O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
Ixcham bayon. Ixcham hajmli matn yuzasidan o„tkaziladigan yozma ishning turiga ixcham bayon deyiladi. Bunday bayon V-IX sinflarning har birida darsning 8-20 minutida qiziqarli topshiriq sifatida o„tkaziladi va bu mashg„ulot o„quvchini qiynamaydi, u mazmunni tez o„zlashtiradi. Ixcham hajmli matn yuzasidan o„tkaziladigan yozma ish o„ziga xos yozma-aqliy mashq bo„lib, unga reja tuzilmaydi. Ixcham bayon matnining bir marta o„qib berilishining o„zi ham o„quvchilarning eshitish qobiliyatini oshirishga, e‟tiborlilikka, xotirasini o„stirishga katta yordam beradi.
Yuqoridagi ishlar, asosan, ta‟limiy bayon bilan bog„liq mashg„ulotlar hisoblanadi. Bunday mashg„ulotlar davomida o„quvchilar tekshiruv bayon yozishga tayyorlanadilar. Ta‟limiy bayon har bir dars jarayonida o„tkazilishi, uni yozish jarayonida o„quvchilar tushuna olmagan so„zlarini o„qituvchidan so„rashlari mumkin. Tekshiruv bayon o„quvchilarning nutq malakalarini aniqlash, sinash maqsadida o„quv yilining har bir choragida bir-ikki marta o„tkaziladi, buning uchun matn, albatta, o„quvchilarga tanish bo„lmagan, darsda tahlil qilinmagan asarlardan olinadi. Tekshiruv bayon o„tkazish uchun matn o„qituvchi tomonidan ikki marta ifodali o„qib beriladi. Matn mazmuni yuzasidan o„quvchilarda savollar bo„lmasa, berilgan reja asosida bayon yozishga kirishiladi. Bayon yozib bo„lingach, mustaqil o„qib chiqish uchun o„quvchilarga 3-4 daqiqa imkon beriladi. Shundan so„ng bayon daftarlari yig„ib olinadi. Tekshiruv bayon o„qituvchi tomonidan adolatli tekshirilib, baholanishi shart. Odatda, bayonga (savodxonligiga va mazmundorligiga) ikkita baho qo„yiladi. Bayonni bаhоlаshdа quyidаgi mеzоnlаrgа riоya etilаdi: “а‟lо” bаhо: а) chiroyli husnixatda imloviy, uslubiy, ishoraviy хаtоlarsiz yozilgаn; mazmunan pishiq; b) chiroyli husnixatda qo„pоl bo„lmаgаn ikki ishоrаviy yoki imlоviy хаtоsi bo„lgаn bayongа qo„yilаdi; 389 “yaхshi” bаhо: chiroyli husnixatda to„rttagacha ishоrаviy vа imlоviy хаtоsi bo„lgаn, ammo uslubiy xatosi bo„lmagan bayonga qo„yilаdi. (Хаtоlаr nisbаtаn o„zgаrishi mumkin, birоq uning umumiy miqdоri to„rttаdаn оshmаsligi kеrаk); “o„rtа” bаhо: o„rtacha husnixatda to„rttаdan ortiq ishоrаviy vа to„rttаdan ko„p imlоviy, ikkita uslubiy хаtоsi bo„lgаn bayongа qo„yilаdi. (Хаtоlаr nisbаtаn o„zgаrishi, ya‟ni uch imlоviy, bеsh ishоrаviy хаtо ko„rinishidа bo„lishi hаm mumkin.) “qоniqаrsiz” bаhо: xunik yoki e‟tiborsiz yozuvli, yеttitаgаchа ishоrаviy vа yеttitаgаchа imlоviy, to„rttagacha uslubiy, ba‟zan faktik хаtоsi bo„lgаn bayongа qo„yilаdi. Uslubiy xаtоlаr miqdоri oltitadаn; imloviy xatolar soni sakkiztadan оshsа, bundаy diktantgа “bir” bаhо qo„yilаdi. (Bu o„rinda tipik xatolar* inobatga olinishi zarur.) Ona tili dars mashg„ulotlarida foydalaniladigan bayon turlari hamma vaqt ona tili ta‟limining bosh maqsadi ruyobiga bog„lanishi, umumiy dars jarayonidan “ko„richak” shaklida ajralib turmasligi shart. Xullas, ona tili ta‟limi jarayonida o„quvchining so„z boyligini oshirish, so„zlarning ma‟no nozikliklari, farq va o„xshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, uzilgan fikrning davomini tiklash kabi qator mantiqiy operatsiyalarni bajarish, nutqiy tadbirkorlikni tarbiyalash, nutq vaziyatini to„g„ri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish ko„nikmalarini shakllantirish va malakasini o„stirishda bayonning ham o„ziga xos o„rni bor. Insho arabcha so„z, “yaratish”, “bino qilish”, “qurish” ma‟nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so„zning ma‟nosi ancha torayib, asosan, ta‟lim oluvchilar tomonidan yoziladigan “ijodiy yozma ish” ma‟nosida qo„llaniladi. Insho – muallifning ma‟lum bir mavzu asosida o„z fikrlarini yozma shaklda bayon qilinishini ta‟minlovchi kichik asar. Inshoda muallifning so„z qo„llash mahorati, fikrlash ko„nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo„ladi. Insho – o„quvchi yaratadigan matn turi. Unda ma‟lum bir mavzu mohiyati mustaqil ravishda ochib beriladi. Inshoda o„quvchining o„z Ba‟zan o„quvchi bitta so„zning imlosida xato qilishi va buni bir necha marta takrorlashi mumkin. Bu tipik xato hisoblanib ular miqdoran bir nechta bo„lsa-da, bitta xato sanaladi. 390
Mashhur olimlar, fan arboblari, yozuvchi-yu shoirlar ham ijodiy ishlarini dastlab o„quvchilik paytlarida insho yozishdan boshlashgani tayin. Insho yozish uchun kishida, avvalo, fikr, dunyoqarash bo„lishi zarur. Fikr-u dunyoqarashga esa bilim egallash orqali erishiladi. Kishida takror va takror yozish natijasida esa insho yozish malaka hamda ko„nikmasi shakllanadi. Yaxshi inshoning zamirida boy bilim, keng mushohada va tinimsiz mashq yotadi. Har qanday ish tartib bilan bajarilganligi kabi insho ham reja asosida yozilishi kerak. Zero, “Rejasiz ish – qolipsiz g„isht”, deydi dono xalqimiz. Puxta reja inshoning sifatini ta‟minlashga xizmat qiladi. Inshoda o„quvchining o„z fikri va boshqa manbalardan olgan ma‟lumotlari ajralib turishi kerak. Boshqalarning fikrini o„zinikiday qilib berish ko„chirmakashlik (plagiatorlik) sifatida salbiy baholanadi. Inshoning har bir turi o„ziga xos shakl va mazmun xususiyatiga ega. Insho – o„quvchi ijodiy mehnatning oliy ko„rinishi, uning aqliy mehnati mahsuli. Insho puxta reja bo„yicha yozilishi, mantiqan izchil, imloviy, uslubiy va punktuatsion jihatdan to„g„ri, dalillarga tayangan bo„lishi zarur. Insho yozish uchun mavzu chuqur va atroflicha o„rganilishi, dalillash uchun ko„chirma(iqtibos, sitata)lar yig„ilishi, ularning manbalari aniq bo„lishi kerak. So„ngra reja tuzilib, reja asosida yozishni boshlash lozim. Insholar hajmi o„quvchining yoshiga qarab turlicha bo„lishi mumkin. Masalan, 5-sinf o„quvchisi 2-3 sahifa, 6-sinf o„quvchisi 3-4 sahifa, 7-sinf o„quvchisi 4-5 sahifa, 8-sinf o„quvchisi 5-6 sahifa, 8-sinf o„quvchisi 6-7 sahifa, 9-sinf o„quvchisi 7- 8 sahifa, 10-11-sinf o„quvchilari esa 8-10 sahifadan iborat insho yoza olishi kerak. Shu o„rinda unutmaslik kerakki, inshoning hajmi ma‟noning siyqalashishiga (xiralashishiga) yo„l qo„ymasligi zarur. 391 Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadida yaratiladigan insholar o„tkazilish tartibiga ko„ra ikki xil bo„ladi: ta‟limiy (joriy) insho; tekshiruv (sinov) inshosi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling