O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


O„quvchi nutqining boy va rang-barangligi


Download 1.17 Mb.
bet184/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

O„quvchi nutqining boy va rang-barangligi. Nutqning boy hamda rang-barangligi fikrni bayon qilishda o„zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma‟nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma‟noli so„zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, bo„yoqli va bo„yoqsiz so„zlardan, shuningdek, nutqning badiiy qimmatini oshiruvchi vositalar: maqol va matallardan, ulug„ kishilarning hikmatga aylanib

371
qetgan jumlalaridan, badiiy asarlardan olingan parchalar va yorqin adabiy timsollardan, nozik qochirimlar va iboralardan, o„xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag„a, tashbeh kabi badiiy til vositalaridan, ritorik so„roqlardan (hurmat, odob-axloq doirasidan chiqmagan holda) foydalanishda namoyon bo„ladi. Tildagi tasviriy vositalar nutqqa husn va rang-baranglik baxsh etadi, nutqning ta‟sirchanligini ta‟minlaydi.




  1. O„quvchi nutqining aniqligi. Nutqning aniqligi bu faqat narsa, voqea-hodisa, jarayonni tasvirlash yoki bayon qilish emas, balki shu narsa, voqea-hodisa uchun xos bo„lgan belgilarni aniqlash, ularning tasviriga mos tushadigan so„z, so„z birikmalari va gaplar tanlashdan ham iboratdir. Aniqlik nutqning boyligi va rang-barangligi bilan chambarchas bog„langan. Ma‟lum bir mazmunni turli shakllarda bera bilish, nutq sharoitiga mos tushadigan tasvir usulini tanlay olish nutqqa aniqlik kiritadi.


  2. O„quvchi og„zaki nutqining ohangdorligi. Ohang o„quvchi og„zaki nutqining ta‟sirchaligini oshirish vositalaridan biridir. Shuning uchun she‟riy asarlar, nasriy parchalarni ohangdorlikka amal qilgan holda o„qiy olish malakasi ham o„quvchi nutqiga qo„yiladigan asosiy talablardan biri sanaladi. U ohang yordamida nutqni sintagmalarga bo„ladi, mantiqiy urg„uni o„rinli qo„llaydi. Ifodali o„qish malakalari faqat adabiyot darsliklarining emas, balki ona tili mashg„ulotlarining ham tarkibiy qismiga aylanmog„i foydadan xoli emas.


  3. O„quvchi nutqining (grammatik jihatdan) to„g„ri qurilgan bo„lishi. Avvalo, o„quvchi o„z nutqida foydalanishi uchun tuzayotgan matniga mos so„z, so„z birikmasi va gaplarni tanlay olishi zarur. Shundan keyin har bir grammatik birlikning paradigmatik qatorlaridan zarurlarini zargarona foydalana olishi nazarda tutiadi.



  4. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling