O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet195/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Ijodiy bayon. Bunday bayonda o„quvchidan yo matn mazmuniga o„z munosabatini bildirish, yo boshlanishi berilgan matnni mazmunga mos ravishda davom ettirish talab qilinadi. Bayon turlari ichida ijodiy bayon ona tili ta‟limining bosh maqsadi bilan hamohang.
Ijodiy bayon bir necha shaklda o„tkazilishi mumkin. Masalan,


  1. berilgan kichik hajmli matn mazmunini kengaytirib yozish;


  2. voqeaband she‘rlar mazmunini hikoya shaklida yozish;

v) dialoglarni umumlashtirib yozish;


g) matndagi so‗zlovchi shaxsini o‗zgartirib yozish va h.
Berilgan kichik hajmli matn mazmunini kengaytirib ijodiy bayon yozish uchun hikmatli so„zlarga, xalq maqollariga, mashhur misralarga ham murojaat etgan ma‟qul. Masalan,
387
  1. sinf o„quvchilariga: ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‗yilgan naqsh kabidir‖,Sanamay sakkiz dema‖,Non ham non, uvog‗i ham non‖;


  2. sinf o„quvchilariga: “Ota-ona – boshdagi davlat‖, ―Vatan ostonadan boshlanadi‖, ―Ustoz otadek ulug‗‖,Kitob yolg‗izning do‗sti, sirdoshi‖, ―Suv ichsang, quduq qaziganni unutma‖;


  3. sinf o„quvchilariga: ―Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar‖,


Aql bilan hayo – egizak‖, ―Ariqdan suv uzilmasa, savatdan non arimas‖, ―Er yigitning uyalgani – o‗lgani”;


  1. sinf o„quvchilariga: ―Otang bolasi bo‗lma, odam bolasi bo‗l‖,


Bug‗doy noning bo‗lmasa ham, bug‗doy so‗zing bolsin,Ajdodlar yodi muqaddas‖;


  1. sinf o„quvchilariga: ―O‗zbekiston, jonim to‗shay soyangga‖,


Baxtning kaliti vaqtning qo‗lida‖, ―Men nechun sevaman Ozbekistonni‖, ―Til bilgan – el bilar‖, ―Tilga e‘tibor – elga e‘tibor‖ kabi maqol, aforizmlarning mazmunini kengaytirib ijodiy bayon yozdirish o„rinli va h.


Shaxsini o„zgartirib yoziladigan bayonda birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs tomonidan bayon etiladigan fikr ifodalanadi. Shu sababli bayonning bu turi o„quvchilar bilan ko„proq mashq o„tkazishni, o„quvchilarning birinchi shaxsni uchinchi shaxsga aylantirish qoidalarini puxta o„zlashtirishlarigа e‟tibor berishni taqozo etadi. Matndagi so„zlovchi shaxsini o„zgartirib yozishda yozuvchi O„tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”idagi ibratomuz o„rinlarni tavsiya etish mumkin. Masalan,
Nodonlar davrasida kar bo‗l, Donolar davrasida soqov bo‗l…
***
Oshsiz uy bor, urishsiz uy yo‗q‖, deydilar. Oilangda janjal chiqsa, eng avvalo, farzandlaringni o‗ylab ish qil!
***
Hech kimga yomonlik sog‗inma, hatto dushmaningga ham yomonlik tilasang, bir chekkasi o‗zingga qaytib keladi. Negaki, olam bus-butundir.
***
Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko‗ra yuz hissa ko‗p mehr bergan!
388
Dono o„gitlar mazmunini uchinchi shaxs shaklida bayon etish topshirig„i beriladi.

Bayon rivoyat tarzidagi she‟riy asar yoki undan olingan parchalar bo„yicha ham yozdiriladi. Masalan, Erkin Vohidovning “Nido” dostoni asosida bayon yozish maroqli.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling