O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
Tasviriy insholar. Turmushdagi narsalar, hayotdagi voqea- hodisalar, odamlar, jamiki jonli va jonsiz mavjudotning muhim belgilari, xususiyatlarini yoritishga mo„ljallangan insholar tasviriy insholardir.
Tasvirning uch ko„rinishi mavjud: a) oddiy tasvir; b) ilmiy tasvir; badiiy tasvir. Oddiy tasvir – hammaga tushunarli bo„lgan, hamma tezda anglab olishi mumkin bo„lgan tasvir shakli. O„quvchi narsa, buyum, voqea- hodisalarni oddiy so„zlar bilan, hammaga tushunarli bo„lgan shaklda bayon qiladi. Bunday inshoda tasvirlanayotgan narsaning hamma belgilari birin-ketin ko„rsatiladi, unga muallifning munosabati ifodalanmaydi hamda badiiy vositalar ishga solinmaydi. Ilmiy tasvirda turmushdagi narsa-buyumlarning eng muhim belgilari aniq dallilar asosida qat‟iy mantiqiy izchillikda beriladi. Masalan, suv, paxta, quyosh va hokazolarning ilmiy tasviri kabi. Buning yorqin misoli, masalan, maktabning fizika, ximiya, botanika, biologiya yoki zoologiya kabi darsliklaridir. Ulardagi matnlar, asosan, ilmiy tasvirda berilgan. Ilmiy tasvirda, albatta, narsaning nomi, nima maqsadda qo„llanilishi, uning nimadan tayyorlanganligi, qanday qismlardan iboratligi, shakli, hajmi, rangi kabilar ko„rsatiladi. Badiiy tasvirda esa narsalarning hamma belgilari emas, balki muallif uchun muhim va aniq bo„lganlarigina ko„rsatiladi. Bunday tasvirda o„quvchi o„xshatish, jonlantirish kabi tasviriy vositalardan, badiiy so„z va iboralardan bemalol foydalana oladi. Tasviriy insho* o„quvchi tomonidan yaratilgan mustaqil kichik badiiy, ijodiy asardir. Ona tili mashg„ulotlarida hayotdagi narsalar, hayvonlar, voqea- hodisalar: insonning tashqi qiyofasi, tabiat manzarasi, ma‟lum bir joyning (masalan, sinf xonasi, dars tayyorlaydigan xona va h.) tasvirini yaratishdan ko„p foydalaniladi. Masalan, Tasviriy insholar ramziy-badiiy insholar nomi bilan ham yuritiladi. Inshoning adabiy va adabiy-ijodiy insho xillari oralig„ida turuvchi ramziy-badiiy insho turi tasviriy xarakterga ega bo„lib, u nutqiy ko„nikmalarning yuqori pog„onasidir. 397
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling