O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Ona tili o„qitishda ta‟lim, tarbiya va rivojlanish uyg„unligi tamoyili


Download 1.17 Mb.
bet74/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Ona tili o„qitishda ta‟lim, tarbiya va rivojlanish uyg„unligi tamoyili. Ta‟lim – tarbiyaning muhim omili. Yana ham aniqroq aytsak, ta‟lim va tarbiya bir butunlik, bir-biridan ajralmasdir. “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo„lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta‟lim- tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo„lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‟lim va tarbiya ishini uyg„un holda olib borishni talab etadi.
Ta‟limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‟limdan ajratib bo„lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”.127
Ta‟lim va tarbiya bir-biridan ajralmas ekan, ta‟lim maqsadi va tarbiya maqsadi mohiyatan bir bo„lishi, jamiyatniing bugungi taraqqiyoti ehtiyojmand shaxsni yetishtirishga xizmat qilmog„i shart. Bunda, albatta, o„qituvchi-murabbiy faoliyati ulkan ahamiyatga ega. Ustoz-murabbiy faoliyati tufayli ta‟lim jamiyat tomonidan puxta o„ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, jamiyat kutgan natijalarni beradi. Inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo„lgan ta‟lim,


127 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008.–61-62-б.
152
bilimlarni o„zlashtirish natijasida tafakkur rivojlanishini tezlashtiradi, tarbiya jarayoniga onglilik, uqilganlik, istiqboliy rivojlanuvchanlik bag„ishlaydi.
Ta‟limning maqsadi o„qitishning ma‟lum maqsadga qaratilganligini va shu maqsadga muvofiqligini o„zida aks ettirgan, ta‟limning ijtimoiy tabiatini, uning jamiyatdagi mohiyatini ochib beradigan, uning yo„nalishini, mazmunini, shakl va usullarini belgilab beradigan boshlanmadir. Ta‟lim maqsadida tarbiyaning maqsadi, ya‟ni insonga nisbatan u qanday bo„lishi kerak, unga qanday ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta‟lim berish kerak, degan talablar ifodalangan bo„ladi. Ta‟lim jarayonida ta‟lim va tarbiya maqsadlarini belgilovchi jamiyat talablari to„la holda aks etsagina, bola shaxsi har tomonlama kamol topadi. Ta‟lim va tarbiyaning mushtarak maqsadi ta‟lim jarayonini, ta‟lim mohiyatini, uning mazmuni, vositalari, usuli, o„qituvchi~o„quvchi munosabatlari va, nihoyat, uning samarasi – qanday shaxs(mutaxassis)ni yetishtirishni belgilab beradi.
Ta‟lim va tarbiyaning mushtarak maqsadi talablariga javob beradigan shaxs, o„z navbatida, ta‟lim maqsadini oldingi bosqichdan yana ham yuqoriroq pog„onaga ko„tarishni talab qiladi va mana shu holatdagina jamiyat va shaxs taraqqiyoti uzluksiz ilgarilab, yuksalib boradi – maqsadni voqelantirish qanday shaxsni yetishtirishni, jamiyatning umumiy tarbiyalanganlik darajasi esa bo„lg„usi taraqqiyot yo„nalishini belgilaydi. Demak, ta‟lim va tarbiyaning mushtarak maqsadi jamiyatdan oziqlanadi va ayni zamonda jamiyat kelajagini belgilaydi. Butun ta‟lim jarayoni–ta‟lim materialidan boshlab, ta‟lim natijasi (samarasi)gacha – shu maqsadi bilan belgilanadi. Ta‟lim va tarbiyaning mushtarak maqsadi oldida turgan bosh masala: jamiyatga bugun va kelajakda jamiyat ravnaqi hamda istiqboli uchun qanday shaxs (mutaxassis) tayyorlash kerak, jamiyat qanday shaxsni talab qiladi – ta‟lim jarayoni shunday shaxsni yetishtirib berishi zarur. Mana shuning uchun o„qitishning eng muhim bo„g„inlarida ta‟lim va tarbiyaning mushtarak maqsadi davlat tomonidan belgilab qo„yilgan va jamiyat uchun umumiy va qat‟iy qonun tusini oladi.
Demak, ta‟lim, tarbiya va rivojlanish–bir butun jarayon. Ularni bir-biridan ajralgan holda alohida-alohida yoki darsning muayyan bir bosqichida birin-ketinlik bilan amalga oshirib bo„lmaydi. O„quvchilar ona tili darslarida har bir mashg„ulot jarayonida bajaradigan ishlar:
153

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling