O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
bet175/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. “Punktuatsiya” bo„limi ta‟limining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?


  2. Ona tili dastur va darsliklarida “Punktuatsiya” bo„limi nega tilning boshqa sathlari (masalan, “Sintaksis”) bilan aralash tarzda berilgan?


  3. Nuqtaning ishlatilish o„rinlarini tushuntiring.


  4. Vergulning ishlatilish o„rinlarini tushuntiring.


  5. Nuqtali vergulning ishlatilish o„rinlarini tushuntiring.


  6. Yozuvda ikki nuqtadan qanday paytlarda foydalaniladi?


351

  1. Yozuvda tiredan qanday paytlarda foydalaniladi?

  2. Yozuvda undov belgisidan qanday paytlarda foydalaniladi?


  3. Yozuvda so„roq belgisidan qanday paytlarda foydalaniladi?


  4. Yozuvda ko„p nuqtadan qanday paytlarda foydalaniladi?


  5. Qavs (yarim qavs) qanday holatlarda qo„llaniladi?


  6. Qo„shtirnoqdan qanday foydalanamiz?


  7. Tinish belgilaridan o„rinli foydalanish imkoniyatlariga misollar keltiring.


  8. Qachon tinish belgilari qo„shaloq holatda qo„llaniladi? Nega?


Foydalanish uchun adabiyotlar: [1;5;6;11;20;22;28;32;34;35]



NUTQ USLUBLARI USTIDA ISHLASH METODIKASI


Reja:

  1. Nutq uslublarini o„qitish orqali o„quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish masalasi.


  2. Nutq uslublarini o„qitish metodikasi.



Mavzuga oid tayanch tuhunchalar



Nutq uslublari: so‗zlashuv uslubi, ilmiy uslub, badiiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub, fonetik uslubiyat, leksik uslubiyat, morfologik uslubiyat, sintaktik uslubiyat, uslublar ta‘limi

Tilimizning sоfligi uchun, bоyishi uchun jоn kuydirsаk, fаrzаndlik burchimizni аdо etgаn bo„lаmiz.



Ch.Аytmаtоv
10-11-sinflar uchun mo„ljallangan “Ona tili” o„quv predmetidan amaldagi o„quv dasturi147ning “Uqtirish xati”da shunday deyiladi: “Ona tili ta‟limining asosiy maqsadi – o„quvchilarning o„z fikrini og„zaki va yozma tarzda to„g„ri hamda ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o„zgalar fikrini anglaydigan muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat”.
147http://kompy.info/ orta-talimning-umumtalim-fanlari-boyicha- malaka-talablari-ona- v2.html
352
Dasturda aytilgan aynan “muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish” maqsadi bevosita nimani kimga qanday yetkazish, ya‟ni uslubiyat mavzulari bilan bog„liq. Shu boisdan ham o„rta umumta‟lim maktablarining 10-11-sinf ona tili mashg„ulotlari to„laligicha nutq uslublari mavzulariga bag„ishlanadi. Zero, maktabda ona tili fanini o„qitishning vazifasi –
–o„quvchi shaxsini fikrlashga, o„zgalar fikrini anglashga, o„z fikrini og„zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
–ona tilining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrni to„g„ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
–yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me‟yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish hamda fanning mazmunidan kelib chiqqan holda o„quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Mazkur maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda o„rta ta‟lim 10-11-sinf bitiruvchilariga “Ona tili” fani bo„yicha quyidagi malaka talablarini qo„yadi:



  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling