O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet193/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Qo„shimcha topshiriqli bayon, asosan, ona tili darslarida o„tkaziladi. Qo„shimcha topshiriqli bayondа matn mazmunini to„g„ri anglay olish, uni belgilangan me‟yorda yoritib berish kabi talablardan tashqari, masalan, biror grammatik qoida yuzasidan olingan bilimni malaka va ko„nikmalarga aylantirish ko„zda tutiladi, ya‟ni o„tilgan muayyan grammatik qonun-qoida asosida olingan bilimlarning pragmatikasiga ham e‟tibor qaratiladi. Masalan, so„zlarning o„zaro bog„lanishi, moslashuv, bonqaruv, bitishuv, gapda so„zlar tartibi, gap bo„laklari, gapning uyushgan bo„laklari, ko„chirma va o„zlashtirma gap, sinonim so„zlar, stilistika, ritorik so„roq gaplar, inkor gaplar va o„zbek tili tinish belgilariga oid qoidalar o„rganilgach, qo„shimcha topshirqli bayon o„tkazilishi zarur.
385
Masalan, ko„chirma gaplar mavzusi (5-sinfda) o„tilgandan so„ng A.Navoiyning “Hotam Toyi hikoyati”dan olingan quyidagi parchadan qo„shimcha topshiriqli bayon yozishda foydalansa bo„ladi (Qo„shimchа topshiriq sifatida matn mazmunini davom ettirish topshirig„ini ham berish mumkin):

Dono kishi Hotamdan: ―Sen o‗zingga saxiylikni umrbod kasb qilib olibsan, o‗zingga o‗xshagan oliyhimmat, saxiy kishini bilasanmi?‖ – deb so‗rabdi. Hotam bunday deb javob beribdi:
Bir kuni dasht elini chaqirib, juda katta to‗y qilib berdim. Yuzta tuya va behisob qo‗y-qo‗zilar so‗ydim. Uy odamlar bilan to‗lgan edi. Toza havo olay deb ko‗chaga chiqsam, o‗tin ko‗tarib ketayotgan bir cholni ko‗rib qoldim… Bechora cholga rahmim kelib, bunday dedim: "Ey og‗ir mehnat bilan qaddi bukilgan chol, dashtda yurib hech narsadan xabaring yo‗q ekan-da, bugun Hotam yaxshi-yomon va katta-kichikni chaqirib mehmon qilyapti, o‗tiningni yerga qo‗yib, Hotamning uyiga kir, izzat-hurmat bilan seni siylaydi.
Chol boshini ko‗tarib, menga qarab bunday dedi…
Saylanma bayonda matnning hammasi to„liq yozilmaydi, balki o„quvchilar bir necha qismli matnning xohlagan bir qismi yuzasidan bayon yozadilar. Bunda o„quvchilarga erkinlik beriladi, ular o„zlariga yoqqan, o„zlarini qiziqtirgan biror qismni saylab oladilar. Mazkur holat o„quvchida umumiylikdan xususiylikni ajrata olish xususiyatini tarbiyalaydi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling