1-topshiriq. Berilgan matnni diqqat bilan o‗qing. Matn mazmunini bitta gapda ifodalashga harakat qiling. SURAT -
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
–O‗tirsang-chi, bolam. Birpas o‗tirgin.
–Bo‗ldi, ketdim.
–Shoshma, bolam. – Onam ko‗zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mo‗ng bilan termildi. – Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali yonilg‗i olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‗tish... -
Onam ko‗zimga hamon ma‘yus termilib o‗tirardi. -
Suratga tushaylik, –dedi to‗satdan. Ajablandim. -
Nega? -
–Yaqinda men olaman.
Onam bu gapni xuddi: ―Qo‗shninikiga chiqib kelaman‖, degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
–Qo‗ysangiz-chi, oyi.–Shunday dedim-da, chiqdim-ketdim. Oradan ikki hafta o‗tdi-yu...
Kechalari uyg‗onib ketaman, o‗ylayman. O‗ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‗shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‗qmidi? Kerak bo‗lsa, topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‗da, ko‗chada... Nima, sen kino yulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda...
Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‗q!
(O„tkir Hoshimovdan) - 328
2-topshiriq. Matndagi gaplarning kesimini topib ular (morfologik jihatdan) qaysi so‗z turkumi bilan ifodalanganini aniqlang va kesimlarni berilgan jadvalga to‗g‗ri joylashtiring. -
-
Do'stlaringiz bilan baham: |