O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet204/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

bayon, insho va ijodiy matnda: imloviy (orfografik) xato; ishoraviy (punktuatsion) xato; grafik (harflarning shakli bilan bog„liq) xato; uslubiy (stilistik) xato; daliliy (faktik) xato.
Imloviy (orfografik) xatolar deganda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
  1. so„zni noto„g„ri yozish: a) sodda tub, sodda yasama so„zlarni xato yozish: do‗s (do„st), filalogiya (filologiya), etikduz (etikdo„z), habarchi (xabarchi) kabi; b) qo„shma so„zlarni xato yozish: xom ashyo (xomashyo), havo rang (havorang) bir oz (biroz) kabi; d) juft va takror so„zlarni xato yozish: huzur halovat (huzur-halovat), yaxshiyu yomon (yaxshi-yu yomon), oqu-qora (oq-u qora), qavat qavat (qavat- qavat), yon mayon (yonma-yon), qadamba-qadam (qadam-baqadam) kabi; e) shartli qisqartmalarni xato yozish: Bux.DU (BuxDU), B.M.T. (BMT), D Karimova (D.Karimova) kabi;


  2. bo„g„inni noto„g„ri ko„chirish: kelin-gizlar (keli-ngizlar), bil- an (bi-lan), den-giz (de-ngiz), e-shikdan (eshik-dan), A.-Navoiy (A.Navoiy) va b.);


401

  1. tutuq belgisini noto„g„ri qo„llash*: ma‘sul (mas‟ul), nemat

(ne‟mat), mayus (ma‟yus) kabi;


  1. asos va qo„shimchalar imlosida xatoga yo„l qo„yish: borayapman (boryapman), shovilla (shovulla), mavqeim (mavqeyim) kabi;


  2. izofalari birikmalarni noto„g„ri yozish: Buxoroi sharif


(Buxoroyi sharif), baldai Kashmir (baldayi Kashmir) kabi;


  1. chiziqchani noto„g„ri qo„llash: yaqin yaqingacha (yaqin- yaqingacha), bilinar bilinmas (bilinar-bilinmas), soydan-soyga (soydan soyga), to‗g‗ridan-to‗g‗ri (to„g„ridan to„g„ri), kelmadiku (kelmadi-ku) kabi;


  2. bosh harflar imlosida xatoga yo„l qo„yish: Fanlar Akademiyasi (Fanlar akademiyasi), Jahon Tinchlik kengashi (Jahon Tinchlik Kengashi) va b.


Ishoraviy (punktuatsion) xatolar deganda o„zbek puktuatsiyasidagi 10ta tinish belgisi (nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, ko„p nuqta, so„roq belgisi, undov belgisi, qo„shtirnoq, qavs, tire)ning noto„gri ishlatib qo„yilishi nazarda tutiladi.


Grafik xato harflarning shakli bilan bog„liq bo„lib, masalan, lotin alifbosidagi bosh harflar, odatda, yozuvda satr chizig„idan pastga tushmaydi. Ammo ko„p o„quvchilar J, G, Y, G„ harflarining yozma shaklini satr chizig„idan pastga tushirib yozishadi. (Garchi bular juz‟iy bo„lsa-da, xato hisoblanadi.)
Uslubiy (stilistik) xatolarga quyidagilar kiradi:
  1. jumlani noto„g„ri (mujmal) tuzish: Kecha uyimizga opam kelishdi (Kecha uyimizga opamlar kelishdi), Xoldorxon xola hali yosh edi (Xoldorxon opa hali yosh edi) kabi;


  2. kelishik qo„shimchalarini noto„g„ri qo„llash natijasida jumla ma‟nosiga putur yetkazish: Men maktab o‗qiyman (Men maktabda o„qiyman), Olmani guli go‗zal (Olmaning guli go„zal), Men uyga bo‗laman (Men uyda bo„laman) kabi;


  3. so„zlarni paronimik juftliklari bilan almashtirib qo„llash: Men uchun oilam hammasidan abzal (Men uchun oilam hammasidan afzal), Menga xatning asilini ber (Menga xatning aslini ber) va b.;





  • Tutuq belgisini o„rinsiz qo„llamaslik natijasida paronimik munosabat yuzaga kelsa, bu uslubiy xato sanaladi. Masalan, da‘vo – davo, tal‘at–talat, she‘r–sher kabi.


402

  1. xatboshi (abzats)ni noto„g„ri qo„llash: ba‟zan mutlaqo xatboshidan yozmaslik;

  2. jumlada varvar yoki vulgarlarni qo„llash: Bugun hamma ishlarim ok bo‗ldi (Bugun hamma ishlarim a‟lo bo„ldi); Menga megajinlar yoqmaydi (Menga odobsizlar yoqmaydi) kabi;


  3. so„zning lug„aviy ma‟nosini to„g„ri anglamay, uni noo„rin qo„llash: Dalaga paxta ekildi (Dalaga chigit ekildi); Kelishda avtobusga mindim (Kelishimda avtobusga chiqdim), Cho‗ntagimdan pulim yuqilibdi (Cho„ntagimdan pulim tushib qolibdi) kabi;


  4. jumlada sheva so„zlarini o„rinsiz qo„llash: Ukam 3-sinfda o‗qiyopti (Ukam 3-sinfda o„qiyapti), Buvim bahorda pidanadan cho‗chvara pishiradilar (Buvim bahorda yalpizdan cho„chvara pishiradilar) kabi.


(Izoh: Agar bitta gap tarkibida birdan ortiq uslubiy xato uchrasa- da, ular bitta xato sanaladi. Masalan, Bizni sinfga o‗ttiz bola o‗qigan (Bizning sinfimizda o„ttiz nafar bola o„qigan) kabi.


Daliliy (faktik) xatolar, odatda, muhim sanalarni, voqea-hodisa, bayram-tantana nomlarini yoki mashhur kishilarning ismi (yoki familiyasi, taxallusi)ni, ba‟zan bayonda aytilgan muayyan fikrni noto„g„ri ishlatib qo„yish bilan bog„liq. Masalan, Eslash kuni (Xotira bayrami), Abdulla Qahhorov (Abdulla Qahhor), 1442-yil 9-fevral – ulug‗ siymo tavallud topgan kun (1441-yil 9-fevral – ulug„ siymo tavallud topgan kun) va b.
Odatda, tajribali o„qituvchilar yozma ishlarni tekshirganda aniqlangan xatolarni belgilar bilan ko„rsatib qo„yishadi. Bular quyidagilar:
orfografik xato harfni tagiga bir to„g„ri chiziq (_), ortiqcha yozilgan harf tagiga ikki to„g„ri (=) chiziq, so„z xato yozilgan yoki jumlada sintaktik aloqa buzilgan bo„lsa, bir uzun to„g„ri ( ) chiziq, uslubiy xatoga yo„l qo„yilgan bo„lsa, tagiga () to„lqinli chiziq chiziladi. Bir yoki bir necha jumlada uslubiy xatolar bo„lsa, daftarning hoshiyasiga qo„sh (||) tik chiziq ishorasi qo„yiladi; jumlalar orasida aloqa bo„lmay fikr tushunarsiz bo„lsa, daftarning hoshiyasiga bir tik (|) chiziq ishorasi yoki savol alomati (?) qo„yiladi. Yangi fikr yangi yo„ldan boshlanmagan bo„lsa, jumladagi birinchi so„z oldidan yangi yo„ldan boshlash ishorasi (Z) qo„yiladi va h.
403

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling