O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet199/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Ilmiy insho. Bir masala turli mavzudagi inshoda har xil ifodalanishi mumkin. Ilmiy inshoda berilgan mavzu biror fan nuqtayi
395
nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi. Ilmiy inshoda terminlar, ilmiy dalil va tushunchalardan keng foydalaniladi. Unda axborot aniq va lo„nda ifodalanishi, tushunarli bo„lishi lozim.
Ilmiy inshoda nutqning tasviriy vositalaridan, ko„chma ma‟noli so„zlardan, obrazli ibora, maqol va matallardan deyarli foydalanilmaydi. Ilmiy insho tili bo„yoqdorlik va ta‟sirchanlikdan xoli bo„ladi.
Ilmiy insho mantiqiy fikrlash, dalillarning mohiyatini tushunish, narsalarning xususiyatlarini yaxshi bilish asosida yoziladi. Ilmiy inshoda muallifning nuqtayi nazari, tegishli xulosa chiqarishi katta ahamiyatga ega bo„ladi.
Ilmiy insho yozish o„quvchilarning kelajakda ilmiy maqola, ilmiy kitoblar yozish malakasi hosil bo„lishiga xizmat qiladi. Agar o„quvchi kelajakda biror fan sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni maqsad qilib qo„ysa, ilmiy insho yozish mahoratini tinimsiz egallab borishi kerak. Ilmiy inshodan o„quvchilarning ilmiy fikrlash darajasini aniqlash uchun foydalaniladi. Bunday inshoda ilmiy tushuncha va terminlar, dalillar ko„p ishlatiladi. Ilmiy insho tili bo„yoqdorlik va ta‟sirchanlikdan xoli bo„ladi.
Hamma fanlar, sohalar, yo„nalishlar bo„yicha ilmiy insho yozish mumkin. Barcha sinflarda o„quvchilarning yosh va bilim saviyasini hisobga olgan holda ilmiy insholardan keng foydalanishish kerak. Ilmiy insholar uchun asosiy manba maktab darsliklari, turli ensiklopedik lug„atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ilmiy maqolalar, ilmiy mavzudagi teleko„rsatuvlar bo„lishi mumkin. Masalan, 9-11- sinflarda turli adabiyotlardan va boshqa qo„shimcha manbalardan foydalanib, o„quvchilar “Mahmud Qoshg„ariy”, “Mahmud Zamahshariy”, “Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug„atayn” asari”, “Bobur asarlari nutqi" kabi mavzularda ilmiy insholar tayyorlashlari mumkin.
Maktabda o„tkaziladigan ilmiy insholarning anchagina qismini ona tili o„quv predmetiga oid ilmiy insholar tashkil etadi. Masalan, 5- sinfda “Nutq tovushlarini o„rganishning ahamiyati”, 6-sinfda “Bizga leksikologiyani o„rganish nima beradi?”, 7-sinfda “Nutqda o„zbek tilining tasviriy vositalaridan foydalanish”, 8-sinfda “So„z birikmasi va gap” singari mavzularda ilmiy insholar o„tkazilishi ayni muddaodir.
396
Insholar muayyan mazmunni ifodalash xususiyatiga ko„ra ikki turga bo„linadi: 1) tasviriy insho va 2) tavsifiy insho.

Аdabiy mavzudagi insholar ham, erkin mavzudagi insholar ham, ilmiy yoki ramziy insholar ham ifoda xususiyatiga ko„ra tasviriy yoki tavsifiy xarakterda bo„lishi mumkin.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling