O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Foydalanish uchun adabiyotlar: [2;7;8;12;16;17;20;27;33;34;35]


Download 1.17 Mb.
bet206/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanish uchun adabiyotlar: [2;7;8;12;16;17;20;27;33;34;35]



DARSDAN TASHQARI ISHLAR


Reja:

    1. Darsdan tashqari ishlarning mazmun-mohiyatiga ko„ra turlari.


    2. Maktabda ona tilidan iqtidorli bolalar bilan ishlash yo„llari.



Mavzuga oid tayanch tuhunchalar



Sinfdan tashqari ishlar, o‗quvchilarning bo‗sh vaqtini tashkil etish, pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarli, maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o‗tkazish, viktorina va ko‗rgazmalar uyushtirish, tabiat qo‗yniga, sport, san‘at saroylari va muzeylarga ekskursiya, to‗garak ishlari, mustaqil ishlar


Sinfdan tashqari ishlar – umumiy o„rta ta‟lim maktabi o„quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o„quvchilarning bo„sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o„quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga o„quvchilar bilan o„tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg„ulotlar tizimi kiradi. Bunday mashg„ulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning o„z- o„zini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda
405
uyushtiriladi. O„quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda o„quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o„tkazish, viktorina va ko„rgazmalar uyushtirish, tabiat qo„yniga, sport, san‟at saroylari va muzeylarga ekskursiyaga chiqish), to„garak ishlari (o„quvchilarning turli to„garaklar, sport seksiyalari, ansambllarda qatnashish), mustaqil ishlar (o„quvchilarning sinfdan tashqari o„qishi, kolleksiya to„plashi, texnika, musiqa, tasviriy san‟at, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shug„ullanishi)ni ko„rsatish mumkin155.
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta‟limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko„zlaydi. Uning ta‟limiy ahamiyati shundaki, o„quvchi bu jarayonda qo„shimcha bilim, malaka va ko„nikmalarga ega bo„ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tеzkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko„rsatish, nutq odobini tarbiyalash kabi ijobiy ishlarda o„z ifodasini topadi.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mazmuni quyidagicha:
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni o„tkazilish davriga qarab ikki turga –1) doimiy va 2) mavsumiy tadbirlarga bo„lamiz.
Doimiy tadbirlarga to„garak mashg„ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o„tkazilib turishiga qarab mavsumiy tadbirlarga kiradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling