O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo„lur


Download 1.17 Mb.
bet82/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo„lur.

Mahmudxo„ja Behbudiy

O„qituvchi ona tilining umumdidaktik tamoyillari bilan bir qatorda, uning o„ziga xos tamoyillarini ham yaxshi bilishi va ta‟lim jarayonida unga qat‟iy amal qilishi lozim. Zero, o„rta umumta‟lim maktablarida ona tili ta‟limining o„ziga xos tamoyillari milliy o„zlik, milliy tafakkur, milliy dunyoqarash masalalari bilan chambarchas bog„lanadi.



Ona tili o„qitishda “til ~me‟yor~ nutq mutanosibligi” tamoyili. Til va nutq hodisalariga o„zaro farqlab yondashishni dastlab VIII-IX asrlarda arab tilshunosligida, keyinchalik tilning turli qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni yaxlit bir butunlik, bir sistema sifatida o„rganuvchi (XX asrning 20-yillarida shakllangan va sistem-struktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo„lgan) tilshunoslik namoyandalari
169
V.Gumboldt, A.Shteyntal, Boduen de Kurtene ta‟limotlarida uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni ilmiy va amaliy farqlash, shu tushunchalarni batamom yangi mazmunda qo„llash Ferdinand de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta‟limot bilan bog„liq. Lison (til) va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholandi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o„zgartirib yubordi.
Lison (til) deyilganda ma‟lum bir jamiyatning barcha a‟zolari uchun avvaldan tayyor holga keltirilib qo„yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o„zaro birikish qonuniyatlari yig„indisi tushuniladi.
“Til – g„oyalarni ifodalovchi ramzlar sistemasi, nutqiy qobiliyatning ijtimoiy mahsuli, ijtimoiy jamoa tomonidan hosil qilingan zaruriy ramzlar (imkoniyatlar) majmuidir”, degan edi tilshunos F.de Sossur. Zero, til har bir jamiyat uchun “azaldan tayyor” qabul qilinishi umumiy va majburiy bo„lgan, avlodlar merosi hamdir. Til–o„z-o„zidan rivojlanish, o„zgarish, ta‟sirga berilish, jamiyat talablari asosida yangilanish, biologik organik sistemalar singari ehtiyojlarga moslashish, zaruriyatni qondirish, kemtiklikni (yetishmaydiganini) to„ldirish xususiyatlariga ega, boshqa ramziy tizimlarda esa muqimlik, ular faqat tabiiy til asosida, ya‟ni inson ongi va faoliyati orqali yangilanishi, o„zgarishi, rivojlanishi mumkin. Tilning amalda bo„lish holatlariga tazyiq o„tkazib bo„lmaydi. Lekin tegishli yo„l-yo„riqlar, ko„rsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi zarur. Bu me‟yoriy tavsiyalarning qanchalik hayotiy ekanligini esa amaldagi nutqiy jarayonning o„zi belgilaydi. Zero, me‟yoriy hujjatlarsiz, yo„l- yo„riqlarsiz ham til va nutq rivojini tasavvur etib bo„lmaydi. Qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonun buni yaqqol isbotladi.
Bilamizki, istalgan millat tili uning milliy tafakkuridan oziqlanadi. Zero, til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisalardir. Tilsiz tafakkur bo„lmaganidek, til ham tafakkursiz bo„lmaydi.131 Tilning bunday talqini uning psixofizik hodisa
131Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1981, 20-bet.
170
ekanligini, u o„ziga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) kabi sifatlarni mujassamlashtirganligini isbotlaydi.
Til va tafakkurning birligi nutqda o„z ifodasini topadi. Nutq og„zaki va yozma holda mavjud bo„lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya‟ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo„lib qoladi.132
Til va nutq o„rtasidagi munosabatlarni o„rganish hozirgi zamon tilshunosligining eng muhim vazifalaridan biri. Bu masala alohida bir milliy tilni yoki umuman tillarni nazariy ta‟riflashdagi boshlang„ich nuqtadir. Til va nutq hodisalarini farqlash aksariyat tilshunoslar tomonidan tan olinadi, ammo ularning mohiyatini, chegarasini aniqlash mezonlari haqidagi fikrlar turli-tuman.
Ferdinand de Sossyur til va nutqni nutq faoliyatining ikki ajralmas bo„lagi deb hisoblab, ularni “bir paytning o„zida fizik, fiziologik va psixik, bundan tashqari, individual va ijtimoiy munosabatlarga daxldor” jarayonlar deb ta‟riflagan edi.
Nutq, birinchidan, fikr-mulohaza bildirish jarayoni, ikkinchidan, u
–til qurilmasi faoliyati natijasi.
Til potensial hodisa bo„lib, kishilar ongida bolalikdan o„zlashtirilgan gapirish qobiliyati va nutq orqali ifodalangan fikrni tushunish vositasi sifatida mavjud bo„ladi. Nutq esa mavjud imkoniyatni voqelantirish va so„zlashuv qobiliyatini aniq muhitda amalga oshirish jarayonidir.
Nutq har bir alohida kishini individ va shaxs sifatida xarakterlovchi eng samarador vositalardan biri. Insonlar muloqoti nutq orqali amalga oshiriladi. Uning yordamida odam o„z fikrini, hissiyotlarini, kayfiyatini, istaklarini ifodalaydi.Gapirish va tushunish jarayoni odamlar orasida fikr almashinuv, hissiyotlarini bildirish, axborot uzatish ehtiyoji tufayli ro„y beradi va bularning hammasi ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Nutqning aynan mana shu ijtimoiy asosini til tizimi tashkil qiladi. Demak, nutq umumiy va ijtimoiy xususiyatga ega bo„lgan tilga nisbatan individual munosabatdagi hodisadir.133


132Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ. – Тошкент, 1993, 31-bet.
133Каримов С. Тил таълими ва меъѐр. – Тошкент, 2002.
171
Lison va nutq, ularning birliklari munosabatiga dialektik, dialektika kategoriyalari nuqtayi nazaridan yondashilganda, u haqdagi tasavvur va bilimlarimiz to„laqonli bo„ladi.
Til turli xil birlik (fonema, morfema, leksema, frazema, model)larning, ular orasidagi barqaror munosabatlarning majmuyi, nutq esa mazkur majmuaga doir bo„lgan birliklarning muayyan sharoitda ma‟lum qismidan foydalanib, zaruriy kommunikativ maqsadlar uchun hosil qilingan moddiylik (so„zshakl, so„z birikmasi, gap) lardir.
Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Ne‟matov va R.Rasulovlar substansial tilshunoslik “til-me‟yor-nutq” tarzida ajratishini ta‟kidlashib, qayd qiladilarki: “Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a‟zolarining ongida mavjud bo„lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo„lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o„zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig„indisi sifatida qaraladi.
Nutq tilning namoyon bo„lishi, ro„yobga chiqish, voqelanish shakli bo„lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir.
Me‟yor (norma) – til birliklarini nutqning u yoki bu ko„rinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bo„lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir”.134
Demak, til va nutq tizimida me‟yor ham o„z o„rniga ega. Tafakkurimizda aks etgan borliq tilda moddiylashib, nutqda yuzaga chiqar ekan, u qanday shakl va ko„rinishda voqelanishi jamiyat tomonidan muayyan me‟yorlar bilan belgilangan bo„ladi. Masalan, ”Ovqatingni ye” tushunchasini imo-ishora bilan ifodalashimiz mumkin. Og„zaki nutqda esa jamiyat a‟zolari tomonidan qabul qilingan maxsus tovushlar tizmasi mavjud bo„lib, biz ularni talaffuz etishimiz – aytishimiz shart. Aytilganlarning barchasi me‟yorning tarkibiy qismlaridir. Shunga ko„ra til imkoniyatlari me‟yor darchasidan o„tib, nutqda yuzaga chiqadi.135
Muayyan tilda ifodalanadigan me‟yorlar, albatta, o„sha tilning milliylik va tarixiyligi zaminida belgilanishi shart. Tildagi davriy va


134Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1995.–7-bet.
135O„sha asar.–27-bet.
172
doimiy me‟yorlarni farqlash lozim. Til elementlarining ma‟lum bir me‟yorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi.
O„zbek adabiy tilida quyidagi me‟yorlar belgilangan:
–leksik-semantik (so„z qo„llash bilan bog„liq) me‟yorlar;
–orfoepik (talaffuz bilan bog„liq) me‟yorlar;
–aktsentologik (urg„u qo„llash bilan bog„liq) me‟yorlar;
–fonetik (nutq tovushlarini qo„llash bilan bog„liq) me‟yorlar;
–grammatik (morfologik va sintaktik) me‟yorlar;
  • so„z yasalish bilan bog„liq me‟yorlar;


  • orfografik (to„g„ri yozish bilan bog„liq) me‟yorlar;


–grafik (harflarning shakli bilan bog„liq) me‟yorlar;


  • punktuatsion (tinish belgilari bilan bog„liq) me‟yorlar;


  • stilistik (nutq uslublari bilan bog„liq) me‟yorlar.


Ona tili ta‟limida “til-me‟yor-nutq” o„zaro chambarchas bog„langan bo„lib, birini ikkinchisiz tasavvur etib bo„lmaydi. Dars mashg„ulotlarida ular o„rtasida mutanosiblik o„rnatilmasa, ona tili ta‟limining asosiy maqsadiga erishib bo„lmaydi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling