O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet79/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Ona tili o„qitishda ko„rsatmalilik tamoyili. Ko„rsatmalilik ona tili ta‟limi uchun o„ta muhim jihatlardan biri sanaladi. Sababki, ushbu o„quv predmetining tabiati, mavhum tushunchalarning mohiyatini anglash ko„rsatmalilikni ko„proq talab etadi. O„quvchi ko„rish orqali narsa, hodisa, tushunchalarning tildagi ifodasi xususida aniq tasavvurga ega bo„ladi. Mavzu mohiyatini tezroq anglaydi. Xalqimizda: “Yuz eshitgandan bir ko„rgan yaxshi” degan naql bejizga aytilmagan.
Ona tili ta‟limi jarayonida foydalanish mumkin bo„lgan ko„rsatmali materiallar juda ko„p va xilma-xil. Chunonchi, tabiiy yoki aniq buyumlar (predmetlarning asl namunalari: masalan, qalam, daftar, kitob; nok, anor, olma; savat, bug‗doy, paxta, sholi;choynak, piyola va h.); kompyuter grafikasi materiallari (masalan, mavzuga oid nazariy chizmalar, jadvallar, harakatli topshiriqlar,topshiriqli slaydlar va h.); tasviriy san‟at namunalari (masalan, tabiat manzarasi, portret), musiqa (masalan, mumtoz milliy kuylar), kino (Alpomish,
Shum bola‖, ―Sariq devni minib‖ kinofilmlaridan parcha), vedeo tasvirlar kabi vositalar shular jumlasidandir. Ona tili mashg„ulotlarida doska, flipchart qog„ozi, markerlar, multimediya to„plami (kompyuter, videoproektor, ekran, ovoz ko„targich), elektron doska, televizor, epidiaskop, filmoskop, magnitofon kabi texnik va notexnik vositalardan foydalanish dars samaradorligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Masalan, 6-sinfda “Sifat” mavzusini o„tishda quyidagi slaydlardan ko„rsatmali material sifatida foydalanish mumkin:
1-topshiriq. Quyida berilgan sifatlarni tuzilishi jihatidan turlarga ajrating. Ular ishtirokida avval so„z birikmalari, keyib esa sodda gaplar tuzing.
161


  1. topshiriq.Rasmda ko„rsatilgan meva nomlarini toping. Ular ishtirokida so„z birikmalari tuzing. Hokim so„zi sifat bilan ifodalangan so„z birikmalarini izohlang.




  1. topshiriq.Rasm asosida bog„lanishli matn tuzing. Tuzgan matningizda sifatning ma‟no jihatdan barcha turlari ishtirok etsin.

162
Ko„rsatmali material muhim axborot manbayi hamdir. Chunki o„quvchi darslik, o„qutuvchining bayoni, ommaviy axborot vositalaridan qanday axborot olsa, ko„rsatmali materialdan ham shunday ma‟lumot olishi mumkin.

Ona tili ta‟limi jarayonida ko„rsatmali materiallardan foydalanish ham o„qituvchining, ham o„quvchining vaqtini tejaydi. Masalan, 5- sinfda “Ibora” mavzusini o„tishda ekranga til, yurаk, yеr, pеshоnа tаsvirlаngаn rаsmlar chiqariladi va 5 dаqiqа ichidа hаr bir guruh bеrilgаn rаsmlаr аsоsidа ibоrаlаr tоpishlаri hamda ulаrni guruh а‟zоlаridаn biri o„qib bеrishi kеrаkligi aytiladi. O„quvchilar topshiriqni bajarib bo„lishgach, ekranga quyidagilar navbat bilan chiqariladi va o„quvchilar hukmiga havola etiladi:



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling