O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
Matnga yaqinlashtirilgan bayon. Mazkur bayon turi o„quvchidan diqqat-e‟tiborni, mantiqan o„zaro yaqin hodisalar assotsatsiyasini taqozo etadi. Bunda muallifga xos so„z va iboralardan foydalanish talab qilinadi. Buning uchun badiiy til xususiyati bilan ajralib turadigan asarlar tavsiya etiladi. Vaholanki, matn yuzasidan bayon yozishdan oldin o„quvchilar muallifning har bir fikri, iborasi va uslubini aniq tushunib olishi va uni o„z bayonida qo„llashi zarur.
Matnga yaqinlashtirib yozilgan bayonda muallif fikrini o„quvchi o„z so„zi bilan bayon etishi mumkin. Ya‟ni birinchi shaxs tilidagi bayon matnini uchinchi shaxs tilida yoki, aksincha, uchinchi shaxs 384 tilidagi bayon matnini birinchi shaxs tilida bayon etishi ham mumkin. Albatta, bu o„quvchining saviyasiga, kitobxonlik darajasiga, mahoratiga bog„liq. Biroq, eng muhimi, o„quvchi muallif qo„llagan so„z va iboralardan yozma nutqda keng foydalanishi zarur. Bu o„quvchi lug„at boyligini oshiradi va faollashtiradi, til birlilaridan ijodiy foydalanishni o„rganadi. Bunda matn hajmi uncha katta bo„lmasligi muhim. Masalan, Mirkarim Osimning “Shiroq” hikoyasidan olingan quyidagi parchani matnga yaqinlashtirib bayon yozish uchun tanlash mumkin: Boshliqlar bu mushkul muammoni yechish uchun bosh qotirib o‗tirganlarida o‗tov eshigi oldida qurolli yigit Shiroq degan bir cho‗ponning ijozat so‗rayotganini bildirdi. –Shiroq? – deb qoshini chimirdi Rustak. –Kim u? –Shiroq bizning urug‗dan. O‗zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‗ponlik bilan o‗tgan, – dedi Saksfar. –Undoq bo‗lsa chaqir bu yoqqa o‗sha dono cholni. –Eshikdan yoshi oltmishdan oshgan tetikkina, barvasta bir chol kirib, ta‘zim qildi. –Ijozat beringlar, men ham qatoringizda o‗tirib, o‗z fikrimni aytsam. Nima to‗g‗rida gaplashayotganingizni bilaman. –O‗tir, o‗tir, gapingga quloq solamiz. –Eron shohining askarlari Sirdaryo ostidagi qum donalaridan ham ko‗p, ularni jangga chorlab, yengish mahol. Ammo ularni qirib tashlash uchun bir yo‗l bor. Quloq soling… Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling