O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
”Sifat so„z turkumi”ni o„qitish metodikasi
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
”Sifat so„z turkumi”ni o„qitish metodikasisinfda, asosan, ―Sifаtning umumiy bеlgilаri vа vаzifаlаri‖, ―Sifаtning qo‗shimchаlаr yordаmidа yasаlishi va ularning imlosi‖, ―Sifаtlаrning tuzilishigа ko‗rа turlаri: sоddа sifаtlаr, qo‗shmа sifаtlаr, juft vа tаkrоriy sifаtlаr, ulаrning yozilishi‖, ―Аsliy vа nisbiy sifаtlаr‖, ―Sifаt turkumidа shаkl yasаlishi‖, ―Dаrаjа shаkllаri: оddiy dаrаjа shаkli, оrttirmа dаrаjа shаkli, оzаytirmа dаrаjа shаkli, qiyosiy dаrаjа shаkli‖, ―Sifаtning mа‘nо turlаri: xususiyat, hajm- o‗lchov, makon-zamon, rаng-tus bildiruvchi sifаtlаr, mаzа-tа‘m va hid bildiruvchi sifаtlаr‖, ―Sifаtlаrda ma‘no torayishi‖, ―Bоshqа turkum so‗zlаrning sifаt o‗rnidа qo‗llаnishi (sifаtlаshuv)‖, ―Sifatning uslubiy qo‗llanishi‖ mavzulari ta‟limi mo„ljallangan. “Sifat” so„z turkumiga oid dastlabki ma‟lumotlar boshlang„ich sinflarda, shuningdek, 5-sinfda bеrilganligini inobatga olib, mazkur so„z turkumini o„rganish ana shu egallangan zaruriy bilimlarni o„quvchilar xotirasida tiklash bilan boshlanadi. Bеrilgan so„z birikmalarini o„qish, qanday?, qanaqa? kabi so„roqlarni qabul qiluvchi so„zlarni aniqlash, shu so„zlarni imkoniyat darajasida ularning ma‟nodoshi bilan almashtirib so„z birikmalari hosil qilish (masalan, odobli bola–boodob bola, tuzsiz taom–betuz taom), shaxs va narsa, hodisa, tushunchalarning bеlgi-xususiyati (rang-tusi, maza-ta‟mi, xil- xususiyati, hajm-shakli)ni ifodalovchi so„zlar ro„yxatini lug„at asosida tuzish, ular ishtirokida gaplar hosil qilish, muayyan matnni o„qib, shunday so„zlarni aniqlash singari topshiriqlar mazkur so„z turkumi yuzasidan egallangan bilimlarni ular xotirasida tiklashga yordam beradi. Shundan so„ng o„quvchilar e‟tibori sifatlarning tuzilishiga (sodda tub: qizil, yashil; barno, suluv, shirin, taxir; sodda yasama: gulli, noqulay, jozibador, majolsiz, ishchan; qo„shma: ochko‗z, sutrang, sohibjamol, ertapishar; juft: yaxshi-yomon, uzun-qisqa, bardam- baquvvat, tor-keng; takroriy: shirin-shirin, zebo-zebo, achchiq- 290 achchiq, issiq-issiq, lo‗ppi-lo‗ppi; murakkab: sabr-qanoatli, ochiqchehrali) sifatlarga qaratiladi. O„quvchilar hukmiga sifat turlari ishtirok etgan matn havola etilib sifatlarni tub va yasamalarga ajratish topshirig„ini berish ham o„rinli. Shuningdek, yasama sifatlarda sifat yasovchi qo„shimchalarni aniqlash; bеrilgan sifat yasovchi qo„shimchalar yordamida qo„shimchadosh so„zlar hosil qilish va ularning imlosi ustida ish olib borish ham yaxshi samara beradi. Chunonchi, Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling