O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
”Ot” so„z turkumini o„qitish metodikasi
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
”Ot” so„z turkumini o„qitish metodikasiO„quvchilar ona tili ta‟limining izchil kursida оt, uning lug„аviy mа‟nоsi, mоrfоlоgik bеlgilаri vа sintаktik vаzifаsi; оtning mа‟nо turlаri; аtоqli оtlаrning uslubiy qo„llаnishi; оtlаrdа sоn shаkllаri; ko„plik qo„shimchаsi; kеlishik hamda egаlik qo„shimchаlаrini olib turlаnishi; оtlаrning tuzilish jihаtdаn turlаri (sоddа, juft, qo„shmа vа qisqаrtmа оtlаr) kabilar bilan bog„liq amaliy ishlarni bajaradilar. 6-sinfda, asosan, ―Otlarning tuzilishiga ko‗ra turlari: sodda ot; qo‗shma ot; juft ot; takroriy ot va ularning imlosi‖, ―Аtоqli оtlаr 283 hаqidа umumiy mа‘lumоt‖, ―O‗rin-jоy nоmlаri (tоpоnimlаr) vа ulаrning imlоsi‖, ―Tashkilot, korxona va muassasa nomlari‖, ―Tarixiy sana va bayram nomlari‖, ―Suv havzalari va inshootlari nomlari‖; ―Turdоsh оtlаr vа ulаrning mа‘nо turlаri―, ―Shахs оtlаri vа ulаrning yozilishi‖, ―Shахsni bоshqа jihаtlаrgа ko‗rа аtоvchi оtlаr‖, ―Nаrsа оtlаri, ulаrning yasаlishi vа yozilishi‖, ―O‗rin-jоy (mаkоn)ni аtоvchi оtlаr, ulаrning imlоsi‖, ―Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar‖, ―Аniq vа mаvhum оtlаr‖, ―Mavhum ot yasovchi qo‗shimchalar va ularning imlosi‖; ―Otlarning lug‗aviy shakllari‖, ―Son shakllari‖, ―Otlarning kichraytirish va erkalash shakllari‖ mavzulari ta‟limi nazarda tutilgan. Otlarning prеdmеt, jarayon, tushuncha, voqea-hodisa nomlarini bildirib kim?, nima?, qayer? so„roqlariga javob bo„lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo„shiladigan kеlishik, egalik qo„shimchalari boshlang„ich sinflardanoq o„quvchilarga ma‟lum. Mazkur so„z turkumini o„rganishda dastlab ana shu o„rganilganlarni o„quvchi xotirasida tiklash maqsadida unga qayta xotiralash va qisman ijodiylikka asoslangan ta‟limiy topshiriqlar beriladi, takrorlash o„tkaziladi. Takrorlash jarayonida ot turkumiga kirgan so„zlar semantik jihatdan turli-tumanligiga e‟tibor qaratish muhim. Jumladan, otlar borliqdagi narsa-buyum nomlarini anglatadi: olma, gul, daraxt, piyola, qoshiq, kitob, uzum; shaxsga xos umumiy nomlarni ifodalaydi: inson, odam, bola, yigit, o‗smir, qiz, ayol, ota, ona, opa; jism va modda nomlarini bildiradi: suv, un, bug‗doy, qand, sut, asal, qor; jonli narsalar va organizmlar nomini ifodalaydi: qush, baliq, kaklik, tovuq, echki, mikrob, amyoba; belgi-xususiyat, harakat, holat nomlarini, shuningdek, mavhum tushunchalarning nomini bildiradi: shodlik, qo‗rqinch, tezlik, qizillik, shovqin, saylov, kurash, yig‗ilish kabi. Otlarning tuzilishiga ko„ra turlari (sodda tub: bayroq, odam, daraxt, qizaloq, bahor; sodda yasama: quvonch, gulchi, tilshunos, bolalik; qo„shma: asalari, so‗zboshi, qiymataxta, Markaziy Osiyo; juft: ota-ona, baxt-saodat, uy-joy, qozon-tavoq, huzur-halovat; takroriy: non-pon, tuz-puz; qisqartma: O‗zteleradiokompaniya, teleboshlovchi; murakkab: do‗st-birodarlik, qarqara, asalarichilik); 284 qo„shma otlar imlosida ikkinchi qismi faqat atoqli ot bo„lgan qo„shma otlargina ajratib yozilishi (Kichik Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Janubiy Amerika, Quyi Chirchiq, Gala Osiyo), qolgan barcha hollarda bunday birliklar qo„shib yozilishi (Beshariq, Qashqadaryo, xomashyo, so‗zboshi, gulhamishabahor, qorbo‗ron, yeryong‗oq, qozonyuvg‗ich kabi); atoqli otlarning turlari (kishi nоmlаri: Marvaridxon, Iforajon, Javohirbek; Umarov, Farrux Faxriddinovich; o„rin-jоy nоmlаri: O‗zbekiston, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Balandmachit, Buloqboshi, Uchtepa; tashkilot, korxona va muassasa nomlari: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‗zbekiston Respublikasi, Xalq ta‘limi vazirligi, ―Turkiston― saroyi; tarixiy sana va bayram nomlari: Mustaqillik kuni, Loy jangi, Ramazon hayiti, Xotira va qadrlash kuni, Konstitutsiya kuni; mahsulot nomlari: ―O‗tkan kunlar‖ romani, ―Shirintoy‖ aralashmasi, ―Lazzat‖ shirinligi, ―Mars‖ shokoladi; suv havzalari va inshootlari nomlari: Jayhun, Orol, Oqdaryo, Enasoy, Qoradengiz) kabilar ustida ishlash o„quvchining og„zaki/yozma savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. ―Turdоsh оtlаr vа ulаrning mа‘nо turlаri‖ haqidagi mavzular ta‟limida o„quvchilar bir turdagi predmet, voqea-hodisa, tushuncha, makon, zamon ma‟nolarini ifodalovchi otlar va ularning turlari (shaxs otlari: inson, kishi, shaxs, odam; direktor, rais, prorektor; xo‗ja, bek, amir; amma, xola, tog‗a, amaki, jiyan, kelin, kuyov, yanga, nevara; suvchi, zargar, dorboz, bog‗bon; ninni, chaqaloq, go‗dak; narsa- buyum otlari: choynak, shkaf, gilam; palov, manti, sho‗rva; un, shakar, yog‗, kartoshka, piyoz; daftar, chizg‗ich, panjshaxa va b.; makon otlari: uy, hovli, saroy, o‗tov, g‗arb, sharq, shimol, janub, shaftolizor; zamon otlari: yil, kun, oy, soniya, daqiqa, soat, sutka, tun, asr, hafta, era, ko‗klam, yoz, qish, ko‗z, saraton, xazonrezgi; faoliyat-jarayon otlari: chopiq, terim, g‗allachlik, mevachilik kabilar)dan xabardor bo„lishlari muhim. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling