O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet197/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Ta‟limiy (joriy) insho sinfda yoki uyda yozilib, izlanishga, bilimlarni boyitish va qo„llashga, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to„g„ri bayon qilishga qaratiladi. Ta‟limiy inshoda o„quvchi tegishli mavzu bo„yicha bilimlarini mustahkamlaydi, boyitadi va namoyish qiladi.
Tekshiruv (sinov) insholari o„rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish malaka va ko„nikmalarni sinovdan o„tkazish uchun chorak yoki o„quv yili oxirida olinadi.
Ta‟limiy (joriy) insho izlanish, bilim, tafakkur va bayon qilishga asoslansа, tekshiruv (sinov) inshosi bilim, tafakkur va bayon qilishni sinaydi. Unda manbalardan izlanishga ruxsat berilmaydi. U sinfda, o„qituvchi nazorati ostida yoziladi.
Tekshiruv (sinov) insholarining ko„rik-tanlov inshosi turi ham mavjud bo„lib, ular muayyan tanlov uchun yoziladi. Ko„rik-tanlov insholari sinf yoki maktab (ba‟zan tuman, viloyat, respublika) g„oliblarini aniqlash va, asosan, o„quvchining ijodiy fikrlash hamda yozma savodxonligini rag„batlantirish maqsadida o„tkaziladi. Ona tilidan insho mavzulari oldindan e‟lon qilinadi, o„quvchilar ko„rik- tanlov shartlari bilan tanishtiriladi. Shubhasiz, g„olib o„quvchilarni aniqlash maqsadida o„tkaziladigan bunday ko„riklar ijodiy ishga bo„lgan qiziqishni oshiradi.
Insho mazmun-mohiyatiga ko„ra 3 xil bo„ladi:
  1. аdabiy mavzudagi insho.


  2. erkin mavzudagi insho;


  3. ilmiy insho.




Adabiy insho adabiyot darslarida o„tilgan ma‟lumotlarga o„quvchining ijodiy munosabati (nuqtayi nazari) qo„shib ifodalanadigan insholarni o„z ichiga oladi.
Erkin mavzudagi insho, odatda, fan dasturida mavjud bo„lmagan mavzuda yoziladi. Unda o„quvchining ma‟lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalari aks etadi.
Ilmiy inshoda biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan
392
materiallardan keng foydalaniladi. Ilmiy inshoda tasviriy vositalar deyarli qo„llanilmaydi.
Muayyan badiiy asar, undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror badiiy asar yoki undagi qahramonlar taqdiri adibning badiiy mahorati bilan bog„lab, manbalarga tayanib tahlil qilinadi. Masalan, ―Alpomish‖ dostonida qahramonlik tasviri‖,Abdulla Qodiriytarixiy romanlar ustasi‖,
Hamid Olimjon – lirik shoir‖, ―Abdulla Qahhor – kichik hikoyalar ustasi‖, ―Mehrobdan chayon‖ romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi‖, Muhammad Yusuf she‘rlarida o‗zbekona samimiylikning tarannum etilishi” kabi mavzular adabiy insho mavzulari hisoblanadi va ular, albatta, aniq dalillarga, tahlillarga tayanishi zarur.
Adabiy inshoning adabiy-ijodiy turi ham bor. Adabiy-ijodiy inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdiri tahlilida o„quvchining mustaqil fikri, shaxsiy munosabati asosida yondashuvi talab etiladi. U adabiy inshodan shu jihati bilan farq qiladi. Masalan, “Men sevgan adib”, “Sen yetim emassanshe‘ridan olgan taassurotlarim‖, ―Zulfiya — men sevgan shoira‖ kabi mavzular adabiy-ijodiy insho mavzulari hisoblanadi.
O„quvchining darsliklardagi ma‟lumotlarga bevosita daxldor bo„lmay, umuman, ma‟lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy- tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr-mulohazalarini aks ettiruvchi insho erkin mavzudagi inshodir. Erkin mavzudagi inshoda o„quvchining biror mavzu bo„yicha turli fanlar, boshqa manbalardan olgan bilimlari va uning shaxsiy taassurotlari birgalikda ifodalanadi.
Erkin mavzuda ijod qilish hayotni yaxshi tushunish va bilishni, narsa, voqea-hodisalar haqida yetarli darajada ma‟lumotga, fikrga ega bo„lishni, ularni bir-biri bilan taqqoslab, umumiy xulosalar chiqarishni, o„qilgan badiiy asarlar, ko„rilgan kinofilm yoki teleko„rsatuvlarni umumlashtirib, hukm chiqarishni talab etadi. Shu jihati bilan u adabiy insholarga nisbatan birmuncha murakkab.
Zero, erkin mavzudagi insho o„ziga xos kichik nasriy asar bo„lib, unda o„quvchining o„zligi ko„proq namoyon bo„ladi. Bunday insholar uchun material haddan tashqari ko„p topiladi. Kuzatish natijalari, hayotdagi narsa, voqea-hodisalar yuzasidan to„plangan muhim dallilar, taassurotlar – barcha-barchasi erkin insho uchun material bo„lib xizmat qiladi.
393
Erkin mavzudagi insho ommabop uslubda yoziladi.
Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so„z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi.
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o„ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo„lgan matndan so„ng (so„roq yoki undov gap bo„lmasa) nuqta qo„yiladi, muallif nomi qavs ichida beriladi.
Inshoda epigraf bo„lishini qat‟iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriy. Lekin mavzu va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlash inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini ko„rsatadi.
Tartib – taraqqiyot va rivojlanish asosi. Kunning tunga, tunning kunga aylanishi, oy va fasllarning, yil va asrlarning almashinuvi tartibning yorqin namunasidir. Tartib bor joyda muvaffaqiyat bo„ladi. Tartibli bajarilgan har qanday ish yaxshi natijalarni beradi. Insonning tartibli faoliyati – rejali ish yuritish. Tartibli inson har bir ishini – mehnatdan tortib sarf-xarajatgacha reja asosida amalga oshiradi. Shuning uchun xalqimiz reja va rejalashtirishning hayotimizdagi ahamiyatini “Reja tuzish – yarim uddalash” deb bejiz ifodalamagan. Insho yozish ham faoliyat, aniqrog„i, nutqiy faoliyat. U ham reja asosida amalga oshiriladi. Inshoni yozishga tayyorgarlik jarayoni ham, inshoning o„zi ham rejasiz amalga oshirilsa, u sifatsiz chiqishi muqarrar.
Demak, insho yozish uchun tayyorgarlik jarayoni qat‟iy reja asosida amalga oshiriladi. Inshoning o„zi ham puxta reja asosida yozilishi lozim.
Inso rejasi tuzilishiga ko„ra ikki xil bo„ladi:
1) sodda reja va 2) murakkab reja.
Sodda rejada kirish, asosiy qism, xulosa ajratilmaydi. Masalan, o„quvchi “Men sevgan asar” mavzusida erkin insho yozsa, sodda reja tuzishi mumkin. Sodda reja insho yozuvchining imkoniyatiga qarab 3ta, 4ta yoki 5ta bo„lish mumkin. Jumladan,

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling