O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


O„quvchi nutqining soddaligi va sofligi


Download 1.17 Mb.
bet185/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

O„quvchi nutqining soddaligi va sofligi. Sodda nutq, eng avvalo, tushunarli bo„ladi. Nutqning tushunarli bo„lishi, bir tomondan, fikrni lo„nda, aniq bayon qilish, tushunarli bo„lmagan g„aliz jumlalardan saqlanishda namoyon bo„lsa, ikkinchi tomondan, tinglovchining tayyorgarlik darajasiga ham bog„liq. Demak, o„quvchi fikrni ham sodda, ravon bayon qilish, ham o„zgalar fikrining mohiyatini anglab, uni tushunish imkoniyatiga ega bo„lishi lozim. Nutqning sofligi deganda o„quvchilar nutqining har xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o„zbek adabiy tiliga xos bo„lmagan so„zlar (varvarlar)dan xoli bo„lishini nazarda tutadi.

372
Yuqorida sanab o„tilgan o„quvchi nutqiga qo„yiladigan asosiy talablar o„zaro chambarchas bog„langan bo„lib, o„quvchi yuqorida sanalganlarning barchasiga amal qilish orqali to„g„ri nutqqa erishadi. Shuning uchun o„qituvchi ona tili mashg„ulotlarida nutqning faqat bir tomoniga e‟tiborni kuchaytirib, ikkinchi talabni unutishi mumkin emas. Belgilangan talablarga doimiy amal qilinsagina nutq o„stirish samarali kechadi.


Maktabda o„quvchilar nutqini rivojlantirishda murakkab jarayon bo„lib, uni amalga oshirishdа qo„yidagilarga e‟tibor qaratish muhimdir:


  1. O‗quvchilarni ularga lug‗aviy ma‘nosi notanish bo‗lgan so‗z va iboralar bilan muntazam tanishtirib borish.


  2. O‗quvchilarni so‗zning yangi ma‘nolari bilan tanishtirish.


  3. O‗quvchi nutqidagi kamiste‘mol so‗zlarni keng iste‘molli so‗zlarga aylantirish.


  4. O‗quvchi nutqidagi adabiy tilga zid so‗zlarni bartaraf etish.


  5. O‗quvchilarda lug‗atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish va boshqalar.

O„quv topshiriqlari o„qituvchi tomonidan shunday belgilanishi shartki, ularning har birini o„quvchi o„rgansin. (O„rgatish emas, o„quvchiga mustaqil o„rganish uchun sharoit yaratish lozim!)


Maktabda o„quvchining yozma nutqini oshirish hamda tafakkur darajasini tekshirishning asosiy vositalari sifatida yozma ishlarga ko„proq e‟tibor qaratish zarur. (Oldingi mavzularda ko„proq diqqatimizni og„zaki nutqni boyitish, ravonlashtirish va sayqallash ishlariga qaratganimiz uchun shu mavzu doirasida o„quvchining yozma nutqni takomilashtirish malaka va ko„nikmalari xususida to„xtalamiz.)
So„zni to„g„ri yozish, tinish belgilarini o„rinli qo„llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o„quvchidan katta mas‟uliyatni talab etadi.
Yozma nutq asosan orfografiya, punkutuatsiya qoidalariga bo„ysungan holda – harf va so„zlarning ma‟lum qonuniyat asosida o„zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar: abzatslar, paragraflar va gaplarni grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon etish orqali ro„yobga chiqadi.
Yozma nutqni rivojlantirish og„zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Chunki u o„quvchidan grammatik va
373
mazmun jihatidan to„g„ri jumla tuzishni, har bir so„zni o„z o„rnida to„g„ri qo„llashni, fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan chambarchas bog„liq. Yozma nutqning o„ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtiriш mumkinligidir.
Yozma nutqni nazorat qilishning asosiy ko„rinishlari: diktant, bayon, insho va ijodiy matndir.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling