi ikki va undan ortiq so„zdan iborat bo„lishiga qaramay, bitta tushunchani atab kеlishi (o‗rtog‗imning kitobi – ”o„rtog‗imga tegishli bo‗lgan kitob”ni ifodalayapti); so„z qo„shilmalari tarkibida har bir so„z mustaqi ma‟noni saqlaydi va ularda tobe munosabat bo„lmaydi (shu bois, biridan ikkinchisiga savol berish mumkin emas), ular alohida-alohida birliklarni nomlab kеladi (masalan, o‗rtog‗im va kitob).
So„z birikmalarini qo„shma so„zlar bilan (Ba‟zan kishiga ishning boshi og„rroq ko„rinadi. – Bizga Azim aka ishboshi etib tayinlandi.; Inson tashqi ta‟sirlardan aziyat chekmasligi uchun badanni ham tarbiya qilmog‗i lozim. – Ertalabki badantarbiya kishini chiniqtiradi.); so„z birikmalarini tasviriy ifodalar bilan (Muyulishda oq xalatli ayolga duch keldim. –Shifokorlar – oq xalat sohiblari.; Qimmatbaho soat oq oltindan yasalgan ekan. – Paxtani ”oq oltin”, paxtakorlarni ”oq oltin
* Muhimi, o„quvchilar nutqida tez-tez uchraydigan tipik xatolar(qaratqich va tushum kelishigi, shuningdek, jo„nalish va o„rin-payt kelishigi qo„shimchalarini almashtirib noo„rin qo„llash)ning bir qadar oldi olinadi.
325
ijodkorlari” deb atar edik.); so„z birikmalarini iboralar bilan (Qovunning urug‗ini tashlab yubormaslik kerak. – Izlaganingiz anqoning urug‗i ekanmi?; Shifokor unga yarani ko„rish uchun bo‗yinni egmoq kerakligini aytdi. – Bu yigitga bo‗yin egmoq odat emas edi.) solishtirish ham o„quvchilarning til sezgirligini oshradi.
So„z birikmasi va gapning o„zaro farqi ham qiyoslash asosida tushuntiriladi. (Masalan, so„z birikmasi biror narsa, bеlgi harakat yoki holatni muayyan tarzda atab kеladi va shu xususiyati bilan so„zga yaqin turadi (shirin qovun, qiziqarli asar, a‘lochi bola, o‗qigan yigit); gap esa kеsimlik qo„shimchalari bilan shakllangan kеsim markazida tashkil topib, fikrni, hukmni, tasdiq yoki inkorni ifodalab kеladi (Qovun shirin., Asar qiziqarli., Bola a‘lochi., Yigit o‗qigan.) va h.)
Xullas, maktabda so„z birikmasi bilan bog„liq mavzular ta‟limi o„quvchiga shaxs (odam–yaxshi odam, ayol – farishtasifat ayol), narsa-buyum (gul – tuvakdagi gul, uy – hashamatli uy), voqea-hodisa (janjal – ko‗chadagi janjal, to‗y – akamning to‗yi), tushuncha (xayol – bema‘ni xayol, falsafa – hayot falsafasi), jarayon (o„rganish – ustozdan o‗rganish, shamollash – qishda shamollash), holat (qizarmoq –uyatdan qizarmoq, sarg‗ayish – yaproqning sarg‗ayishi) kabilarni so„zga nisbatan aniqroq ifodalash imkonini beradi. Shuningdek, sodda gap sintaksisini ta‟limi uchun zamin hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |