O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet142/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Sifаtning mа‟nоviy
guruhlari


Misollar


asliy sifatlar


nisbiy sifatlar

1



Rang-tus sifatlari


qo‗ng‗ir, oq, qizil, yashil, ko‗k,
qirmizi


sutsimon, shaftoli gulli, moshrang

2



Maza-ta‟m sifatlari


shirin, achchiq, chuchuk


nimtatir, chuchmal,
mazasiz

3



Xususiyat sifatlari


sodda, quvnoq, sho‗x,
kamtar, aqlli


ayiqsimon, bo‗ydor,
andishali

4



Holat sifatlari


xursand, ho‗l,
issiq, sovuq


navqiron, uyg‗oq

5



Shakl (hajm) sifatlari


baland, do‗mboq, uzun


beso‗naqay, xushbichim

6



Hid bildiruvchi
sifatlar


muattar, qo‗lansa,
sassiq


xushbo‗y,
badbo‗y

7



Miqdor sifatlari


ko‗p, oz, mo‗l


serob, kamchil

8



Makon-zamon sifatlari




ichki, tashqi,
yozgi, kuzgi, bahorgi

O„quvchlar mavzuga oid amaliy ishlarni bajarish davomida sifatning har bir ma‟no turiga mustaqil ravishda misollar topishlari, ular ishtirok etgan xalq maqollari, aforizmlar, topishmoqlarni misol keltirishlari mumkin.

Shu o„rinda o„qituvchi maktab darsliklaridagi yana bir chalkashlikka (sifat turkumiga tegishli so„zlarni ravishlar bilan aralashtirishga) chek qo„yishi shart. Bilamizki, harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o„rni, daraja-miqdori kabi belgilarni bildiruvchi
293
va qanday?, qachon?, qayer?, qancha? so„roqlariga javob bo„luvchi so„zlar turkumi ravishdir. Ravishlar darajalanish xususiyatiga ega emas. Shunday ekan, kam, ko‗p, oz, sekin, asta kabi o„nlab darajalanish xususiyatiga ega so„zlarni nazariy jihatdan ravish deb qarash mumkin emas.

Sifatlarning otlashishi bilan sifatlarda ma‟no torayish hodisalari*ni ham, avvalo, o„qituvchining o„zi to„g„ri farqlay olishi zarur.


”Son so„z turkumi”ni o„qitish metodikasi

6-sinf “Ona tili” dasturida ”Son so„z turkumi” ta‟limi uchun quyidagi mavzular belgilangan: ―Sоn so‗zlаrning umumiy bеlgilаri vа vаzifаlаri‖, ―Miqdоr sоnlаr, uning turlаri: sаnоq sоnlаr vа ulаrning yozilishi‖, ―Sаnоq sоnlаr bilаn qo‗llаnuvchi hisоb sozlаri,Dоnа sоn vа tаqsim sоn shаkllаri‖, ―Chаmа sоnlаr vа ulаrning yozilishi‖,Jаmlоvchi sоnlаr, ulаrning hоsil qilinishi‖,


Butun sоn vа kаsr sоn, ulаrning yozilishi‖, Hisob so‗zlari‖, ―Tаrtib sоnlаr, ulаrning yozilishi”.
Odatda, narsa-buyumlarning son-sanog„ini va tartibini bildirib, qancha?, necha?, nechanchi? so„roqlarigа javob bo„ladigan so„zlar turkumi bo„lgan sonlarni o„rganishda ularning imlosiga, qo„llanilishiga, semantik xususiyatlariga e‟tibor qaratish zarur.
Sоn so‗zlаrning umumiy bеlgilаri vа vаzifаlаri” haqidagi ma‟lumotlar sirasida quyidagilar bo„lishi muhim:
  1. sonlar uch xil yoziladi: arab raqamlari bilan: 1, 2, 5, 25, 52, 91…; rim raqamlari bilan: I, II, IV, XXV, LII, XCI…, harflar bilan: bir, ikki, besh, yigirma besh, ellik ikki, to„qson bir…kabi;


  2. sonlar morfologik tuzilishiga ko„ra sodda (to‗rt, olti, yetti, o‗n, yuz, ming, million); qo„shma (o‗n to‗qqiz, bir yuz-u o‗n besh, ikki ming yigirma), juft (to‗rt-besh, yetti-sakkiztadan, o‗nta-yigirmata), takror (ikkita-ikkita, o‗nta-o‗nta) ko„rinishlarga ega;


  3. nutqimizda tez-tez ishlatiladigan 23ta sodda son bo„lib, boshqa sonlar shu sonlarning qo„shilishidаn hosil bo„ladi: nol, bir, ikki, uch,




* Etimologik nuqtayi nazar bilan yondashsak, aslida sifat so„z turkumiga tegishli bo„lgan ko„plab so„zlarni vaqt o„tishi bilan ot so„z turkumiga ko„chganligini (ya‟ni otlashganini) kuzatamiz. Masalan, o‗g‗il (Qanday bola ? –o‗g‗il bola), qiz, chol, kampir kabi. Sifatlarda ma‟no torayish hodisasi esa kontekstda sifatdan keyin kelgan otning nutq vaziyatiga ko„ra tushib qolishi va uning vazifasini sifat turkumiga xos so„zning bajarishi tarzida tushunmoq kerak. Masalan, Yaxshi kishi bilan yursang, yetarsan murodga...– Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga; Qo‗rqoq kishi oldin musht ko‗taradi–Qo„rqoq oldin musht ko‗taradi.
294
to‗rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‗qqiz, o‗n, yigirma, o‗ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‗qson, yuz, ming, million, milliard;
    1. sonlar yasalmaydi, ammo boshqa so„z turkumlarining yasalishi uchun asos vazifasini bajaradi (masalan, ikkilanmoq (fe‟l); to„rtlik (ot) kabi);


    2. sonlar, odatda, otlar bilan birga qo„llanilib, ularning aniqlovchisi (uchinchi kurs, yettinchi palata, beshta kitob) bo„lib keladi. Sonlarning o„zi hech qachon aniqlovchi olmaydi. Sonlar sintaktik xususiyatiga ko„ra kesim (Ishlarim besh; Ikki o‗n besh–bir o‗ttiz), ma‟nosi torayganda ega (Oltovlon ola bo‗lsa, og‗zidagin oldirar; Uchovi Roziya buvinikga chiqishdi (A.Qahhor), to„ldiruvchi (To‗rtni ikkiga bo‗lsang, natija ikki bo‗ladi) vazifasida ham kela oladi.


    3. sonlar butun yoki uning qismini ifodalashiga ko„ra butun son, kasr son va aralash songa bo„linadi. Butun son narsa-buyumning sanog„ini, miqdorini uning butunligini saqlagan holda ifodalaydi (1, 3, 5, 12 kabi); kasr son butunning bo„lagini, ulushini ifodalaydi. Kasr son ikki xil bo„ladi: a) ikki son chiqish kelishigi qo„shimchasi bilan bog„langan bo„ladi (ikkidan bir, uchdan ikki, to‗qqizdan besh va b.); b) o„z holicha kasrni anglatadigan so„zlar bo„ladi: yarim (1/2), chorak (1/4), nimchorak (1/8);


Butun son bilan kasr son birgalikda ishlatilsa, aralash son bo„ladi (bir yarim, ikki butun o‗ndan besh, biр butun to‗rtdan uch).


    1. sonlar ma‟no va grammatik jihatdan olti xil bo„ladi: 1) miqdor son (uch, besh, sakkiz, o‗n olti), 2) dona son(uchta, beshta, sakkizta, o‗n oltita), 3) tartib son (uchinchi, beshinchi, sakkizinchi, o‗n oltinchi), 4) chama son (uchtacha, beshtacha, o‗nlab, Soat o‗n birlar bo‗ldi), 5) jamlovchi son (uchala, beshov(i), oltovlon), 6)taqsim son (uchtadan, beshtadan).


Agar inson zotining ijtimoiy hayotda hamisha sonlarga murojaat etishini inobatga olsak, mavzu ta‟limining mohiyati yaqqolroq seziladi.


O„quvchilar ”Son so„z turkumi” ta‟limi jarayonida sonlarning tuzilishiga ko„ra, shuningdek, sonlarning ma‟no va grammatik jihatdan turlarini farqlash hamda ulardan nutqda o„rinli va samarali foydalanish ko„nikmasini mustahkamlaydilar.
O„quvchilar maishiy hayotda sonlarga qo„shib ishlatiladigan hisob so„zlarga tez-tez duch keladilar. Hisob so„zlardan o„z nutqlarida ham foydalanadilar. Masalan, ikkita daftar, beshta
295
o‗quvchi, bir chimdim tuz, bir siqim tuproq kabi. Ammo ularning sonlar bilan birga qo„llaniluvchi hisob so„zlar ekanligini shu mavzu ta‟limi orqali anglab oladilar. Predmetning soniga ko„ra belgisini ifodalovchi sanoq sonlar, ko„pincha, o„lchov bildiradigan hisob so„zlar bilan birga qo„llaniladi. Hisob so„zlar miqdor (sanoq) son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so„z o„rtasida qo„llanilib, ularning og„irligiga, uzunligiga, hajmiga, joylashish o„rni va boshqalarga ishora qiladi.
Hisob so„zlar ustidagi amaliy ishlarda quyidagi jadvaldan foydalanish ham qulay:





Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling